Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ayubjonov a. H., Salixodjayeva u. A. Moliya statistikasi


 O‘zbekiston davlat byudjetini statistik tahlili



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/102
Sana30.06.2022
Hajmi2,83 Mb.
#719087
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   102
Bog'liq
2949-Текст статьи-7908-1-10-20200909 (1)

3.2. O‘zbekiston davlat byudjetini statistik tahlili 
Davlat byudjeti iqtisodiy munosabatlar tizimi bo‘lib, rivojlangan tovar va pul 
munosabatlari sharoitida muhim iqtisodiy omil sifatida davlat oldiga qo‘ygan 
vazifalarni bajarishda keng qo‘llaniladi. Odatda, byudjet miqdori va tarkibiga qarab 
davlatning iqtisodiy salohiyati, uning moliyaviy resurslarining holati va soliq 
yukining darajasiga baho berish mumkin bo‘ladi. Byudjet tarkibiga ob’ektiv va 
sub’ektiv omillar ta’sir qiladi. Ob’ektiv omillarga birinchi o‘rinda ishlab chiqarish 
munosabatlarining xususiyati va byudjetning tuzilishiga katta ta’sir ko‘rsatadigan 
ishlab chiqarish kuchlari rivojlanish darajasini ko‘rsatish mumkin. Jamiyatning 
rivojlanishi, yalpi ichki mahsulot taqsimoti, ishlab chiqarish va mulk munosabatlari 
rivojlana borar ekan, unga mos ravishda byudjet tizimining tarkibi va belgilangan 
maqsadlarida o‘zgarishlar yuz beradi. Tarixiy bosqichda har bir mamlakatning urf-
odatlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini ob’ektiv 
faktorlar qatoriga kiritish mumkin. SHuningdek, har qanday mamlakat byudjeti 
o‘ziga xos milliy xususiyatlarga ham ega. Davlatning tegishli davrda olib 
borayotgan siyosati, tashqi iqtisodiy aloqalari, ichki iqtisodiy vaziyat va boshqalar 
sub’ektiv omillar hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, rivojlanish darajasi bir-biriga yaqin 
bo‘lgan mamlakatlarning byudjetlarida daromad va xarajatlarning tarkibi o‘xshash 
va yoki umuman farqli bo‘lishi mumkin. Lekin har qanday holatda ham davlat 
byudjeti daromadlarini shakllantirishning asosiy maqsadi – davlat o‘z funksiyalarini 
bajarishi uchun zarur mablag‘larni etarli darajada xazinaga yig‘ishdan iborat. 
Davlat 
byudjeti 
siyosatini 
ifodalovchi 
ko‘rsatkichlar 
tizimini 
takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
1.
Davlat byudjeti tizimimda hisoblanadigan ko‘rsatkichlarning aniqligi va 
ishonchliligini ta’minlash. Ushbu vazifani hal qilish eng avvalo, ushbu tizim 
to‘g‘risida ma’lumotlar bazasining ochiqligi va aniqligiga bog‘liq bo‘ladi. Statistik 
tadqiqotlar uchun etarlicha ishonchli ma’lumotlar mavjud emas ekan, ushbu tadqiqot 
natijalari ham real sharoitni to‘g‘ri ifodalay olmaydi. Bu esa o‘z navbatida ushbu 


43 
tadqiqot natijasidan klib chiqib ishlab chiqiladigan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
siyosatining kutilgan natijalarni bermasligiga olib keladi.
2.
Davlat byudjeti tizimidagi iqtisodiy faoliyatni baholashda tabaqalashgan 
statistik ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish. Bu kabi statistik ko‘rsatkichlarning 
afzalligi shundaki, mavjud muammoga qarab ko‘rsatkichlar aniqlaniladi va ularni 
hal qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Masalan, byudjet defitsiti 
yoki profitsitini olaylik. Agar ushbu ko‘rsatkichlar alohida viloyat(tuman, shahar) 
bo‘yicha hisoblansa, aynan shu hudud bo‘yicha iqtisodiy siyosat yo‘nalishlarini 
ishlab chiqish imkoniyati paydo bo‘ladi. Byudjet defitsiti, agar, shu hududning o‘z 
imkoniyatlaridan kelib chiqib bartaraf etilsa, butun mamlakat doirasida bu muammo 
hal qilingan bo‘ladi. Buning uchun, eng avvalo, shu hududdagi byudjet taqchilligi 
va ushbu taqchillikni bartaraf etish imkoniyatlari shu hudud darajasida statistik tahlil 
qilinishi lozim bo‘ladi. 
3.
Davlat byudjeti tizimini statistik tahlil qilishda indeks va regression tahlil 
asoslaridan samarali foydalanish. Yuqoridagi statistik metodlar ushbu tizimda omilli 
tahlilni amalga oshirish imkonini beradi. Indeks metodi yordamida ayni vaqtdagi 
davlat byudjetitizimiga ta’sir etuvchi omillar va ular natijasida sodir bo‘ladigan 
o‘zgarishlarni aniqlash mumkin.
Respublikamizda Davlat byudjeti tizimi ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda esa 
ushbu metod kam qo‘llaniladi. Indeks metodining asosiy kamchiligi u omillar ta’siri 
ostida istiqbolni prognozlash imkonini bermaydi. SHuning uchun regression 
tahlildan foydalaniladi. Ushbu metod nafaqat davlat byudjetitizimiga ta’sir etuvchi 
omillarning ta’sir kuchini aniqlashda, balki uning istiqboldagi holatini 
prognozlashda ham keng qo‘llaniladi. Agar yuqoridagi metodlar asosida statistik 
tahlilni amalga oshirish amaliyotga joriy qilinsa, Davlat byudjetiningsamaradorligin 
yanada oshirish imkoni paydo bo‘ladi.
Faraz qilaylik, davlat byudjeti xarajatlarining o‘zgarishiga quyidagi to‘rt omil 
ta’sir etsin (YAIMga nisbatan foizda): davlat investitsiyalari uchun xarajatlar (
I
), 
ijtimoiy ehtiyojlar (ta’lim, sog‘liqni saqlash va hokazo) uchun xarajatlar(
S
), ijtimoiy 


44 
himoya uchun xarajatlar (
T
), davlat boshqaruvi organlari uchun xarajatlar (
X
). 
Aytaylik, regressiya tenglamasiquyidagi ko‘rinishda bo‘lsin: 
𝒚 = 𝒂
𝟎
+ 𝒂
𝟏
𝑰 + 𝒂
𝟐
𝑺 + 𝒂
𝟑
𝑻 + 𝒂
𝟒
𝑿

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish