O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERISTETI
IQTISOD FAKULTETI TALABASI
_______________________ FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu : Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi
Bajardi;
O'qituvchi; ________________________
TOSHKENT- 2020
MUNDARIJA.
Kirish......................................................................................................................
1.Tadbirkorlik kapitalining mohiyati va uning xarakat bosqichlari.
2.Tadbirkorlik kapitali aylanishi va uning turlari.
3.Asosiy kapitalni ishlab chiqarish va undan foydalanish samaradorligi
4. O’zbekistonda kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning hozirgi holati taxlili.
5.O’zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni riovjlantirishning ustuvor yo’nalishlari.
Xulosa va takliflar.............................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.................................................................
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib, rivojlanish, yangilanish va demokratik jamiyat qurish sari shahdam qadamlar bilan odimlab bormoqda. Hozirda mustaqil O‘zbekiston ijtimoiy hayotining barcha sohalarida, jumladan, ta’lim sohada ham chuqur o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. O‘zbekiston Respublikasi 1-prezidentining Oliy majlisga Murojaatnomasida ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida alohida to‘xtalib, yosh avlodni tarbiyalash jarayonini o‘z ichiga olgan yaxlit uzluksiz ta’lim tizimini tubdan shakllantirish ishlariga alohida e’tibor qaratdi.1
Oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori Oliy ta’lim muassasalarini modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o‘quv va ilmiy-amaliy, malakaviy va laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash, ta’lim jarayonlarini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish, ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda o‘qitish shakllarini joriy etish, o‘qituvchi kadrlar mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirish asosida iqtisodiyot soha va tarmoqlarida talab qilinadigan oliy ma’lumotga ega mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash masalasi bugungi kunning dolzarb masalalari qatoridan joy olgan.
Bu vazifalar, birinchi navbatda kelajakning bunyodkorlari bo‘lmish yosh avlodning bilim olish, yuqori malakali kadrlar bo‘lib o‘z yurti va xalkiga
sitqidildan mehnat qilish, ozod yurt ravnaqi va baxt-saodati uchun halol mehnat qilishga o‘rgatishni nazarda tutadi. Zero, mustaqillik aynan fidoiy, o‘z Vatani manfaatlariga g‘oyat sadoqatli, yuqori malakali kadrlarning jamiyatni boshqarishini taqozo etadi.
1 Mirziyoev SH.M. O‘zbekiston Respublikasi 1-prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Xalq so‘zi, 2018 yil, 22 dekabrь
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingach, Davlat ta’lim standartlari doirasida zamonaviy mutaxassis sifatiga qo‘yilgan talablar kuchaytirildi: mustaqil bilimlarni to‘ldirish va yangilash ko‘nikmasi, izlanish olib borish, yangi echimlar qabul qilish, ijodkor shaxs bo‘lish, mustaqil fikr yuritish — barkamol shaxs sifatlari tarkibini tashkil etdi.
SHuning uchun o‘quv jarayonida talabalarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Kursishning metodologik asosi: O‘zbekiston Respublikasi 1-1-prezidenti I. A. Karimovning ma’naviy - ma’rifiy g‘oyalari, —Ta’lim to‘g‘risida‖gi Qonun, ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖, umumiy o‘rta ta’lim Davlat ta’lim standartlari hamda SHarq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari, mavzuga oid iqtisodiy, zamonaviy psixologiya, pedagogika va metodika fanlarining xulosalari.
Kursishning tuzilishi: Ish kirish, 2 ta bob, 3 ta bo‘lim, xulosa va takliflar hamda ilovalardan iborat.
Kursishining birinchi bobida modernizatsiya, iqtisodiy taraqqiyot va iqtisodchi mutaxassislarga qo‘yilyotgan zamonaviy talablarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda yuqori malakali iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlash ta’lim tizimini samaradorligini oshirish masalasiga bevosita bog‘liq ekanligi tahlil etilgan.
Kursishining ikkinchi bobi talabalarning bilish jarayonini tashkil etish, tafakkur turlari, tanqidiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish amaliyotiga bag‘ishlangan. Ushbu bobda iqtisodiy fanlarni o‘qitish jarayonida talabalarda konstruktiv va tanqidiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish zarurati va amaliyoti tahlil etilgan.
Kursishining uchinchi bobida talabalarda tanqidiy fikrni shakllantirishda muammoli ta’lim va keys-stadi usulining imkoniyatlari yoritib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |