Metallarni bolg‘alash umumiy ma’lumot



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana09.04.2022
Hajmi0,84 Mb.
#538497
  1   2   3   4
Bog'liq
болғалаш




METALLARNI BOLG‘ALASH
1. Umumiy ma’lumot
 
Qizdirilgan metallni bolg‘a babasining boyogi zarbi (yoki press bosimi) ta’sirida 
deformatsiyalash jarayoni 
erkin bolg‘alash 
deb ataladi. Bolg‘alash natijasida zarur shaklli 
pokovka olinibgina qolmay, uning strukturasi, binobarin, xossasi ham yaxshilanadi. 
Shuning uchun og‘ir sharoitda ishlovchi mashina detallar zagotovkalari (tishli g‘ildiraklar, 
turbina rotorlari, disklari, vallari, shatunlar) erkin bolg‘alash yo‘li bilan olinadi.
Odatda, zagotovka sifatida og‘irligi 1 

gacha bo‘lgan pokovkalar uchun sort prokat 
mahsulotlaridan, og‘irligi 2-3 

li pokovkalar uchun prokatlaridan va og‘irligi 200 

va 
undan ortiq bo‘lgan yirik pokovkalar olishda quymalardan foydalaniladi. Pokovkalar 
kamdan-kam dastaki, ko‘proq mashinalarda bolg‘alash yo‘li bilan olinadi. Dastaki 
bolg‘alash usulining ish unumi haddan tashqari pastligi sababli undan, asosan, ta’mirlash 
ishlarida, mayda pokovkalar olishdagina foydalaniladi. Mashinada bolg‘alash usuli 
pokovkalarni ko‘plab ishlab chiqarishda va katta pokovkalar olishda keng qo‘llaniladi.
2.
Erkin bolg‘alashdagi asosiy operatsiyalar
 
Bolg‘alash yo‘li bilan olinadigan pokovkalarni olish texnologik jarayon ma’lum 
ketma-ketlikda bajariladigan operatsiyalar majmuidan iborat bo‘ladi.
Shuni ham qayd etish kerakki, birgina bolg‘alash operatsiyalaridan tashqari 
pokovkani tayyorlash texnologik kartalarda qayd etiladi, unda zagotovkani bolg‘alashga 
tayyorlash operatsiyalari (qirqish, o‘lcham va sifatlarini kuzatish, qizdirish va boshqalar) 
ham kiradi.



 
62-rasm.
 
Asosiy bolg‘alash operatsiyalari sxemasi: 
a – cho‘ktirish; b – cho‘zish; d – teshish; e – bukish; f – burash g – kesish; h – 
payvandlash. 
Erkin bolg‘alash jarayonining asosiy operatsiyalariga quyidagilarni ko‘rsatish 
mumkin:
1.
Cho‘ktirish – zagotovkaning ko‘ndalang kesimini bo‘yi hisobiga 
kattalashtirish (62-rasm, a).
2.
Mahalliy cho‘ktirish – zagotovkaning bir qisminigina ko‘ndalang kesimini 
kattalashtirib, bo‘y o‘lchamlarini qisqartirish.
3.
Cho‘zish – zagotovkaning uzunligini ko‘ndalang kesimi hisobiga uzaytirish 
(62-rasm, b).
4.
Mahalliy cho‘zish zagotovkaning ma’lum qisminigina cho‘zish.
5.
Yumaloqlash – zagotovkani aylantirib ketma-ket zarblash yoki uni siqish 
yo‘li bilan doiraviy jism shakliga keltirish.
6.
Qisman yumaloqlash – zagotovkani aylantirib ketma-ket zarblash yoki uni 
siqish yo‘li bilan bir qismini yumaloqlash.
7.
Teshish – zagotovka bir qismini siqib chiqarish hisobiga bo‘shlik hosil qilish 
(62-rasm, d).
8.
Teshikni kengaytirish – zagotovka bo‘shligi yoki teshigining o‘lchamlarini 
kattalashtirish.



9.
Bukish – zagotovkani zarb bilan bukish (62-rasm, g).
10.
Tekislash – zagotovka yuzasini zarb bilan ishlash yo‘li bilan bir tekis qilish.
11.
Kesish – metallning bir qismini ikkinchi qismidan kesib ajratish va boshqalar.
63-rasmda esa bolg‘alashda ishlatiladigan ba’zi asboblar keltirilgan.
63-rasm.
Metallarni bolg‘alashda ishlatiladigan asboblar: a – bolg‘acha; b – 
bosqon; d – sandon; e – ombirlar; f – silliqlagichlar; g – qisqichlar: (1 – ustki; 2 – 
ostki), h – podboykalar: (1 – ustki; 2 – ostki), i – zubilolar. 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish