Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ayubjonov a. H., Salixodjayeva u. A. Moliya statistikasi


-BOB.O‘ZBEKISTON DAVLAT BYUDJETINING STATISTIK TAHLILI



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/102
Sana30.06.2022
Hajmi2,83 Mb.
#719087
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   102
Bog'liq
2949-Текст статьи-7908-1-10-20200909 (1)

 
3-BOB.O‘ZBEKISTON DAVLAT BYUDJETINING STATISTIK TAHLILI 
3.1 Davlat byudjetini ifodalovchi statistik ko‘rsatkichlar tizimi 
Mamlakatning iqtisodiy siyosati va xo‘jaligining rivojlanishida davlat byudjeti 
tizimi muhim rol o‘ynaydi. Davlat byudjeti siyosati iqtisodiy resurslardan yalpi 
foydalanishga va yalpi talab darajasiga ta’sir etadi, to‘lov balansining holatini, 
qarzdorlik va iqtisodiy o‘sish darajasini belgilaydi. YUqorida sanab o‘tilgan 
jihatlarga statistik jihatdan baho berish va miqdoran o‘lchash uchun esa statistik 
ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Ushbu ko‘rsatkichlar tizimining maqsadi 
nafaqat, davlat byudjeti siyosatini miqdoran o‘lchash, balki uning rivojlanishiga 
ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillarga ham baho berishdan iboratdir. Ularni 
hisoblashdan yana bir maqsad – mamlakat davlat byudjetisiyosatiga xolis baho 
berish, undagi tarkibiy o‘zgarishlarni aniqlash, davlat byudjeti tizimining 
rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish 
yo‘llarini topishdir. Davlat byudjeti tizimi o‘zining umumiy ko‘rsatkichlar bilan bir 
qatorda, xususiy ko‘rsatkichlar tizimiga ham ega. Ularni hisoblash metodologiyasi 
umumiy statistika qoidalari va xalqaro me’yorlarga asoslanadi.Bu ko‘rsatkichlar 
mamlakat davlat byudjeti tizimini har tomonlama tahlil qilish va uni rivojlantirish 
bo‘yicha yakuniy xulosalar qilish imkonini beradi.
Davlat byudjeti tizimini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi quyidagilarni qamrab 
oladi: 
1.
Davlat byudjeti tizimining mutlaq ko‘rsatkichlari 
2.
Davlat byudjeti tizimining nisbiy ko‘rsatkichlari 
3.
O‘rtacha ko‘rsatkichlar 
4.
Samaradorlik va indeks ko‘rsatkichlari. 
Yuqoridagi keltirilgan ko‘rsatkichlarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega 
bo‘lib, davlat byudjeti tizimining ma’lum jihatlarini tavsiflaydi.
Davlat byudjeti tizimining mutlaq ko‘rsatkichlari –davlatbyudjetining 
daromadlari va xarajatlari hamda byudjet kamomadi (yoki profitsiti)ning mutlaq 


31 
qiymatini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkich bir necha statistik ko‘rsatkichlarni qo‘shish, 
ayirish orqali topiladi. Masalan, 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi davlat 
byudjetining daromadlari 62229,5 mlrd. so‘m, xarajatlari esa 62170,0 mlrd.so‘m va 
byudjet profitsiti 59,4 mlrd. so‘mni tashkil etgan
9
. YUqoridagi ko‘rsatkichlar mutlaq 
kattaliklar hisoblanib, Davlat byudjeti tizimini faqat miqdoriy o‘zgarishlarini 
ko‘rsatadi. Lekin bu ko‘rsatkich muayyan kamchiliklarga ega, ya’ni u Davlat 
byudjeti tizimi ko‘rsatkichlarini davr yoki hududlar bo‘yicha qanday tezlikda yoki 
intensivlikda rivojlanayotganini ko‘rsata olmaydi. SHu sababdan ikkinchi tur 
ko‘rsatkichlar, ya’ni nisbiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Nisbiy ko‘rsatkichlar 
Davlat byudjeti tizimining yillar yoki hududlar bo‘yicha qanday o‘zgarishini 
ko‘rsatadi va ikkita mutlaq miqdorni biri-biriga bo‘lish orqali topiladi. Nisbiy 
miqdorlarning kamchiligi shundaki, ular faqat muayyan hudud yoki davrda davlat 
byudjeti tizimining rivojlanish darajasini ko‘rsatadi, lekin butun mamlakat 
miqyosida umumlashtirib ko‘rsata olmaydi. Bunday holda Davlat byudjeti 
tizimining o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Yuqoridagi uchta ko‘rsatkichning har biri mavjud raqamlarni qo‘shish yoki 
ayirish, bo‘lish yoki o‘rtachasini topish orqali aniqlanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar 
Davlat byudjeti tizimi omillari ta’sirida uning o‘zgarish darajalarini ifodalay 
olmaydi. Bunday holda tahlil qilishning indeks metodlaridan foydalaniladi. Har 
qanday iqtisodiy jarayonga bir vaqtning o‘zida bir necha omillarning ta’sir 
ko‘rsatishini hisobga olsak, bu metod davlat byudjeti tizimi natijalarini yanada 
to‘laroq o‘rganish va tahlil qilish imkonini beradi. 
Davlat byudjetistatistikasining asosiy vazifasi yuqoridagi ko‘rsatkichlar orqali 
ushbu tizimning rivojlanishiga umumiy baho berish va uning rivojlanishiga ta’sir 
etuvchi omillarni tahlil qilish hamda pronoz modellarini ishlab chiqishdan iborat.
Mamlakat boyligining taqsimlanishi, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar 
xarajati, soliqqa tortish va davlat xarajatlari, qarz olish jarayonidagi siyosat
makroiqtisodiyotdagi disbalanslar byudjet daromadlari, xarajatlari va kamomadiga 
9
Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлигининг 2016 йилдаги давлат бюджети ижроси тўғрисидаги 
маълумотлари. Манба:
www.mf.uz
 


32 
uzviy bog‘liq. SHu jihatdan ham uning rivojlanishiga statistik ko‘rsatkichlar orqali 
miqdoriy baho berish milliy iqtisodiyotda makroiqtisodiy barqarorlikni 
ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. 
Davlat moliya statistikasi tizimi davlat boshqaruv organlarining barcha 
operatsiyalarini milliy va jahon iqtisodiyoti barcha sektorlari bilan bo‘lgan 
sohalarini qamrab oladi. 
Bu tiziminiig asosiy prinsiilari o‘z ichiga quyidagi tushunchalarni oladi
10

-
daromadlar,kirimlar, to‘lovlar va xarajatlar. Birinchidan, barcha daromadlar 
–kirimlar, lekinhamma kirimlar daromad bo‘la olmaydi. Majburiyatni qoplash bilan 
bog‘liq bo‘lmagan kirimlarning barchasi daromaddir. Davlatga kredit shaklida 
to‘langan kirimlar daromad emas, chunki ular qaytarilishi kerak. 
-
hamma to‘lovlar ham xarajat bo‘lmaydi (masalan, kreditni qaytarib berish 
bu xarajat emas, lekin foiz to‘lovi xarajatdir); 
-
yalpi va sof summa. Daromadlar va xarajatlar odatda uning yalpi miqdori 
(summasi) bilan ko‘rsatiladi; 
-
ikki tomonlama va bir tomonlama operatsiyalar natijasida pul tovar yoki 
xizmat evaziga to‘lanadi. Bir tomonlama operatsiyalarda esa to‘lov qandaydir tovar 
yoki xizmatga ega bo‘lish bilan belgilanmaydi (masalan, transfert yoki grant). 
-
soliq yoki nosoliq bo‘lmagan tushumlar; daromadlar (grantlardan tashqari) 
barcha qaytmaydigan tushumlarni o‘z ichiga oladi.
Daromadlarni ikki turga bo‘lish mumkin: 
-
joriy mablag‘lar hisobiga tushgan daromadlar va kapital evaziga tushgan 
daromadlar. Soliq esa davlat organlari tomonidan olingan (bir tomonlama 
tushumlar) va ijtimoiy ehtiyojlar uchun sarflangan bir tomonlama tushumlardir. 
Soliq tushumlariga fiskal monapoliyalar tomonidan davlat byudjetiga to‘langan 
daromadlar va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha majburiy operatsiyalar kiradi. 
Nosoliq tushumlari - mulk egaligidan tushgan daromad, to‘lovlar, jarimalar va 
davlat korxonalari tomonidan foydadan ajratmalardir. 
10
Юлдашев А. Молия фанидан маърузалар матни. Наманган муҳандислик педагогика институти. -Н.: 2006. 
15-27 б.


33 
-
beg‘araz tushumlar – bu boshqa mamlakat xukumatlaridan va xalqaro 
tashkilotlardan mamlakatga berilgan bir tomonlama tushumlardir; 
-
davlat tashkilotlarini sof kreditlash – davlat siyosatiga oid masalani hal etish 
tadbiridir. 
Masalan, 
kichik 
firmalarni 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish 
maqsadidadavlat tomonidan ajratiladigan subsidiyalar. 
-
davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar; 
-
markaziy bankning foydasi. Markaziy bank tomonidan xukumatga 
o‘tkazilgan foyda daromad hisoblanadi. 
SHunday qilib davlat boshqaruv organlarining operatsiyalari daromadlar va 
xarajatlarga bo‘linadi. Ularning tasnifi iqtisodiy mazmuni asosida olib boriladi. 
Byudjet daromadlari quyidagi ko‘rsatkichlar orqali shakllanadi: 
-
daromadlar va transfertlar; 
-
soliq tushumlari; 
-
qo‘shimcha qiymatdan olingan soliq; 
-
aksiz soliqlari; 
-
korporatsiyalardan olinadigan daromad solig‘i; 
-
shaxsiy daromadlardan olinadigan soliq; 
-
ijtimoiy sug‘urta va pensiyalardan olinadigan soliq; 
-
Davlat byudjeti tizimi soliqlari; 
-
boshqa soliq tushumlari; 
-
soliqdan tashqari tushumlar; 
-
litsenziya, yig‘im va hokazo; 
-
markaziy bank foydasidan ajratmalar; 
-
transfertlar; 
Byudjet xarajatlarini esa quyidagilar tashkil etadi: 
-
joriy xarajatlar; 
-
ish haqi; 
-
tovar va xizmatlar haridi; 
-
foiz to‘lovlari; 
-
tashqi foiz to‘lovlari; 


34 
-
ichki foiz to‘lovlari; 
-
pensiyalar; 
-
transfertlar; 
-
subsidiyalar; 
-
boshqa xarajatlar; 
-
kapital qo‘yilmalar; 
-
sof kreditlash; 
Byudjet balansini quyidagicha ifodalash mumkin: 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish