Toshkent davlat iqtisodiyot univeristeti


O’zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni riovjlantirishning ustuvor yo’nalishlari



Download 160,8 Kb.
bet9/11
Sana13.06.2022
Hajmi160,8 Kb.
#661690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi(1)(1)

5.O’zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni riovjlantirishning ustuvor yo’nalishlari.
Kichik biznes faoliyatining muammolari va ularni xal etish yo’llari davlatimizda 30 yil mobaynida tadbirkorlik faoliyatining jiddiy Qonuniy- me’yoriy bazasi yaratilib, tadbirkorlarning huquqlari va ular faoliyatini rag’batlantiruvchi ishonchli kafolatlar yaratildi.
1995 yilda «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish to’g’risida»gi, 1999 yil 14 aprelda «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyati kafolatlari to’g’risida»gi, 2000 yil 25-maydagi hamda 2012 yil 3- mayda yangi tahrirda qabul qilingan ?Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida?gi Qonunlarida va boshqa qonunosti hujjatlarida kator imtiyozlar kabul kilindi.
17 iyul 2005 yil O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Makkamasining majlisi o’tdi. Majlis 2005 yilning I-yarim yilligida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va iqtisodiy islokotlarning, ayniksa, tadbirkorlikni rivojlantirish tadbirlariga baxo berishga bag’ishlandi.
Majlisda kichik biznesni to’siklar xakida so’z yuritildi. Umumlashtirib aytganda, kichik biznes faoliyatining kozirgi kundalik muammolari kuyidagilardan iborat:
- boshlang’ich sarmoyaning yo’kligi;
- soliq va boshka ajratmalarning yukoriligi;
- moddiy texnika resurslarini sotib olish kiyinchiligi;
- korxonaning bankdagi xisob varag’idagi turgan mablag’lardan foydalanish imkoniyatlarining cheklanganligi;
- kichik biznes subyektini ro’yxatga olish va kreditlash jarayonlarining murakkabligi
- tadbirkorlik va biznesga doir yetarli darajada huquqiy hujjatlar me’yoriy to’plamlar, menejment va marketing tamoyillarini ko’llanilmasligi.
Shuning uchun kududiy tadbirkorlikni, jumladan, kichik biznesni rivojlantirishda ahamiyati tobora oshib bormoqda.
Korxonalarning davlat tasarrufidan chikarish va xususiylashtirish iqtisodiy islokotlarning yetakchi bo’g’ini bo’lib, xususiylashtirish natijasida turli mulkchilik katlamlari shakllandi va ularda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga aloxida ahamiyat berilmokda. Prezidentimiz I.A Karimov shunday ta’kidlab o’tganlar.
«Kichik biznes jamiyatda ham iqtisodiy, ham siyosiy vaziyatni mo’tadillashtirishga yordam beradigan o’rta tadbirkorlar sinfining paydo bo’lishi demakdir. Bu - respublika bozorini zarur iste’mol tovarlari va xizmatlari bilan boyitishdir. Buning uchun kichik biznesni rivojlantirishning yangi manbalari ham chet el investisiyalarini keng jalb kilish xisobiga, ham ichki manbaalar, bank kreditlari xisobiga doimo kashf etib borilishi darkor».
Ma’lumki, ilgarigi tartiblarga binoan tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazishda ortikcha hujjatlarni talab kilish kollari uchrab turar edi. Chunki bu jarayon ko’plab xukumat kadrlari asosida amalga oshirilardi. Bu borada yagona bir tizim bo’lmaganligi bois ro’yxatdan o’tkazuvchi davlat idoralari ishlarida ham anglashilmovchiliklar bo’lib turadi. Va buning okibatida tadbirkorlar bo’lar-bo’lmasga sarson-sargardon bo’lishardi. Endi bu jarayon anik bir tizim tarzida shakllandi va bu tadbirkorlar uchun juda katta kulayliklar tug’diradi.
Vazirlar Makkamasining «Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va xisobga ko’yish to’g’risida»gi 347 karoriga asosan yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan tumanlar (shaxarlar) hokimliklariga -o’z yashash joyidagi ro’yxatdan o’tkazuvchi organga (shaxsan o’zi kelib) mazkur Nizomdagi 4-ilovaga muvofik shakl bo’yicha :
1. Davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi ariza;
• 3X4 o’lchamli 2 ta fotosurat;
• Ro’yxatdan o’tkazish yigimining belgilangan mikdori, to’langanligi to’g’risidagi bank to’lov hujjati;
• Muhr va shtamp eskizlari (3 nusxada) takdim etiladi va pasport ko’rsatiladi.
Ma’suliyati cheklangan va ko’shimcha majburiyatli jamiyatlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun;
1. Davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi ariza;
2. Nizom va ta’sis shartnomasining notarial tasdiklangan 2 asl nusxasi. Jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilgan takdirda, u tomonidan notarial tasdiklangan Nizom;
3. Tadbirkorlik faoliyati subyektinirng pochta manzilini tasdiklovchi
hujjat;
4. Davlat boji yoki ro’yxatdan o’tkazish yig’imining belgilangan
mikdori to’langanligi xakida bank to’lov hujjati;
5. Shaxarlar (tumanlar) xokimliklarining vakolatli organlari tomonidan berilgan firma nomi to’g’risidagi guvoxnoma;
6. Muassislarning xar biri tomonidan ta’sis hujjatlarida ko’rsatilagn o’z ulushining kamida 30 % i Nizomiga ko’shilganligini tasdiklovchi bankning ma’lumotnomasi. Tadbirkorlik subyektining nizom jag’armasi yoki uning bir kismi mulkiy ulush (ko’chmas mulk, asbob-uskunalar) yoki intellektual mulk xisobida shakllantirilgan takdirda - bank ma’lumotnomasi talab etilmaydi, ta’sis hujjatlarida nizom jamg’armasi shakllantirish manbaalari ko’rsatilishi muassislar niyatining tasdig’i xisoblanadi.
7. Muhr va shtamp eskizlari uch nusxada. Dekkon xo’jaliklari (yuridik shaxslar) .
• Tuman (shaxar) kokimliklariga (shaxsan o’zi kelib yoki pochta orkali) mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofik davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risida ariza.
• Kishlok xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) umumiy yig’ilishining yoki yukori boshkaruv organining tashkil etish to’g’risidagi karori;
• Ustavning notarial tasdiklangan 2 asl nusxasi;
• Shaxar(tuman) kokimliklarinirng vakolatli organlari tomonidan beriladigan firma nomi to’g’risidagi guvoxnoma;
• muxr va shtamp eskizlari 3 nusxada.
Tijorat banklari tomonidan kichik biznes korxonalariga kredit mablag’lari ajratish bo’yicha turli xil sansalorliklar davom etmoqda. hujjatlarni ekspertizadan o’tkazish va kredit olish tinkani kuritadigan darajada og’ir jarayonga aylangan. Kichik va xususiy korxonalarning korijiy kredit mablag’laridan foydalanish imkoniyatlari foiz darajasining balandligi, biznes rejalarni ishlab chikishda tajriba yetishmasligi, garov talablari o’ta yukoriligi sababli cheklanib kolayapti.
Kichik korxonalar xisoboti masalalarida ham tartib o’rnatish vaqti keldi. Kichik biznes korxonalarining xar oyda 15 xildan ko’p xisobot topshirishi tokat kilib bo’lmaydigan xoldir».
Bugungi kunda kechayotgan iqtisodiy islokotlar davrida soliq solishning investision rag’batlantirish tizimini shakllantirish zarur. Bu tizim kelib tushadigan soliqlarning asosiy manbaa sifatida soliq solinadigan bazasini chukurlashtirishi emas, balki kengaytirishni takazo etadi.
Soliq tizimining takomillashmaganligi, tegishli infratuzilmalarning rivojlanmaganligi, huquqiy bazaning yetarli emasligi borasidagi qiyinchiliklar ham kichik biznesning ravnak topishiga yetarli imkon bermayotir.
Rivojlangan mamlakatlar, ayniksa, ishlab chikarish soxasiga ko’p soliq pressini ko’llamaydilar. Respublikamizda kichik tadbirkorlik sektorida ishlab chikarish soxasi, eng asosiysi kayta ishlovchi xo’jalik yurituvchi kichik biznes subyektlari ko’pchilikni tashkil etadi. Shuning uchun, bizda ham, ishlab chikarish va kayta ishlash bilan shug’ullanayotgan kichik biznes subyektlariga soliq bo’yicha imtiyozlar berilsa maksadga muvofik ish bo’lar edi.
Xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyot va davlat tarakkiyotiga, shu bilan birga, milliy farovonlikka erishish yo’lidagi ishlar samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bu soxaning afzallik tomoni - moslashuvchanlik, tez orada faoliyat yo’nalishini o’zgartira olish xususiyatidir. Davlat xaramligida
yashab, ongiga bokimandalik kayfiyati kattik o’rnashib kolgan odamlarga mulkdorlik xissini uyg’otish oson kechmaydi. Lekin, mamnuniyat bilan ta’kidlash mumkinki, hozir vaziyat 10 yil ilgarigidan ancha boshkacha - ko’pchilik mulkka egalik hissini anglab yetdi, mulkdorlar sinfi kengayib borayotir. Aynan shu mulkdor sinfining kengayishiga mos ravishda yurtimizda rivojlangan davlatlardek o’rta tabaka shakllanib, o’z ko’lamini oshirmokda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ?Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida?gi 2005 yil 5 oktyabr, pf-3665-son Farmonida tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni tashkil qilish tizimini takomillashtirish va tekshirishlar sonini keskin qisqartirish, xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to’qrisidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishi uchun nazorat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirish maqsadida quyidagilar belgilandi:
mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo’jaliklarining moliya- xo’jalik faoliyatini qar to’rt yilda ko’pi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlarini esa qar uch yilda ko’pi bilan bir marta reja asosida tekshirish o’tkaziladi;
yangi tashkil qilingan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo’jaliklarining moliya-xo’jalik faoliyatini ular davlat ro’yxatiga olingan paytdan boshlab ikki yil mobaynida reja asosida tekshirish o’tkazilmaydi;
hududiy soliq organlari tomonidan boshqa tumanlar (shaqarlar)da ro’yxatga olingan tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish binolari, savdo shoxobchalari qayerda joylashganidan va xizmatlar ko’rsatiladigan (ishlar bajariladigan) joydan qat’i nazar, ularning moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish takrorlanishiga yo’l qo’yilmagan holda, tadbirkorlik subyekti ro’yxatga olingan joydagi tegishli soliq organlari bilan bir vaqtda amalga oshiriladi;
tadbirkorlik subyektlari tekshirish natijalari bo’yicha nazorat organlarining taqdimnomalarini bajargan, shuningdek yetkazilgan zararni belgilangan muddatda va to’liq hajmda ixtiyoriy ravishda qoplagan, shu
jumladan penyani to’lagan taqdirda ularga nisbatan moliyaviy jazo choralari qo’llanilmaydi.
Vazirliklar, idoralarning rahbarlari, qoraqalpoqiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shaqar hokimlari qattiq ogohlantirib qo’yilsinki, nazorat organlarining mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlari ruxsatsiz tekshirilganligi va ularning xo’jalik faoliyatiga noqonuniy aralashilganligi uchun yetkazilgan iqtisodiy zararning o’rni qoplangan holda javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka ham tortiladilar.
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi nazorat va ququqni muqofaza qilish organlarining tekshirishlarni tayinlash va o’tkazish borasida belgilangan tartibga qat’iy rioya etish, tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo’lidagi faoliyati ustidan muntazam nazoratni amalga oshirish belgilandi.
3. O’zbekiston Respublikasining nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika kengashining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.
4. Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika
kengashi:
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi,
boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish yillik va chorak muvofiqlashtiruvchi reja-jadvallarini shakllantirishning aniq asoslangan tamoyillari ishlab chiqilishini ta’minlash belgilandi.
2005 yilning 1 dekabrigacha muddatda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini 2006 yilda tekshirish muvofiqlashtiruvchi reja-jadvalini ishlab chiqib, tasdiqladi, unda mazkur Farmonning 1-bandiga muvofiq kompleks tekshirishlar o’tkazishning asoslangan tamoyillari va muddatlaridan kelib chiqqan qolda tekshirilishi lozim bo’lgan subyektlar ro’yxatini shakllantirishni nazarda tutildi. Nazorat organlariga «Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to’g’risida»gi qonun moddalariga qat’iy muvofiq ravishda rejadan tashqari tekshirishlar o’tkazilishini asoslab beradigan sabablar mavjud bo’lgan favqulodda holatlarda ularni o’tkazishga ruxsat berildi.

Download 160,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish