Toshkent davlat iqtisodiyot univeristeti



Download 160,8 Kb.
bet10/11
Sana13.06.2022
Hajmi160,8 Kb.
#661690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi(1)(1)

Xulosa va takliflar




Mamlakatimiz iqtisodiyotida mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda o‘z echimini topmagan muammolar, hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar ham mavjud. Mamlakatimiz ba’zi viloyatlari va qishloq tumanlari byudjetlarining haligacha dotatsiyada qolib ketayotgani, ularda zamonaviy korxonalar, kichik biznes sohasi, savdo tarmoqlarini, bozor infratuzilmasini rivojlantirishga etarli e’tibor berilmayotgani, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish tadbirlarining sustligi, ba’zi yangi mulkdorlarning xususiylashtirilgan mulkdan oqilona foydalanmasligi, oqibatda ularning bankrotlikka yuz tutishi, ayrim tarmoqlarda iqtisodiyotning monopollashuvi asossiz ravishda yuqori darajada saqlanib qolayotgani, qishloq xo‘jaligidagi sug‘oriladigan erlar anchagina qismining meliorativ holati qoniqarsizligi tufayli foydalanishga yaroqsizligi va boshqalar shular jumlasidandir. Ushbu ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tezroq hal qilish, ularning echimini izlab topish, milliy istiqlol mafkurasining mazmunini va xususiyatlarini tushunish ko‘p jihatdan kishilarning iqtisodiyot sirlarini, ayniqsa, bozor iqtisodiyoti munosabatlarining mazmunini, ularning talablari va xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashning maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog‘liqdir. Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiyot tushunchalarini, uning qonun-qoidalarini, tejamli xo‘jalik yuritish sirlarini, turli kishilar va xo‘jaliklarning bir-birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo‘lib, unumli mehnat qilish yo‘llarini va shakllarini o‘rgatadi. Iqtisodiyot nazariyasi fani mamlakatimizda yashayotgan hamma kishilarning daromadlari, ularning turmush darajasi faqat milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga bog‘liqligini, shu yurtda mehnat qilayotgan kishilarning ijodiy mehnati bilan vujudga kelgan milliy mahsulotning ko‘payishi, uning to‘g‘ri taqsimlanishi va foydalanilishi, milliy pul barqarorligi bilan bog‘liqligini ham o‘rgatadi va milliy istiqlol mafkurasining odamlar ongida shakllanishiga, ularning intellektual kamolotga erishuvida muhim rol o‘ynaydi.

Xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyot va davlat tarakkiyotiga, shu bilan birga, milliy farovonlikka erishish yo’lidagi ishlar samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bu soxaning afzallik tomoni - moslashuvchanlik, tez orada faoliyat yo’nalishini o’zgartira olish xususiyatidir. Davlat xaramligida yashab, ongiga bokimandalik kayfiyati kattik o’rnashib kolgan odamlarga mulkdorlik xissini uyg’otish oson kechmaydi. Lekin, mamnuniyat bilan ta’kidlash mumkinki, hozir vaziyat 20 yil ilgarigidan ancha boshkacha - ko’pchilik mulkka egalik hissini anglab yetdi, mulkdorlar sinfi kengayib borayotir. Aynan shu mulkdor sinfining kengayishiga mos ravishda yurtimizda rivojlangan davlatlardek o’rta tabaka shakllanib, o’z ko’lamini oshirmokda.


O’zbekiston Respublikasida mulkning fukarolarning shaxsiy va xususiy mulki, jamoa mulki, davlat mulki, aralash mulk, kushma korxonalar mulki kabi shakllari mavjud va mulkning hamma shakllari teng huquqlidir.
O’zbekistonning mulk tugrisidagi Qonunda mulkiy huquqlarning barchasi kurstilgan. Mazkur Qonunning birinchi bandiga muvofik, O’zbekiston Respublikasida molk-mulkning mavjud ekanligi va unga nisbatan egalik huquqining bulishi tan olinadi.
Bozor munosabatlariga utish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maksadida, fuqarolar uziga tegishli mulkni kupaytirish uchun boshka fukarolarni yollanma mexnatga jalb kilishi mumkin. Fuqarolarda utmish tuzum sundirgan mulkiy mustakillik xissini uygotish, tiklash, kengaytirish va mustahkamlash - davlatimizning eng dolzarb vazifalaridan biridir.
Davlat tasarrufidan chikarish - shurolar iqtisodiy tizimini sindirib, uning asoratlarini bartaraf etish va erkin bozor iqtisodiyotiga utishning eng samarali yullaridan biri. Davlat tasarrufidan chikarish - yangi boshkaaruv tizilmalarini barpo etish demakdir.
Istalgan tarmoqni davlat tasarrufidan chikarish konsepsiyasi, mamlakatdagi xukikiy iqtisodiy axvolni va uning xususiyatini xisobga olgan holda ishlab chikardi.
O’zRda tadbirkorlik faoliyatining quyidagi tashkiliy-huquqiy shakllari
mavjud:
xususiy tadbirkorlik;
kichik biznes (kichik narxlr); oilaviy tadbirkorlik;
xujalik va ijtimoiy birlashmalaar tadbirkorligi; fermer xujaligi asosidagi tadbirkorlik;
ijara va jamoa xujaligidagi tadbirkorlik;
chet ellik sheriklar bilan kushma tadbirkorlik subyektlari mavjud.
O’zRda tadbirkorlik faoliyati sub’ektlariga quyidagi imtiyozlar yaratilgan:
mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo’jaliklarining moliya- xo’jalik faoliyatini har to’rt yilda ko’pi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlarini esa qar uch yilda ko’pi bilan bir marta reja asosida tekshirish o’tkaziladi;
yangi tashkil qilingan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo’jaliklarining moliya-xo’jalik faoliyatini ular davlat ro’yxatiga olingan paytdan boshlab ikki yil mobaynida reja asosida tekshirish o’tkazilmaydi;
hududiy soliq organlari tomonidan boshqa tumanlar (shaqarlar)da ro’yxatga olingan tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish binolari, savdo shoxobchalari qayerda joylashganidan va xizmatlar ko’rsatiladigan (ishlar bajariladigan) joydan qat’i nazar, ularning moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish takrorlanishiga yo’l qo’yilmagan holda, tadbirkorlik subyekti ro’yxatga olingan joydagi tegishli soliq organlari bilan bir vaqtda amalga oshiriladi;
tadbirkorlik subyektlari tekshirish natijalari bo’yicha nazorat organlarining taqdimnomalarini bajargan, shuningdek yetkazilgan zararni belgilangan muddatda va to’liq hajmda ixtiyoriy ravishda qoplagan, shu
jumladan penyani to’lagan taqdirda ularga nisbatan moliyaviy jazo choralari qo’llanilmaydi.
O’zR qonun –hujjatlarida davlat boshqaruv organlariga jumladan, Vazirliklar, idoralarning rahbarlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shaqar hokimlari qattiq ogohlantirib qo’yildiki, nazorat organlarining mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlari ruxsatsiz tekshirilganligi va ularning xo’jalik faoliyatiga noqonuniy aralashilganligi uchun yetkazilgan iqtisodiy zararning o’rni qoplangan holda javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka ham tortilishi qatiy qilib belgilangan.
Bozor munosabatlari tizimida kichik biznes kuydagi aloxida xususiyatlari:
ishlab chikarish xajmi, ishlovchilarning soni va kaysi sanoat tarmog’iga tegishliligi bilan tavsiflanadigan tadbirkorlik shakli sifatida namoyon bo’ladi. Kichik biznesga o’zining mustakil mulki va xo’jalik mustakilligiga ega bo’lgan va o’zining faoliyati soxasida yukori (dominant) xisoblanmagan firmalar kiradi.
Xorijiy tadkikotchilarning ko’pchiligi, kichik biznesning o’zida 500 kishi band bo’lgan va savdo-sotik xajmi 20 mln. dollardan oshmagan firmalarni kiritadilar. Ammo, bu ko’rsatkichlar, ma’lum darajada shartlidir, maxsus ko’rsatkichlar sifatida, yana, ko’shimcha kiymat solig’i va korxonadagi asosiy vositalar kiymati ko’llanadi.
O’zining «kichik biznes» degan nomiga karamasdan, ushbu ishlab chikarish va tijorat faoliyati turi barcha tarakkiy topayotgan davlat iqtisodida muxim ahamiyatga ega. Uning kuydagi afzalliklari:
- maxalliy resurslarda ishlab turgan yoki maxalliy bozorni ta’minlab turuvchi kichik korxonalar hech bo’lmaganda transport xarajatlarining iqtisod kilinishi evaziga kam xarajatlidirlar. Ularning iqtisodiy ustunligi maxalliy sharoitlarini yaxshi bilganlari sababli, ishlab chikarishni uncha ko’p bo’lmagan kapital va mexnat xarajatlari bilan amalga oshirishidadir;
- kichik korxonalardagi mexnat, odatda, moddiy tavsifga ega, va u amaliyotda kanselyariya mexnatiga nisbatan foydalidir;
- ishlovchilarning kamsonligi, ularning xar biri kobiliyatining yengilrok yuzaga chikishiga yordam beradi;
- moslashuvchanlik, ya’ni ishlab chikilayotgan maxsulot assortimenti va turini o’zgartirishi kichik korxonalarda unchalik katta qiyinchiliklar tug’dirmaydi. Shuning uchun bozor iqtisodiga asoslangan davlatlarda kichik biznes o’z mavkeini tinimsiz kuchaytirib va mustahkamlab bormoqda.

Download 160,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish