Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ayubjonov a. H., Salixodjayeva u. A. Moliya statistikasi


 Davlat byudjeti to‘g‘risidagi axborotlar bazasi va uni takomillashtirish



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/102
Sana30.06.2022
Hajmi2,83 Mb.
#719087
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   102
Bog'liq
2949-Текст статьи-7908-1-10-20200909 (1)

2.3 Davlat byudjeti to‘g‘risidagi axborotlar bazasi va uni takomillashtirish 
masalalari 
Davlat byudjeti tizimida statistik tadqiqotlarning birinchi bosqichi – statistik 
kuzatish, ya’ni ushbu tizim to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash hisoblanadi. 
Amalga oshirilayotgan tadqiqotning natijasi olingan ma’lumotlarning qay darajada 
ishonchliva aniqligiga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu ma’lumotlarni Davlat byudjeti tizimi 
to‘g‘risidagi axborotlar bazasidan olish mumkin. SHundan kelib chiqqan holda, 
tizim to‘g‘risidagi axborotlar bazasi tadqiqotsamaradorligining bosh omili 
hisoblanadi.
Davlat byudjetitizimining axborotlar bazasi – bu davlat byudjeti tizimining 
rivojlanish tendensiyalari, dinamikasi, byudjet daromadlari va xarajatlari hamjmi, 
ularning strukturasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi ma’lumotlar 
majmuidir. Axborotlar bazasidagi ma’lumotlarning aniqligi ava ishonchliligi 
statistik tadqiqot natijalarining real sharoitga yaqinligini ta’minlaydi va Davlat 
byudjeti tizimini rivojlantirishdagi muammolar va ularni hal qilish bo‘yicha zaruriy 
tavsiyalar berish va xulosalar chiqarishimkonini beradi. 


26 
Davlat byudjeti tizimini ifodalovchi axborotlar bazasi
ichki manbalar
va 
tashqi manbalardan tashkil topadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti 
tizimi to‘g‘risidagi ma’umotlarning ichki manbasi – mamlakatda faoliyat 
ko‘rsatayotgan turli vazirliklar, idoralar va qo‘mitalar tomonidan e’lon qilinadigan 
statistik ma’lumotlar hisoblanadi. Bunga misol sifatida, O‘zbekistonda chikadigan 
gazeta va jurnallarda ayrim korporatsiya va korxonalarning, tijorat banklarining 
moliyaviy hisoblarini, O‘zbekiston iktisodiy va ijtimoiy hayotiga va ayrim 
sohalariga oid statistik ma’lumotlar chop etiladigan “Iktisodiy axborotnoma”, 
“Ekonomicheskoe obozrenie” (iktisodiy sharhlar), “Dengi i kredit” (pul va kredit) 
va “O‘zbekiston iktisodiy yo‘nalishlari” jurnallarni keltirish mumkin. Ammo 
statistik axborotlarning asosiy manbai bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
statistika qo‘mitasi va uning yillik statistik to‘plamlari xizmat kiladi. 
Respublika Davlat statistika ko‘mitasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risida”gi 
Qonun va boshka rasmiy hujjatlarga muvofik amalga oshiradi. Qorakalpog‘iston 
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshkarmalari, tuman 
(shaharlar) statistika bo‘limlari bilan birgalikda Davlat statistika ko‘mitasining 
yagona tizimini tashkil etadi va uning zimmasiga kuyidagi asosiy vazifalar 
yuklatilgan:
-xalkaro statistika andozalari va koidalariga mos ilmiy asoslangan statistika 
uslubiyat va ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chikish; 
-mamlakat ijtimoiy-iktisodiy ahvolini ifodalovchi statistik axborotlarni yig‘ish, 
tayyorlash, saklash va tahlil kilish; 
-davlat hokimiyati va idoralariga statistik axborotlarni takdim etish (qonunlarga 
muvofik); 
-respublikadagi ijtimoiy-iktisodiy jarayonlarni eks ettiruvchi statistik 
ko‘rsatkichlarning xakkoniyligi, xolisligi, tezkorligi, barkarorligi va o‘zaro 
bog‘likligini ta’minlash; 


27 
-xorijiy davlatlar statistika xizmatlari va xalkaro statistika tashkilotlari bilan 
statistika axborotlarini elektron ayriboshlashni amalga oshirish hamda axborotlar 
to‘plab borish; 
-respublikada yagona statistik axborotlar makonini shakllantirish va ko‘llab 
kuvvatlash; 
- milliy hisoblar tizimi va yakuniy iktisodiy ko‘rsatkichlarni, ularga bo‘lgan 
talabga e’tiboran, ishlab chikish hamda respublikada statistika tizimini boskichma-
boskich isloh kilish. 
Axborotning tashqi manbalari esa Xalqaro Valyuta Fondi (XVF), Jahon Banki 
(JB), Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), MDH mamlakatlari bo‘yicha turli 
statistik ma’lumotlar, shuningdek, turli xususiy ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining 
ma’lumotlari hisoblanadi. Ular byudjet parametrlari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarni 
o‘zlarining oylik, yillik statistik to‘plamlarida chop etadilar. XVF tomonidan har yili 
“Government Finance Statistics Yearbook” (Davlat moliyasi statistikasi yilnomasi) 
davlat byudjeti tizimi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning xalqaro darajadagi asosiy 
manbasi hisoblanadi. Unda quyidagi ko‘rsatkichlar aks ettiriladi
5

1.
Davlat byudjetining daromadlari va strukturasi; 
2.
Davlat byudjeti xarajatlari va strukturasi; 
3.
Davlat byudjeti saldosi va uning YAIMdagi ulushi (byudjet defitsiti yoki 
profitsiti). 
Bundan tashqari, Xalkaro statistika instituti mavjud bo‘lib, u statistika sohasida 
xalkaro ilmiy markazdir, u 1887 yilda tashkil etilgan bo‘lib, asosiy vazifasi statistik 
usullar va ishlamalarni unifikatsiyalash, davlat statistikasi uslubini takomillashtirish, 
statistika nazariyasi rivojlanishiga ko‘maklashish. MDX mamlakatlari statistika 
xizmatlari faoliyatini muvofiklashtirish bilan 1992 yil tuzilgan MDH Statistika 
qo‘mitasi shug‘ullanadi. U MDH mamlakatlari bo‘yicha statistik to‘plamlarni nashr 
etadi. 
5
www.imf.org
сайти маълумотлар асосида тайёрланди 


28 
Mamlakatimiz Davlat byudjeti tizimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligining quyidagi hisobot shakllari orqali to‘planadi
6

1.
Balans hisoboti; 
2.
Balans hisobotiga ilova; 
3.
Xarajatlar smetasining bajarilishi to‘g‘risida hisobot; 
4.
 
Nomoliyaviy aktivlarning harakati to‘g‘risida hisobot; 
5.
Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumot; 
6.
Byudjet tashkilot pul mablag‘larining Taraqqiyot Fondi bo‘yicha harakati 
to‘g‘risidagi hisobot; 
7.
O‘quv muassasalaridagi to‘lov shartnoma asosidagi ta’limdan tushgan 
mablag‘lar harakati to‘g‘risida hisobot; 
8.
Boshqa byudjetdan tashqari mablag‘larning harakati to‘g‘risida hisobot; 
9.
Joriy yildagi moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot. 
O‘zbekiston Respublikasining byudjet siyosati o‘zining rivojlanishida ikki – 
fiskal (1991-1995) va noinflyasion(1996-2007) bosqichlarini bosib o‘tdi. Har bir 
bosqichda byudjet tizimi to‘g‘risidagi axborotlar bazasini takomillashtirish 
vazifasiga alohida e’tibor qaratildi.
Birinchi 
bosqichda 
milliy 
valyutamiz 
“so‘m”ning 
muomalaga 
kiritilishibilanpulislohotlario‘tkazildi,pulmuomalasi yanada chuqurlashtirildi, pul-
kredit siyosatini kuchaytirish byudjetni balanslashtirish masalasini echishga turtki 
bo‘lib xizmat qildi. 
Byudjet siyosatining bu bosqichida quyidagi vazifalarni bajarish maqsad qilib 
qo‘yildi:
7
1.
Balanslashtirilganbyudjetni shakllantirish; 
2.
Soliq tizimini kelgusida takomillashtirish; 
3.
Byudjet xarajatlarini optimallashtirish; 
4.
Amaliyotdaqaytarmaslikshartibilanmoliyalashtiriladigan 
iqtisodiyot 
6
www.mf.uz
сайтидан олинди 
7
Вахобов А.В., Қосимова Г.А. Давлат молиясини бошқариш. Ўқув қўлланма. –Т.: Иқтисод-молия, 
2008. 104-6. 


29 
tarmoqlarida investitsiyalashga o‘tish; 
5.
Byudjetga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish; 
6.
O‘rta muddatli byudjetlarni tuzish va ijro etish. 
Davlat iqtisodiy uslublarniqo‘llaganda, uning salbiy oqibatlarini doimo 
kuzatiboldindan uning oldini olishga harakat qilishikerak. Masalan, soliq siyosatini 
olib borganda, u tadbirkorlik tashabbusi darajasini pasaytirishga olib kelmasligidan 
ehtiyot bo‘lish zarur. Narxlarni tartibga solish esatalab va taklif muvozanatiga salbiy 
ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.
8
O‘zbekiston Respublikasida Davlat byudjeti tizimi to‘g‘risidagi axborotlar 
bazasini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim: 
-
axborotlarni to‘plash va qayta ishlashda fan-texnikaning eng so‘nggi 
yutuqlaridan foydalanish; 
-
axborotlarni to‘plash va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi ishchi-
hodimlarningmalakasini oshirish; 
-
axborotlarni to‘plashning elektron tizimini takomillashtirish; 
-
axborotlarni qayta ishlashning dasturiy bazasini takomillashtirish; 
-
axborotlar bazasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy hamkorlikni 
yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish; 
YUqoridagi vazifalarning hal qilinishi, davlat byudjeti tizimi sohasidagi 
statistik tadqiqotlarning samaradorligini oshiradi va aniq ilmiy xulosalar chiqarish 
imkonini beradi.
Nazorat uchun savollar: 
1.
Davlat byudjeti tushunchasi nima? 
2.
Davlat byudjeti aktiv va passiv qismiga nimalar kiradi? 
3.
Byudjet xarajatlari tarkibini sanab bering? 
4.
Byudjet daromadlari tarkibini sanab bering? 
5.
Davlat byudjetlari jahon modellari qaysilar?
6.
Kanada byudjet tizimi xususiyati nimada? 
7.
Byudjet defitsiti yoki profitsiti nima? 
8
Жумаев Н., Бурхонов У. Молиянинг долзарб муаммолари. –Т.: Янги аср авлоди, 2003. 142-6. 


30 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish