2.3 Davlat byudjeti to‘g‘risidagi axborotlar bazasi va uni takomillashtirish
masalalari
Davlat byudjeti tizimida statistik tadqiqotlarning birinchi bosqichi – statistik
kuzatish, ya’ni ushbu tizim to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash hisoblanadi.
Amalga oshirilayotgan tadqiqotning natijasi olingan ma’lumotlarning qay darajada
ishonchliva aniqligiga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu ma’lumotlarni Davlat byudjeti tizimi
to‘g‘risidagi axborotlar bazasidan olish mumkin. SHundan kelib chiqqan holda,
tizim to‘g‘risidagi axborotlar bazasi tadqiqotsamaradorligining bosh omili
hisoblanadi.
Davlat byudjetitizimining axborotlar bazasi – bu davlat byudjeti tizimining
rivojlanish tendensiyalari, dinamikasi, byudjet daromadlari va xarajatlari hamjmi,
ularning strukturasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi ma’lumotlar
majmuidir. Axborotlar bazasidagi ma’lumotlarning aniqligi ava ishonchliligi
statistik tadqiqot natijalarining real sharoitga yaqinligini ta’minlaydi va Davlat
byudjeti tizimini rivojlantirishdagi muammolar va ularni hal qilish bo‘yicha zaruriy
tavsiyalar berish va xulosalar chiqarishimkonini beradi.
26
Davlat byudjeti tizimini ifodalovchi axborotlar bazasi
ichki manbalar
va
tashqi manbalardan tashkil topadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti
tizimi to‘g‘risidagi ma’umotlarning ichki manbasi – mamlakatda faoliyat
ko‘rsatayotgan turli vazirliklar, idoralar va qo‘mitalar tomonidan e’lon qilinadigan
statistik ma’lumotlar hisoblanadi. Bunga misol sifatida, O‘zbekistonda chikadigan
gazeta va jurnallarda ayrim korporatsiya va korxonalarning, tijorat banklarining
moliyaviy hisoblarini, O‘zbekiston iktisodiy va ijtimoiy hayotiga va ayrim
sohalariga oid statistik ma’lumotlar chop etiladigan “Iktisodiy axborotnoma”,
“Ekonomicheskoe obozrenie” (iktisodiy sharhlar), “Dengi i kredit” (pul va kredit)
va “O‘zbekiston iktisodiy yo‘nalishlari” jurnallarni keltirish mumkin. Ammo
statistik axborotlarning asosiy manbai bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat
statistika qo‘mitasi va uning yillik statistik to‘plamlari xizmat kiladi.
Respublika Davlat statistika ko‘mitasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risida”gi
Qonun va boshka rasmiy hujjatlarga muvofik amalga oshiradi. Qorakalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshkarmalari, tuman
(shaharlar) statistika bo‘limlari bilan birgalikda Davlat statistika ko‘mitasining
yagona tizimini tashkil etadi va uning zimmasiga kuyidagi asosiy vazifalar
yuklatilgan:
-xalkaro statistika andozalari va koidalariga mos ilmiy asoslangan statistika
uslubiyat va ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chikish;
-mamlakat ijtimoiy-iktisodiy ahvolini ifodalovchi statistik axborotlarni yig‘ish,
tayyorlash, saklash va tahlil kilish;
-davlat hokimiyati va idoralariga statistik axborotlarni takdim etish (qonunlarga
muvofik);
-respublikadagi ijtimoiy-iktisodiy jarayonlarni eks ettiruvchi statistik
ko‘rsatkichlarning xakkoniyligi, xolisligi, tezkorligi, barkarorligi va o‘zaro
bog‘likligini ta’minlash;
27
-xorijiy davlatlar statistika xizmatlari va xalkaro statistika tashkilotlari bilan
statistika axborotlarini elektron ayriboshlashni amalga oshirish hamda axborotlar
to‘plab borish;
-respublikada yagona statistik axborotlar makonini shakllantirish va ko‘llab
kuvvatlash;
- milliy hisoblar tizimi va yakuniy iktisodiy ko‘rsatkichlarni, ularga bo‘lgan
talabga e’tiboran, ishlab chikish hamda respublikada statistika tizimini boskichma-
boskich isloh kilish.
Axborotning tashqi manbalari esa Xalqaro Valyuta Fondi (XVF), Jahon Banki
(JB), Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), MDH mamlakatlari bo‘yicha turli
statistik ma’lumotlar, shuningdek, turli xususiy ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining
ma’lumotlari hisoblanadi. Ular byudjet parametrlari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarni
o‘zlarining oylik, yillik statistik to‘plamlarida chop etadilar. XVF tomonidan har yili
“Government Finance Statistics Yearbook” (Davlat moliyasi statistikasi yilnomasi)
davlat byudjeti tizimi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning xalqaro darajadagi asosiy
manbasi hisoblanadi. Unda quyidagi ko‘rsatkichlar aks ettiriladi
5
:
1.
Davlat byudjetining daromadlari va strukturasi;
2.
Davlat byudjeti xarajatlari va strukturasi;
3.
Davlat byudjeti saldosi va uning YAIMdagi ulushi (byudjet defitsiti yoki
profitsiti).
Bundan tashqari, Xalkaro statistika instituti mavjud bo‘lib, u statistika sohasida
xalkaro ilmiy markazdir, u 1887 yilda tashkil etilgan bo‘lib, asosiy vazifasi statistik
usullar va ishlamalarni unifikatsiyalash, davlat statistikasi uslubini takomillashtirish,
statistika nazariyasi rivojlanishiga ko‘maklashish. MDX mamlakatlari statistika
xizmatlari faoliyatini muvofiklashtirish bilan 1992 yil tuzilgan MDH Statistika
qo‘mitasi shug‘ullanadi. U MDH mamlakatlari bo‘yicha statistik to‘plamlarni nashr
etadi.
5
www.imf.org
сайти маълумотлар асосида тайёрланди
28
Mamlakatimiz Davlat byudjeti tizimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligining quyidagi hisobot shakllari orqali to‘planadi
6
:
1.
Balans hisoboti;
2.
Balans hisobotiga ilova;
3.
Xarajatlar smetasining bajarilishi to‘g‘risida hisobot;
4.
Nomoliyaviy aktivlarning harakati to‘g‘risida hisobot;
5.
Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumot;
6.
Byudjet tashkilot pul mablag‘larining Taraqqiyot Fondi bo‘yicha harakati
to‘g‘risidagi hisobot;
7.
O‘quv muassasalaridagi to‘lov shartnoma asosidagi ta’limdan tushgan
mablag‘lar harakati to‘g‘risida hisobot;
8.
Boshqa byudjetdan tashqari mablag‘larning harakati to‘g‘risida hisobot;
9.
Joriy yildagi moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot.
O‘zbekiston Respublikasining byudjet siyosati o‘zining rivojlanishida ikki –
fiskal (1991-1995) va noinflyasion(1996-2007) bosqichlarini bosib o‘tdi. Har bir
bosqichda byudjet tizimi to‘g‘risidagi axborotlar bazasini takomillashtirish
vazifasiga alohida e’tibor qaratildi.
Birinchi
bosqichda
milliy
valyutamiz
“so‘m”ning
muomalaga
kiritilishibilanpulislohotlario‘tkazildi,pulmuomalasi yanada chuqurlashtirildi, pul-
kredit siyosatini kuchaytirish byudjetni balanslashtirish masalasini echishga turtki
bo‘lib xizmat qildi.
Byudjet siyosatining bu bosqichida quyidagi vazifalarni bajarish maqsad qilib
qo‘yildi:
7
1.
Balanslashtirilganbyudjetni shakllantirish;
2.
Soliq tizimini kelgusida takomillashtirish;
3.
Byudjet xarajatlarini optimallashtirish;
4.
Amaliyotdaqaytarmaslikshartibilanmoliyalashtiriladigan
iqtisodiyot
6
www.mf.uz
сайтидан олинди
7
Вахобов А.В., Қосимова Г.А. Давлат молиясини бошқариш. Ўқув қўлланма. –Т.: Иқтисод-молия,
2008. 104-6.
29
tarmoqlarida investitsiyalashga o‘tish;
5.
Byudjetga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish;
6.
O‘rta muddatli byudjetlarni tuzish va ijro etish.
Davlat iqtisodiy uslublarniqo‘llaganda, uning salbiy oqibatlarini doimo
kuzatiboldindan uning oldini olishga harakat qilishikerak. Masalan, soliq siyosatini
olib borganda, u tadbirkorlik tashabbusi darajasini pasaytirishga olib kelmasligidan
ehtiyot bo‘lish zarur. Narxlarni tartibga solish esatalab va taklif muvozanatiga salbiy
ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.
8
O‘zbekiston Respublikasida Davlat byudjeti tizimi to‘g‘risidagi axborotlar
bazasini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim:
-
axborotlarni to‘plash va qayta ishlashda fan-texnikaning eng so‘nggi
yutuqlaridan foydalanish;
-
axborotlarni to‘plash va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi ishchi-
hodimlarningmalakasini oshirish;
-
axborotlarni to‘plashning elektron tizimini takomillashtirish;
-
axborotlarni qayta ishlashning dasturiy bazasini takomillashtirish;
-
axborotlar bazasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy hamkorlikni
yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish;
YUqoridagi vazifalarning hal qilinishi, davlat byudjeti tizimi sohasidagi
statistik tadqiqotlarning samaradorligini oshiradi va aniq ilmiy xulosalar chiqarish
imkonini beradi.
Nazorat uchun savollar:
1.
Davlat byudjeti tushunchasi nima?
2.
Davlat byudjeti aktiv va passiv qismiga nimalar kiradi?
3.
Byudjet xarajatlari tarkibini sanab bering?
4.
Byudjet daromadlari tarkibini sanab bering?
5.
Davlat byudjetlari jahon modellari qaysilar?
6.
Kanada byudjet tizimi xususiyati nimada?
7.
Byudjet defitsiti yoki profitsiti nima?
8
Жумаев Н., Бурхонов У. Молиянинг долзарб муаммолари. –Т.: Янги аср авлоди, 2003. 142-6.
30
Do'stlaringiz bilan baham: |