31
qiymatini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkich bir necha statistik ko‘rsatkichlarni qo‘shish,
ayirish orqali topiladi. Masalan, 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi davlat
byudjetining daromadlari 62229,5 mlrd. so‘m, xarajatlari esa 62170,0 mlrd.so‘m va
byudjet profitsiti 59,4 mlrd. so‘mni tashkil etgan
9
. YUqoridagi ko‘rsatkichlar mutlaq
kattaliklar
hisoblanib, Davlat byudjeti tizimini faqat miqdoriy o‘zgarishlarini
ko‘rsatadi. Lekin bu ko‘rsatkich muayyan kamchiliklarga ega, ya’ni u Davlat
byudjeti tizimi ko‘rsatkichlarini davr yoki hududlar bo‘yicha qanday tezlikda yoki
intensivlikda rivojlanayotganini ko‘rsata olmaydi. SHu sababdan ikkinchi tur
ko‘rsatkichlar, ya’ni nisbiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Nisbiy ko‘rsatkichlar
Davlat byudjeti tizimining yillar yoki hududlar bo‘yicha qanday o‘zgarishini
ko‘rsatadi va ikkita mutlaq miqdorni biri-biriga bo‘lish orqali topiladi.
Nisbiy
miqdorlarning kamchiligi shundaki, ular faqat muayyan hudud yoki davrda davlat
byudjeti tizimining rivojlanish darajasini ko‘rsatadi, lekin butun mamlakat
miqyosida umumlashtirib ko‘rsata olmaydi. Bunday holda Davlat byudjeti
tizimining o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Yuqoridagi uchta ko‘rsatkichning har biri mavjud raqamlarni qo‘shish yoki
ayirish, bo‘lish yoki o‘rtachasini topish orqali aniqlanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar
Davlat byudjeti tizimi omillari ta’sirida uning o‘zgarish darajalarini ifodalay
olmaydi. Bunday holda tahlil qilishning indeks metodlaridan foydalaniladi. Har
qanday iqtisodiy jarayonga bir vaqtning o‘zida bir necha omillarning ta’sir
ko‘rsatishini
hisobga olsak, bu metod davlat byudjeti tizimi natijalarini yanada
to‘laroq o‘rganish va tahlil qilish imkonini beradi.
Davlat byudjetistatistikasining asosiy vazifasi yuqoridagi ko‘rsatkichlar orqali
ushbu tizimning rivojlanishiga umumiy baho berish va uning rivojlanishiga ta’sir
etuvchi omillarni tahlil qilish hamda pronoz modellarini ishlab chiqishdan iborat.
Mamlakat boyligining taqsimlanishi, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar
xarajati, soliqqa tortish va davlat xarajatlari, qarz
olish jarayonidagi siyosat,
makroiqtisodiyotdagi disbalanslar byudjet daromadlari, xarajatlari va kamomadiga
9
Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлигининг 2016 йилдаги давлат бюджети ижроси тўғрисидаги
маълумотлари. Манба:
www.mf.uz
32
uzviy bog‘liq. SHu jihatdan ham uning rivojlanishiga statistik ko‘rsatkichlar orqali
miqdoriy baho berish milliy iqtisodiyotda makroiqtisodiy barqarorlikni
ta’minlashning muhim omili hisoblanadi.
Davlat moliya statistikasi tizimi davlat boshqaruv organlarining barcha
operatsiyalarini milliy va jahon iqtisodiyoti barcha sektorlari bilan bo‘lgan
sohalarini qamrab oladi.
Bu tiziminiig asosiy prinsiilari o‘z ichiga quyidagi tushunchalarni oladi
10
:
-
daromadlar,kirimlar, to‘lovlar va xarajatlar. Birinchidan, barcha daromadlar
–kirimlar, lekinhamma kirimlar daromad bo‘la olmaydi. Majburiyatni qoplash bilan
bog‘liq bo‘lmagan kirimlarning barchasi daromaddir. Davlatga kredit shaklida
to‘langan kirimlar daromad emas, chunki ular qaytarilishi kerak.
-
hamma to‘lovlar ham xarajat bo‘lmaydi (masalan,
kreditni qaytarib berish
bu xarajat emas, lekin foiz to‘lovi xarajatdir);
-
yalpi va sof summa. Daromadlar va xarajatlar odatda uning yalpi miqdori
(summasi) bilan ko‘rsatiladi;
-
ikki tomonlama va bir tomonlama operatsiyalar natijasida pul tovar yoki
xizmat evaziga to‘lanadi. Bir tomonlama operatsiyalarda esa to‘lov qandaydir tovar
yoki xizmatga ega bo‘lish bilan belgilanmaydi (masalan, transfert yoki grant).
-
soliq yoki nosoliq bo‘lmagan tushumlar; daromadlar (grantlardan tashqari)
barcha qaytmaydigan tushumlarni o‘z ichiga oladi.
Daromadlarni ikki turga bo‘lish mumkin:
-
joriy mablag‘lar hisobiga tushgan daromadlar va kapital evaziga tushgan
daromadlar. Soliq esa davlat organlari tomonidan olingan (bir
tomonlama
tushumlar) va ijtimoiy ehtiyojlar uchun sarflangan bir tomonlama tushumlardir.
Soliq tushumlariga fiskal monapoliyalar tomonidan davlat byudjetiga to‘langan
daromadlar va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha majburiy operatsiyalar kiradi.
Nosoliq tushumlari - mulk egaligidan tushgan daromad, to‘lovlar, jarimalar va
davlat korxonalari tomonidan foydadan ajratmalardir.
10
Юлдашев А. Молия фанидан маърузалар матни. Наманган муҳандислик педагогика институти. -Н.: 2006.
15-27 б.
34
-
ichki foiz to‘lovlari;
-
pensiyalar;
-
transfertlar;
-
subsidiyalar;
-
boshqa xarajatlar;
-
kapital qo‘yilmalar;
-
sof kreditlash;
Byudjet balansini quyidagicha ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: