Kurs ishining maqsadi. Modernizatsiyalash sharoitida talabalarda tanqidiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish zaruratini va yo‘llarini aniqlash.
Kurs ishining predmeti: Kursishning metodlari: Kurso‘tkazish jarayonida pedagogik manbalarni o‘rganish va tahlil qilish, turli manba va jarayonlarni, xujjatlarni qiyoslash, o‘zaro solishtirish, muammoga aloqador omillarni kuzatish, suhbat, so‘rovnoma o‘tkazish, tajriba-sinov, olingan natijalarni taxlil etish qayta ishlash va umumlashtirish kabi metodlardan foydalandik.
Kurs ishning ob’ekti: Iqtisodiy fanlarni o‘qitish jarayonida talabalarda tanqidiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish. Iqtisodiy ta’lim tizimida talabalarda tanqidiy fikrlash malakasini shakllantirish ehtiyoji, usullari, vositalari.
Kurs ishining tarkibi. Kurs ishi kirish, 5 paragraf, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
1.Tadbirkorlik kapitalining mohiyati va uning xarakat bosqichlari.
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo‘jaligi doirasida ro‘y bergan. SHuning uchun iqtisodiyot deganda uy xo‘jaligi va uni yuritish qonun-qoidalari tushunilgan. Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot faqat uy xo‘jaligi doirasi bilan cheklanib qolmaydi, balki yirik xususiy va jamoa xo‘jaliklari, hissadorlik jamiyatlari, davlat xo‘jaliklari, moliya va bank tizimlari, xo‘jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, konsernlar, qo‘shma korxonalar, hamda ular o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlardan iborat bo‘lgan, juda murakkab organizm hisoblanadi.
Iqtisodiyot - bu zaruriy hayotiy ne’matlar yaratish yo‘li bilan jamiyat ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi xo‘jalik tizimlari majmuasidir. Har qanday iqtisodiyot bir qator zaruriy bo‘g‘inlar va umumiy tarkibiy tuzilmalardan iborat bo‘ladi. Jamiyatda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni, iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo‘lish, mamlakatni demokratlashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyat, integratsiya va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni berishda ?Iqtisodiyot nazariyasi? fanining roli beqiyosdir. Bugungi kunda yosh avlodda bunyodkorlik g‘oyalarini shakllantirish, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirish kabi muhim vazifalarni bajarish orqali mazkur fanning ahamiyati tobora oshib bormoqda.
Ayniqsa, keyingi o‘n yil davomida jahondagi sanoqli davlatlar qatorida yalpi ichki mahsulotimiz 8 foizdan kam bo‘lmagan sur’atlarda o‘sayotgani va 2015 yilda ham shunday natijaga erishilgani chindan ham xalqaro jamoatchilikning, yaqin va uzoq yon-atrofimizdagi qo‘shni mamlakatlarning hayrati va havasini uyg‘otmoqda.2
Mamlakatimiz iqtisodiyotida mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda o‘z echimini topmagan muammolar, hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar ham mavjud. Mamlakatimiz ba’zi viloyatlari va qishloq tumanlari byudjetlarining haligacha dotatsiyada qolib ketayotgani, ularda zamonaviy korxonalar, kichik biznes sohasi, savdo tarmoqlarini, bozor infratuzilmasini rivojlantirishga etarli e’tibor berilmayotgani, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish tadbirlarining sustligi, ba’zi yangi mulkdorlarning xususiylashtirilgan mulkdan oqilona foydalanmasligi, oqibatda ularning bankrotlikka yuz tutishi, ayrim tarmoqlarda iqtisodiyotning monopollashuvi asossiz ravishda yuqori darajada saqlanib qolayotgani, qishloq xo‘jaligidagi sug‘oriladigan erlar anchagina qismining meliorativ holati qoniqarsizligi tufayli foydalanishga yaroqsizligi va boshqalar shular jumlasidandir. Ushbu ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tezroq hal qilish, ularning echimini izlab topish, milliy istiqlol mafkurasining mazmunini va xususiyatlarini tushunish ko‘p jihatdan kishilarning iqtisodiyot sirlarini, ayniqsa, bozor iqtisodiyoti munosabatlarining mazmunini, ularning talablari va xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashning maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog‘liqdir. Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiyot tushunchalarini, uning qonun-qoidalarini, tejamli xo‘jalik yuritish sirlarini, turli kishilar va xo‘jaliklarning bir-birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo‘lib, unumli mehnat qilish yo‘llarini va shakllarini o‘rgatadi. Iqtisodiyot nazariyasi fani mamlakatimizda yashayotgan hamma kishilarning daromadlari, ularning turmush darajasi faqat milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga bog‘liqligini, shu yurtda mehnat qilayotgan kishilarning ijodiy mehnati bilan vujudga kelgan milliy mahsulotning ko‘payishi, uning to‘g‘ri taqsimlanishi va foydalanilishi, milliy pul barqarorligi bilan bog‘liqligini ham o‘rgatadi va milliy istiqlol mafkurasining odamlar ongida shakllanishiga, ularning intellektual kamolotga erishuvida muhim rolь o‘ynaydi. Iqtisodiyot fani iste’molchilar, ishlab chiqaruvchilar va jamiyat ushbu cheklangan resurslarni qanday musodara qilishini o‘rgatadigan fandir3.
Har qanday jamiyatning bazisi, ya’ni ?poydevori?ni iqtisodiy munosabatlar tashkil etadi. Ushbu ?poydevor? shu davrdagi ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga qanchalik to‘g‘ri va mos shakllantirilgan bo‘lsa, u jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun shu qadar keng imkon va rag‘bat yaratadi. Iqtisodiy munosabatlarning mazmun-mohiyati, ularning amal qilish qonun va qonuniyatlarini chuqur va har tomonlama o‘rganishda eng avvalo ?Iqtisodiyot nazariyasi? fanining roli beqiyosdir. U mazkur vazifani o‘zining yuksak ma’naviyatli shaxsda iqtisodiy bilim va madaniyatni shakllantirish, nazariy bilim va qoidalarni amaliyotga joriy etish, g‘oyaviy-tarbiyaviy, usulologik funksiyalari orqali amalga oshiradi. Inson ma’naviyati uning ehtiyojlari va manfaatlarini belgilaydigan va anglab etadigan, ularni himoya qilish yoki qondirish yo‘lida amalga oshiradigan faoliyatining mazmun-mohiyatini namoyon etuvchi eng asosiy mezondir. Aynan shu sababli barkamol shaxsni shakllantirishda uning ma’naviyati, ehtiyojlari va manfaatlari o‘rtasidagi muhim mutanosiblikni to‘g‘ri baholay olish hamda shaxsning moddiy ehtiyojlari va manfaatlarini yuksak ma’naviyat me’yorlari orqali mushohada etish nihoyatda zarurdir. Boshqa turdagi ijtimoiy fanlar singari iqtisodiyot ilmiy uslubiga tayanadi. Bu jarayon turli xil bo‘lgan qo‘yidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
xodisalarni real voqeyligini va oqibatlarini kuzatish;
kuzatuvga asoslangan voqea xodisalarni va oqibatlarni tushuntirib beradigan tizimli formulasi;
muayyan xodisalarni faraz qilish natijasida to‘g‘ri ekanligini taqqoslab ko‘zdan kechirish;
ushbu taqqoslashlar natijasida yuqoridagi farazni qabul qilish rad etish yoki o‘zgartirish4.
Bu jarayonni mamlakatimizning 1-prezidenti quyidagicha ifodalaganlar: «Insonga xos orzu-intilishlarni ro‘yobga chiqarish, uning ongli hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy olamni bamisoli parvoz qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyoslasak... o‘rinli bo‘ladi»5.
Biz orzu qilgan yuksak ma’naviyatli shaxsning belgi va jihatlari tarkibida uning iqtisodiy bilim va madaniyatini belgilovchi fazilatlar alohida o‘rin tutadi. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, undagi jamiyat a’zolarining farovonligi va turmush darajasi, turli iqtisodiy manfaatlarning o‘zaro mushtarakligi eng avvalo iqtisodiy munosabatlar va qonunlarni bilish hamda ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo‘lishga bevosita bog‘liq. Mustaqillik yillari davomida milliy xo‘jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, oldingi sotsialistik tizimdan meros bo‘lib qolgan bir tomonlamalik va inqiroz holatidan chiqarildi hamda 1-prezidentimiz aytganlaridek, «Avvalombor, iqtisodiyotning barqaror o‘sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi». Ushbu davrda bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Hozirgi kunda esa, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni har taraflama erkinlashtirish amalga oshirilmoqda. Eng muhimi, shu davr ichida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi shakllanib, kishilarimiz ongiga singib bormoqda. Mamalakatimizning Birinchi 1-prezidenti I.A.Karimov aytganlaridek,
«Istiqlol mafkurasi ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining ezgu g‘oya-ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot barpo etish yo‘lidagi asriy orzu- intilishlari, hayotiy ideallarni o‘zida aks ettiradi». Qolaversa, ushbu davr mobaynida bozor munosabatlari hayotimizga, xo‘jalikfaoliyatimizga chuqur kirib bormoqda va uning yangi-yangi qirralari namoyon bo‘lib, ko‘z o‘ngimizda oydinlashmoqda, kishilarda bozor ko‘nikmalari, mulk egasi sifatidagi hissiyotlar yuzaga kelmoqda. Bu erishgan yutuqlarimiz natijasida shakllanib, rivojlanib kelayotgan milliy iqtisodiyotimiz ushbu asrda biz yashayotgan umumiy uyimiz, ya’ni yangilanayotgan Vatanimizning hayotiy asosini, uning kelgusidagi taraqqiyot manbaini tashkil etadi. Bunday yangilanish jarayonida biz uchun ilgari uncha tanish bo‘lmagan qonun-qoidalar, tushunchalar, xo‘jalik yuritish mexanizmlari, usullari, tamoyillari kirib kelmoqda. Mulkdorlar, tadbirkorlar, sohibkorlar, tijoratchilar, aksionerlar, bankirlar, birja egalari va xodimlari, menejerlar, brokerlar va boshqa bozor iqtisodiyoti amaliyotchilaridan iborat yangi ijtimoiy guruh va qatlamlar shakllangan.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan to‘g‘ri va izchil iqtisodiy siyosat orqali ahamiyatli ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Jumladan, milliy xo‘jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, ma’muriy-buyruqbozlik tizimdan meros bo‘lib qolgan bir tomonlamalik inqiroz holatidan chiqarildi; iqtisodiyotning barqaror o‘sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi; bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari
vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Ma’naviy jabhada ham tub o‘zgarishlar qilinib, jamiyat a’zolarida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi shakllandi. Bugungi kunda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash jarayonlari amalga oshirilmoqda. Respublika mustaqilligi va bozor iqtisodiyotiga mos ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni shakllantirish – zamon talablariga javob beradigan, yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlari samaradorligini ta’minlovchi kasbiy ta’lim mazmunini takomillashtirishni taqozo etmoqda. Bu esa o‘z navbatida mutaxassislarning kasbiy kompetentligini shakllantirishga xizmat qiluvchi uzluksiz ta’lim mazmunini yangilash, o‘qitishning innovatsion shakl va usullari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish zaruratini shakllantirdi. SHu asosda, bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga, ta’lim bosqichlarining o‘zaro uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ma’lumki, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash, pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimi sifat darajasini oshirishda pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish, ularni sohaga oid zamonaviy kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirish, ilmiy-texnik innovatsiyalardan mustaqil ravishda, ijodiy foydalanish hamda istiqbolli vazifalarni hal qila olish ko‘nikmalarini rivojlantirish muhim vazifalardan sanaladi. Bunda ta’lim bosqichlarining o‘zaro mazmunan bog‘liqligi, uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash; oliy ta’limda o‘quv jarayonini tashkil etishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini joriy qilish, bu borada o‘quv- uslubiy majmualar sifatini ta’minlash, pedagogik texnologiyalarni joriy etishda professor-pedagoglarning kompьyuter va Internetdan foydalanish bo‘yicha savodxonligini doimiy oshirib borish; oliy ta’limning axborot-resurs va zamonaviy o‘quv adabiyotlari bilan ta’minotini yanada rivojlantirish; mazkur yo‘nalishlarda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish oliy ta’lim muassasalari, xususan, pedagog kadrlarining faoliyat yo‘nalishlari tarkibini belgilaydi. Mamlakatimizda zamon talabidan kelib chiqqan holda, barcha fanlardan,shu jumladan ?Iqtisodiyot nazariyasi? fanidan barcha mavzularni qamrab olgan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni olib borishda o‘qitishning zamonaviy ilg‘or innovatsion usullaridan keng foydalanilmoqda.
Rasmlar bloki, sxemalar bloki va boshka suratli (ko‘rgazmali) materiallar talabalar uchun tarkatma material vazifasini ham bajaradilar. SHu bilan bir katorda har bir fan, jumladan, modul uchun atamalarning izohli lug‘atini tuzish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Modulni o‘qitishning samaradorligini oshirishga erishish uchun o‘qitishning quyidagi usullarni qo‘llash lozim: miyalar hujumi, muammoli muloqotlar, evristik suhbatlar, o‘quv o‘yinlar vah.k. O‘qitishning modul tizimi mazmunidan uning quyidagi afzalliklari namoyon bo‘ladi: fanlar, fanlar ichidagi modullar orasidagi o‘qitish uzluksizligi ta’minlanadi; har bir modul ichida va ular orasida o‘quv jarayonini barcha turlarining usulik jihatdan asoslangan muvofiqligi o‘rgatiladi; fanning modulli tuzilish tarkibining moslashuvchanligi; talabalar o‘zlashtirishi muntazam va samarali nazorat (harqaysi moduldan so‘ng) qilinishi; talabalarning zudlik bilan qobiliyatiga ko‘ra tabaqalanishi (dastlabki modullardan so‘ng, o‘qituvchi ayrim talabalarga fanni individual o‘zlashtirishni tavsiya etishi mumkin); informatsiyani «siqib» berish natijasida, o‘qishni jadallashtirish, auditoriya soatlaridan samarali foydalanish va o‘quv vaqti tarkibini, ma’ruzaviy, amaliy (tajribaviy) mashg‘ulotlar, individual va mustaqil ishlar uchun ajratilgan soatlarni optimallashtirish. Buning natijasida, talaba etarli bilimlarga ham, ko‘nikmaga ham, o‘quvga ham ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |