5.4. Kimyoviy ishlov berish mashinalarini tuzilishi va ish jarayoni
Qishloq xo’jaligi ekinlarining zararkunandalari va kasalliklariga hamda begona o’tlarga qarshi kurash uchun mo’ljallangan mashinalarga zaharlagichlar, purkagichlar, changlatgichlar, aerazol generatorlar, fumigatorlar va xo’rak sochish mashinalari kiradi.
Urug’larni zaharlashda PS-10A, PSSH-5 zaharlagichlar, o’simliklarga kimyoviy ishlov berishda ventilyatorli OVX-600, shtangali OPSHX-12g’15 va tirkalma OVM-900g’1200 rusumli purkagichlar,OSHX-12-1A rusumli gerbitsid purkash moslamalari, OSHU-50A changlatgichi, AG-UD-2 azrozol generatori, fumigatorlardan g’o’za, bog’, uzumzor, butazor, sabzavot va texnik ekinlarga kimyoviy ishlov berishda foydalaniladi.
O’simliklarning zararkunandalariga qarshi kurashishda asosan paxtachilikda qo’llaniladigan OVX-600 purkagilaridan foydalaniladi.
Kimyoviy ishlov berish mashinalarini ishga tayyorlash ularning bajaradigan ishiga qarab to’liq jihozlanganligi (komplektligi) hamda sozligini tekshirishdan boshlanadi. Barcha mexanizmlarning ishlashi tekshirib ko’rilgandan keyin agregat ishlash uchun dalaga chiqariladi.
Zaharli ximikatlarni erta tongda va kechqurun, shamolning tezligi 3 mg’sek dan oshmagan vaqtda sepish lozim.
O’simliklarning ekish usullariga, ularning o’sish balandlgiga qarab mashinalarning mexanizmlari to’g’ri rostlanganda o’simliklarga sifatli ishlov beriladi, uning mexanizm va detallari puxta va uzoq muddat buzilmasdan ishlaydi. Mashinalar bilan dorilab bo’lmaydigan joylarni (tog’li mintaqalar, qalinlashib ketgan g’o’zalar va baland bo’yli makkajo’xori va boshqalar) samolyot hamda vertolyotlar yordamida kimyoviy ishlash mumkin.
Aviatsiya ish unumining yuqoriligi, qamrash kengligining kattaligi, harakatchanligi juda katta maydonlarni ham qisqa muddatlarda ishlashga imkon beradi. Uning yana bir muhim afzalligi shuki, zaharli preparatlar ishlanayotgan dalaga bir tekis taqsimlanadi va ishchi kuchi ancha tejaladi.
Bu usulning kamchiligi samolyotlar uchayotganda zaharli ximikatlarni o’simliklar tomonga yo’naltirib haydaydigan kuchli havo oqimini hosil qila olmaydi. Samolyotdan chiqayotgan havo bilan aralashgan kimyoviy zahar oqimi kerakli joyga juda sekin, o’z og’irligi ta’sirida tushadi, bunda changsimon zarrachalarning ma’lum birqismi atrfga uchib ketadi. Samolyotdan tashlangan zaharli ximikatlar o’simlikning shoh-shabbalari orasiga, ayniqsa barglarining pastki qismiga to’liq kirib bora olmaydi.
Preparatlar vertolyot bilan sepilganda bu kamchiliklar bo’lmaydi, chunki uning parraklari pastga yo’naltirilgan kuchli havo oqimini vujudga keltiradi. Zaharli ximikatlar yaxshi purkaladi va o’simliklarga 40...45 burchak ostida tushadi. Samolyot va vertolyotlarni boshqarish ishlari birmuncha murakkab bo’lganligi sababli ularga xizmat ko’rsatuvchi ishchilar maxsus tayyorgarlik va instruktajdan o’tishlari lozim.
Aviatsiya yordamida ishlov berishning eng muhim afzalligi ularning yuqori unumli va tejamli ishlashidir. Masalan AN-2 samolyoti yordamida bir ish kunida270 gektardan ortiq maydonga kimyoviy ishlov berish mumkin. Lekin shunga qaramay qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda aviatsiyadan foydanilanish cheklangani, chunki ular yer usti agregatlariga nisbatan tashqi muxitni zaharli ximikatlar bilan ko’proq ifloslantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |