Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ayubjonov a. H., Salixodjayeva u. A. Moliya statistikasi


Umumiy kamomadlar=(daromad + olingan grantlar)-



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/102
Sana30.06.2022
Hajmi2,83 Mb.
#719087
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   102
Bog'liq
2949-Текст статьи-7908-1-10-20200909 (1)

Umumiy kamomadlar=(daromad + olingan grantlar)- 
-(xarajatlar + qoplangan qismi chegirib tashlanagan kreditlar)

Demak davlat byudjeti defitsiti– bu daromad va grantlar hisobiga 
bo‘lgantushumdan xarajatlar va sof kreditlash miqdorining ortib ketishidir. Bu 
kamomad davlat boshqaruv organlari tomonidan yoki qarz olish yohud o‘zining 
mavjud mablag‘lari hisobiga qoplanadi. 
Byudjet balansini aniqlash va byudjet balansi kamomadi tahlili o‘ta muhim va 
bu tahlil davlatning moliyaviy ahvoli, pul, kredit sohasi, ichki talab va to‘lov 
bilansini to‘liq ifoda etadi. 
Balans har xil usullarda hisoblanishi mumkin. Ularning eng soddasi va keng 
qo‘llaniladigani joriy byudjet balansi hisoblanadi.
Joriy byudjet balansi (joriy operatsiyalar bo‘yicha balans)
. Bu balans joriy 
daromadlar va joriy xarajatlar asosida aniqlanadi va quyidagiga teng: 
Byudjet saldosi = Joriy daromadlar – Joriy xarajatlar
(3.1.1)
11
Makroiqtisodiy nuqtai nazardan davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari 
hamda byudjet kamomadi dinamikasini o‘rganishda byudjet ko‘rsatkichlarini YAIM 
11
Аюбжонов А.Ҳ., Маматқулов Б.Х., Сайфуллаев С.Н. Статистика. Дарслик. –Т.: ТДИУ, 2010. 


35 
miqdori bilantaqqoslashi lozim. Buning natijasida byudjet parametrlari mamlakat 
YAIMning necha foizini tashkil etishini quyidagi tenglamalar asosida aniqlash: 
𝑫𝒂𝒓𝒐𝒎𝒂𝒅
𝒀𝑨𝑰𝑴
,
𝑿𝒂𝒓𝒂𝒋𝒂𝒕
𝒀𝑨𝑰𝑴
yoki
𝑩𝒚𝒖𝒅𝒋𝒆𝒕𝒅𝒆𝒇𝒊𝒕𝒔𝒊𝒕𝒊 (𝒑𝒓𝒐𝒇𝒊𝒕𝒔𝒊𝒕𝒊)
𝒀𝑨𝑰𝑴
Davlat byudjeti tizimining samaradorligini aniqlashda elastik koeffitsienti va 
soliqlar dinamikasi ko‘rsatkichidan foydalaniladi. 
Elastik koeffitsenti quyidagicha hisoblanadi: 
𝑬
𝒔𝒐𝒍𝒊𝒒
=
𝑺𝒐𝒍𝒊𝒒𝒕𝒖𝒔𝒉𝒖𝒎𝒍𝒂𝒓𝒊𝒏𝒊𝒏𝒈𝒐‘𝒛𝒈𝒂𝒓𝒊𝒔𝒉𝒊
𝑺𝒐𝒍𝒊𝒒𝒃𝒂𝒛𝒂𝒔𝒊𝒏𝒊𝒏𝒈𝒐‘𝒛𝒈𝒂𝒓𝒊𝒔𝒉𝒊
(3.1.2)
12
 
Elastiklik koeffitsientining iqtisodiy ma’nosi shundan iboratki, ya’ni soliq 
bazasining 1%ga o‘zgarsa, soliq tushumi qanday o‘zgarishini ifodalaydi. Masalan, 
soliqqa tortish bazasi joriy davrda oldinga davrga nisbatan qo‘shimcha 5%, soliq 
tushumlari esa 7,5% ortdi deb faraz qilsak, u holda soliq uchun elastiklik 
koeffitsienti 
E
soliq
=
1,075
1,05
= 1,024 
yoki soliq bazasining 1 birlikortishi, soliq 
tushumining 1,024 birlikka ortishiga olib keladi. Agarda soliqqa tortish bazasi 
ko‘rsatkichi o‘rniga yalpi milliy mahsulot ko‘rsatkichidan foydalansak, u holda 
YAMM bo‘yicha soliq elastiklik koeffitsienti kelib chiqadi va u quyidagicha 
bo‘ladi: 
𝑬
𝒔𝒐𝒍𝒊𝒒
=
𝜟𝑨𝑻
𝜟𝒀𝑨𝑴𝑴
(3.1.3)
13
,
 
bu erda: 
ΔAT
– o‘zgarmas soliq tizimidagi soliq tushumlarining foizdagi 
o‘zgarishi;
ΔYAMM
– yalpi milliy mahsulot hajmimiig qo‘shimcha o‘sishi. 
Elastiklik koeffitsienti 1 dan yuqori bo‘lsa, u holda soliq tizimi ham elastik 
(moslanuvchan) hisoblanadi, ya’ni yangi soliqlar va soliqqa tortish me’yorlari 
o‘zgarmagan holda soliqlar hajmi YAIM nisbatan o‘sadi. Agar elastiklik 1 dan 
kichik bo‘lsa, u holda soliq tushumlarining o‘sishi YAMM o‘sish sur’atlaridan ortda 
12
Ўша манба 
13
Аюбжонов А.Ҳ., Маматқулов Б.Х., Сайфуллаев С.Н. Статистика. Дарслик. –Т.: ТДИУ, 2010. 


36 
qolib ketadi, buning oqibatida esa byudjet kamomadi paydo bo‘ladi. Bunday holatda 
davlat byudjetisiyosatiga zgartirishlar kiritish orqali ushbu nomutanosiblikning oldi 
olinadi. 
Keyingi muhim ko‘rsatkichlardan biri bu iqtisodiyotdagi soliq yukidir. Ushbu 
ko‘rsatkich ishlab chiqarish sub’ektlarining iqtisodiy faoliyatiga bevosita ta’sir 
ko‘rsatadi. Soliq yukining iqtisodiy ma’nosi – bu mamlakatda yaratilgan yalpi ichki 
mahsulotning necha foizi davlat byudjetiga soliq to‘lovlari sifatida tushishini 
anglatadi va quyidagicha hisoblanadi: 
𝑺𝒐𝒍𝒊𝒒𝒚𝒖𝒌𝒊 =
𝑺𝒐𝒍𝒊𝒒𝒕𝒖𝒔𝒉𝒖𝒎𝒍𝒂𝒓𝒊
𝒀𝑨𝑰𝑴
∗ 𝟏𝟎𝟎% (3.1.4)
14
.
 
Byudjet daromadlarining samaradorligini baholash uchun Tanzi diagnostika 
testidan foydalaniladi va u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
1.
Konsentratsiya indeksi.Bu indeks olinayotgan byudjet daromadlarida soliq 
turlari va stavkalarining konsentratsiyasi (ulushi)ni ifodalaydi. Agar daromadlar 
kam soliq turlari va yuqori foiz stavkalari asosida olinayotgan bo‘lsa, konsentratsiya 
yuqori bo‘ladi. Bu iqtisodiy sub’ektlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
2.
Dispersiya indeksi. Bu ko‘rsatkich soliq turlari va ulardan byudjetga kelib 
tushadigan tushumlar orasidagi tafovutni ifodalaydi. 
3.
Eroziya indeksi.Hakikiy soliq bazalari va potensial soliq bazalari orasidagi 
tafovutni ifodalaydi. Agar ushbu tafovut yuqori bo‘lgan sharoitda davlat 
byudjetisiyosatigazaruriy o‘zgartirishva qo‘shimchalar kiritish lozim bo‘ladi. 
4.
Kechikib qolish indeksi. Ushbu indeks soliqlar qay darajada o‘z vaqtida 
to‘lanishini ifodalaydi. 
5.
Ob’ektivlik indeksi. Olinadigan soliqlar qanchalik obektiv aniqlangan 
soliqqa tortish bazasidan olinadi? 
6.
Soliqlar olish darajasining ta’minlanish indeksi. Soliklar to‘liq yig‘ib 
olinadimi? 
14
ВахобовА.В., ҚосимовГ.А. Давлат молиясини бошқариш. Ўқув қўлланма.–Т.: Иқтисод-молия,2008.104б 


37 
7.
Soliqlar olingandagi xarajatlar indeksi. Soliqlarni yig‘ib olish bo‘yicha 
byudjet xarajatlari qanchalik eng kam me’yoriga (minimumga) keltirilgan? 
Byudjet daromadlaristrukturasini quyidagi jadval asosida aniqlash mumkin.

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish