5.1-rasm. Yerga yoppasiga mineral o’g’it sepishmashinalari: a)-1-RMG-4 va b)-NRU-0,5 qattiq o’g’it sepgichlar; v)- POM-630 va g)- AVV-F-2,8 suyuq o’g’it sepgichlar O’g’itlarni sepishga qo’yiladigan agrotexnik ta’lablar: sepilgan o’g’itning belgilangan me’yordan farqi , ko’pi bilan+5%; agregat harakat yo’nalishi va qamrov kengligi bo’yicha o’g’it sepilishining notekisligi, ko’pi bilan 25%; yonma-yon o’tishlardagi bir-birini qoplash (agregat ish qarovi bo’yicha ),ko’pi bilan5%; mashina ish jarayonida kuzovdagi o’g’it miqdorining kamayishi natijasidayuz beradigan o’g’it sepish notekisligi,ko’pi bilan 10% bo’lishi talab etiladi.
Ekishdan oldin o’g’it solishda CHKU-4A rusumli chizel-kultivator va ekinlar qator oralariga solishda KRX-2,4 va KRT-3,6 rusumli kulьtivatorlar yordamida amalga oshiriladi.
Ularning o’g’itlarni miqdorlovchi apparatlari mexaniq, pnevmatik va gidravlik turlarga bo’linadi. Mexaniq miqdorlagichlar orasida shtift-galtakli, tarelkali, diskli va transportyorli turlari keng tarkalgan.NRU-0,5 rusumlimashinaning (6.2-rasm) o’g’it sepuvchi diski 1 traktorning quvvat olish vali orqali aylanma harakatga keltiriladi.
Sepiladigan o’g’it miqdori dastak 2 yordamida sepish tirqishi hamda sepish plankasi 7 amplitudasini o’zgartirish yo’li bilan sozlanadi.Diskka tushgan o’g’it uning kurakchalari va markazdan qochma kuch ta’sirida 10-12 m kenglikda yer betiga sochiladi.
O’g’it sepish miqdori esa mashina transportyorining tezligi va tirqishning balandligini o’zgartirish orqali sozlanadi. Tirqishning balandligi 25 ... 250 mm oraliqda rostlanadi. O’g’itning turiga va belgilangan miqdoriga qarab mashinaning qarama-qarshi aylanuvchi disklari uni 11... 14 m kenglikda sepa oladi.
.
5.2-rasm. NRU-0,5 diskli o’g’it sochgich sxemasi: 1-disk; 2-dastak; 3-bunker; 4-sirpang’ich; 5-koromislo; 6-reduktor; 7-to’kuvchi planka. Mahalliy o’g’it sepadigan ROU-6 mashinasi (6.2-rasm) 6 tonnagacha yuk ko’tarish qobiliyatiga ega bo’lib, mahalliy o’g’itlar turiga qarab 4...8 metr kenglikda sepish imkoniyatiga ega.
Mahalliy o’g’it kuzovning tubi vazifasini bajaruvchi zanjir-plankali transportyor 1 orqali pastki baraban2 ga uzatiladi. Tishli profilga ega bo’lgan bu barabandan o’g’it uning yuqorisida joylashgan go’ng sochuvchi shnekli barabanga 3 uzatiladi. SHnekli baraban o’g’itni tuproq yuzasiga bir tekis yoyib sepadi. Barabanlar traktorning quvvat olish validan, transportyor esa krivoship-shatunli xrapovikli mexanizmlar yordamida harakatlanadi.
Sepiladigan o’g’itning miqdori transportyorva agregat tezligiga bog’liqdir. Transportyorning harakat tezligi krivoship radiusini o’zgartirish bilan rostlanadi. Krivoship valining oxiriga ekstsentrik korpus mahkamlangan bo’lib, u bolt bilan diskka birlashtirilgan. Diskni burish yo’li bilan krivoship radiusini o’zgartirish mumkin.Diskning shkalasida raqamlar bo’lib, har bir raqam soni krivoshipning bir aylanishida xrapovikni qanchaga burilishini ko’rsatadi.