Toshkent davlat iq tiso diyo t universiteti q. X. Abdurahmonov


Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi


bet14/128
Sana18.02.2022
Hajmi
#457045
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   128
Bog'liq
Mehnat iqtisodiyoti va satsiologiyasi

2.3. Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi
Mehnat taqsimoti 
deganimizda, har xil mehnat turlarining bir-biridan 
ajratilishini, pirovardida ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi turli guruh 
kishilaming xilma-xil mehnat faoliyatlari bilan band bo‘lishini tushunamiz.
Ishlab chiqarishda mehnat taqsimotining uchta turi mavjud: umumiy 
mehnat taqsimoti, xususiy mehnat taqsimoti, qisman (ayrim) mehnat 
taqsimoti.
Umumiy mehnat taqsimotiga
kishilar faoliyatining ishlab chiqarish va noishlab 
chiqarish sohalari o‘rtasidagi mehnat taqsimoti, bu sohalar orasida esa, sanoat, 
qishloq xo'jaligi, transport, aloqa, savdo, xalq ta’limi, fan, davlat boshqaruvi, 
madaniyat va hokazolar o'rtasidagi mehnat taqsimoti kiritiladi.
Xususiy mehnat taqsimoti
umumiy mehnat taqsimotining sohalar va 
tarmoqlar ichidagi taqsimotini nazarda tutadi. Masalan, sanoat tarmoqlari
1 Каримов И.А. Узбекистон иктисодий исло^отларни чу^урлаштириш йулида, -
Т.:”Узбекистон’\1995.
20


kichik sohalar, birlashmalar, ayrim korxonalarga bo‘linadi; qishloq xo'jaligi 
dehqonchilik va chorvachilikka, ular ichida esa ixtisoslashtirilgan tarmoqlarga 
(g'alla, paxta, kartoshka yetishtirish, bog'dorchilik, go‘sht, sut, jun 
yetishtirish va shu kabilarga) bo‘linadi.
Ayrim mehnat taqsimoti
ishlarva mehnat funksiyalarining ayrim korxona 
yoki alohida tashkilot xodimlari o'rtasida: sexlar, uchastkalar, brigadalar
zvenolar, ayrim ijro etuvchi xodimlar bo'yicha, shuningdek, ulaming 
kasb-malaka guruhlari o'rtasida taqsimlanishini nazarda tutadi.
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida mehnat taqsimotining 
har xil shakllari qo‘llaniladi.
Texnologik mehnat taqsimoti
ishlab chiqarish jarayonlarining qayta ishlash 
(peredel) faza va sikllariga qarab bo'ladi. Bunda, eng muhimi, ulami 
bajarishning texnologiya jihatidan bir xilligidir. Qayta ishlash va fazalar 
ichida ayrim guruh ishlar: chilangar (tokarlik, slesarlik), qizdirilgan yoki 
sovuq metallni ikki b o 'lak q o lip (shtamp) orasigaolib urib, buyum 
tayyorlovchi va hokazo boiadi. Guruhlar ichida esa ishlab chiqarish 
jarayonlari sodir qilinadi.
Funksional mehnat taqsimoti
qo‘llanilganida birovlar asosiy ishni bajarishda 
ixtisos topadi, boshqalari yordamchi ishni bajarishda, uchinchilari esa tayyoriash, 
xizmat ko‘rsatish ishini bajarishda ixtisos orttitadi. Masalan, asosiy ishlab 
chiqarishda texnologik jarayon bilan band boMgan ishchilar, navbatchi ta’miriash 
ishchilari, ishlab chiqarish xonalarini yig‘ishtiruvchi (farrosh)lar bo‘ladi.
Malakali mehnat taqsimoti
yoki bajariladigan ishlarning murakkabligiga 
qarab mehnatni taqsimlash murakkab ishlar bilan oddiy ishlami bir-biridin 
ajratishdan iborat. Shu bilan birga mahsulot tayyorlashdagi texnologik 
murakkabiik deganimizda, tayyoigarlik funksiyalarini va mehnat jarayonlarini 
bajarishdagi, shuningdek, tayyorlangan mahsulot, ko‘rsatilgan xizmat 
sifatini nazorat qilishdagi murakkabliklar e ’tiborga olinadi.
Operatsiyalar boyicha mehnat taqsimoti
ishchilar mehnatini eng to ‘la 
taqsimlashdir. Bunda ishlab chiqarishning har bir ayrim jarayoni ishlab 
chiqarish operatsiyasining tarkibiy qismlariga bo'linadi. Masalan, maxsus 
sof bolt tayyorlashning texnologik jarayoni temirchilik-metall toblash
chelangar (tokarlik) - yunish, naqsh solish va o ‘yish, frezerlik-bolt 
boshidagi qirralarini frezerlash operatsiyalaridan iborat.
Kasbiy mehnat taqsimoti
ishchilarning kasbiy ixtisoslariga qarab amalga 
oshiriladi va ish joyida u yoki bu kasb (ixtisos) bo'yicha ish bajarish nazarda 
tutiladi. Har bir tur ishning hajmiga qarab ishchilarga boMgan talabni — 
sex, uchastka, ishlab chiqarish, korxona, birlashma va hokazolar uchun
21


kasblar bo'yicha talab qilinadigan ishchilar sonini belgilash mumkin.
Iqtisodiy tomon deganda, makro va mikroiqtisodiyot darajasidagi 
korxonalarda mehnat samaradorligini o'stirish hamda mahsulot sifatini 
yaxshilash nazarda tutiladi.
Fiziologik tomon deganda, shunday mehnat taqsimoti ko‘zda tutiladiki, 
unda ishdagi bir xillik kishi tanasining turli qismlariga og'irlik (nagruzka) 
bir tekis bo'lmasligi, uzoq vaqt (oylar, yillar) davomida ishda bir xil 
harakat natijasida toliqish yuz bermaydigan bo'lsin.
Ijtimoiy tomon deganda operatsiyalaming shunday tuzilmasi zarurligi 
nazarda tutiladiki, unda ish qiluvchining jismoniy va aqliy ishi navbatlashsin 
yoki qo'shib olib boriladigan bo'lib, m ehnat yoqimli b o ‘lsin, uning 
mazmundorligi oshsin, ishning jismoniy qismi kamaysin, jismoniy mehnat 
bilan aqliy mehnat o'rtasidagi tafovut kamayib borsin.
Biroq mehnat taqsimoti — bu, faqat mehnat faoliyatining bir tomonidir, 
xolos. U ayrim xodimlar va ular guruhlarining umumiy mehnat jarayonidagi 
ayrim ishchilar mehnatini birlashtirishni talab qiladi. Barcha darajadagi 
o'zaro bog'langan mehnat jarayonlarida ayrim ijrochilaming ish o'rinlaridan 
tortib butun-butun korxonalar, kichik tarmoqlar va xalq xo'jaligining o'zaro 
bog'langan tarmoqlarigacha birlashtirishni taqazo etadi. Bu 
birlashtirish,
mehnat faoliyatijarayonidagi alohida ixtisoslashtirilgan ijrochilar о ‘rtasidagi
aloqalaming o'matilishi mehnat kooperatsiyasi deb ataladi
va mehnat 
faoliyatining tashkil etilishidagi eng muhim elementlardan biri hisoblanadi.
«Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilar o'rtasida kooperatsiya 
aloqalaiining mustahkamlanishi oila byudjeti daromadlarini oshirishdek muhim 
muammoni hal etadi, ish bilan band bo'lmagan aholini sonini keskin 
qisqaitirish va uning faol qismini ishlab chiqarishga jalb etish imkonini beradi»1.
Mehnat kooperatsiyasining maqsadga muvofiq tashkiliy shakllarini 
tanlash — mehnatni tashkil qilishning mehnat taqsimotidan keyingi, 
ikkinchi muhim masalasidir.
Ijtimoiy va xususiy sektor korxonalarida texnikaning rivojlanish 
darajasiga, ishlab chiqarish jarayonlari, tizimining tashkil etilish xarakteri 
va usullariga qarab mehnat kooperatsiyasining turli shakllaridan foydalaniladi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish