m asalalami
tadrijiy, tinch y o i bilan hal qilishga ko'maklashishi ko'zda
tutilgan edi. XMTni tashkil etishda 45 ta davlat ishtirok etdi, hozirgi vaqtda
uning tarkibida 71 ta davlat bor, ularda dunyo aholisining 98 foizi yashaydi15.
Har bir qatnashuvchi davlatdan XMTga hukumat
hamda mehnatkashlar va
tadbirkorlar tashkilotlarining vakillari kiradi.
Xalqaro Mehnat Tashkiloti azaliy va eng yirik xalqaro tashkilotlardan
biridir. Uning faoliyati XMT Nizomi bilan belgilanadi, unda qatnashuvchi
mamlakatlar ushbu Nizomni bajarishlari shart.
XMTning faoliyat maqsadi
moddiy farovonlikka erishishga va irqlari, din va jinslaridan qat’i nazar,
insonlaming ma’naviy rivojlanishlarini ta’minlashga va bulaiga imkon beradigan
shart-sharoitlami yuzaga keltirishga ko'maklashishdan iborat. Ushbu maqsadga
erishish uchun XMT o ‘z oldiga asosiy vazifalarni qo‘yadi.
XMTning ish yo'nalishlari — mehnat va ish bilan bandlik sohasida
siyosat yurgizish uchun konventsiyalar va tavsiyalar ko'rinishida
xalqaro
mehnat m e’yorlari ishlab chiqish va qabul qilish, texnikaviy hamkorlik olib
borish, ijtim oiy-m ehnat m uam m olari bo'yicha tadqiqotlar o'tkazish va
uiaming natijalarini bosib chiqarish.
Xalqaro mehnat konferentsiyasi (XMK) — XMTning oliy organidir.
U yiliga bir marta o ‘tkaziladi va to ‘rt kun davom etadi. O 'rta hisobda
qatnashchilar soni 2000 kishini tashkil etadi.
Konferentsiyada XMTning
asosiy ish yo'nalishlari ishlab chiqiladi, mehnat dunyosidagi mehnatkashlar
ijtimoiy mehnat holati muammolari muhokama qilinadi,
konventsiya va
tavsiyalar hamda alohida masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilinadi.
M a’muriy kengash XMTning ijroiya organidir. U o‘z faoliyatini sessiyalar
o‘tkazish yo‘li bilan muvofiqlashtirib boradi, ular yiliga uch marta o'tkaziladi.
Kengash 56 a’zodan, shu jumladan, hukumat, mehnatkashlar va tadbirkorlaming
namoyandalaridan iborat. XMT a’zosi bo'lgan mamlakatlar hukumatlarining
28
nafar vakili bor, ulardan 10 nafari doimiydir, ulami ekspertlar sanoati eng
rivojlangan mamlakatlaming namoyandalaridan saylaydilar. Qolgan 18 kishi
turli mamlakatlaming teng huquqli vakilligini ta’minlash
uchun mintaqalarga
oid kvotalar bo'yicha har uch yilda bir marta qayta saylanadi. Kengash tarkibiga
mehnatkash va tadbirkorlar vakillari har bir guruhidan 14 kishi miqdorida
kiritilgan. Ma’muriy kengash raisi har yili konferentsiyadan keyin mintaqaviy
mansublikni hisobga olgan holda rotatsiya qilish tamoyili bo'yicha saylanadi.
Kengash konventsiyalar va tavsiyalami qo'llanish ustidan nazorat yuritish uchun
12 kishidan iborat ekspertlar guruhiga ega
Xalqaro m ehnat byurosi (XM B)— XM Tning doimiy kotibiyatidir.
XMBning Jenevada joylashgan markaziy devoni XMT o'z loyihalarini amalga
oshiradigan turli mamlakatlarda 40 ta boiim ga ega. Ma’muriy kengash besh
15 M e \ H a T HJcm coflHCTM Ba HJKTHMOHH-Me^HaT M y H O ca6aT JiapH .
r.r.Me^HKbHH
Ba
P .n .
K o jio c o B a H H H r T a ^ H p H o c r n a a .
M .: 1996, 568-6.
228
yil muddatga saylaydigan Bosh direktor XMBga boshchilik qiladi.
Xalqaro
mehnat byurosi va uning rahbariyatining tarkibi doimiydir, ko'plab xodimlar
muddatsiz shartnomaga egalar. Doimiy organ b oigan XMB aslida ijtimoiy
mehnat masalalari bo'yicha jahon tadqiqot va ijtimoiy axborot markazi rolini
bajaradi. XMBning ikki instituti: Mehnat masalalarini tadqiq qilish xalqaro
instituti hamda Kasb va tcxnikaviy malaka oshirish xalqaro markazi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: