6.3-rasm. ROU-6 mahalliy o’g’it sepish mashinasi:
1-transportyor;
2-pastki baraban;
3-shnekli baraban.
|
Masalan: gektariga 20 tonna go’ng sepish belgilangan bo’lsa va traktor beshinchi yuritmada harakatlansa, diskdagi ”5” raqamni ekstsentrik korpusdagi belgigacha surib, disk va korpusni bolt-gayka bilan mahkamlash lozim.
O’g’it sepish mashinasini ishga tayyorlash jarayoni ularning to’liq butlanganligi, qismlarning to’g’ri yig’ilganligi, o’g’it sepuvchi ish qismlari va harakat beradigan tizimlarning texnik holati, shinalardagi bosimini tekshirish, yoritkich asboblarini o’rnatish, mashina qismlarini moylash, uni traktorning quvvat olish valiga ulash hamda texnologik sozlashlarni bajarishdan iborat.
Katta maydonlarda o’g’itlarni markazdan qochma kuch orqali sepuvchi apparatlar bilan jixozlangan osma o’g’it sepish mashinalaridan foydalanish lozim. O’g’it sepish yo’nalishi dalaning shudgorlash yo’nalishiga mos kelishi kerak.
Mazkur talablarni to’liq bajarilishi hamda mashinalarning maromida ishlashi uchun dalalarda har-xil baland-pastliklar uchramasligi, ular o’simlik qoldiqlaridan tozalangan bo’lishi hamda chuqur sug’orish ariqlari va suv yuvib ketgan joylar tekislangan bo’lishi lozim.
5.3. O’g’it solishda qo’llaniladigan ilg’or texnologiyalar
Tuproqqa mineral va mahalliyo’g’itlar solishda quyidagi texnologiyalarga amal qilinishi ulardan samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi:
a) sho’rlanmagan kuchli tuproqlarda fosforli o’g’itlarni yillik me’yorining 60...70%, kaliyli o’g’itlarning 50% va azotli o’g’itlarning 25...35% hamda, mahalliy o’g’itlarni barchasi haydashdan oldin solinadi;
b) shag’alli (toshli) qatlam va sizot suvlar chuqur joylashmagan yyerlarga kuzgi shudgordan oldin azotli o’g’itlar solish mumkin emas;
v) katta me’yorlarda suv berib, ikki va undan ko’p marta yuviladigan juda sho’r yyerlarga ma’danli o’g’itlar sho’ri yuvilgandan keyin ekish oldidan sho’rlanmagan yyerlardagi kabi me’yorlarda solinadi, qolgan qismi ekinlarni parvarishlash davrida oziqlantirish uchun berilishi kerak;
d) o’simliklarni parvarishlash davridagi barcha oziqlantirishlar, ekinlarni sug’orishlar bilan birga o’tkazilishi zarur, shunda o’simliklarni suv-oziq rejimi uchun yaxshi sharoit yaratiladi hamda ulardan samarali foydalanish darajasi yuqori bo’ladi. 9.1. O’simliklarni himoya qilishning o’ziga xos xususiyatlari
Madaniylashtirilgan o’simliklarning zararkunandalari, kasalliklari va begona o’tlar ekinlarning hosildorligini kamaytirgan holda qishloq xo’jaligiga katta ziyon keltiradi. O’simliklarni himoya qilishda samarador usullarni qo’llash orqali olinadigan mahsulotlar hajmini 10 foizgacha oshirish mumkin.
Qishloq xo’jaligi ekinlarining zararkunandalari, kasalliklari va begona o’tlarga qarshi kurashishda proflaktika, agrotexnika va yoppasiga yo’qotish tadbirlaridan foydalaniladi.
Proflaktika tadbirlariga karantin (kasallik va zararkunandalarni kirib kelishini to’xtatish) va kasallik qo’zg’atuvchilarni yo’qotish uchun urug’larga kimyoviy ishlov berish, agrotexnika tadbirlariga almashlab ekishni joriy etish va kasalliklarga chidamli ekinlar navini qo’llash, yoppasiga qirish tadbirlariga kimyoviy, fizik, mexaniq va biologik kurashish usullari kiradi.
O’simliklarga kimyoviy ishlov berish eng ko’p tarqalgan usullardan biri bo’lib, bunda zararkunanda, kasallik va begona o’tlar bilan zararlangan maydonlarga zaharli ximikatlar kiritiladi.
Kimyoviy ishlov berishda quyidagi tadbirlar: urug’larni zaharlash; purkash (suyuq aralashma holatida); changlash (kukunsimon holda); aerozollash (tuman ko’rinishida); fumigatsiyalash (tuproqqa solish); zaharlangan xo’raklar sochish (kemiruvchi va hashoratlarga)qo’llaniladi.
Urug’larni zaharlashda kasallik tarqatuvchilarni (virus, mikrob va boshqalar) yo’qotish uchun urug’lar quruq, yarim quruq, ho’l ko’rinishdagi kimyoviy preparatlar bilan yoki issiq ishlov berish usullari qo’llaniladi.
Purkash usulida zaharli suyuqlik juda mayda tomchilar tarzida o’simlik barglarining butun sirtiga bir tekis purkaladi. Bunda purkalish sifati ish suyuqligining tomchilarini maydaligiga (100-400 mk) bog’liq bo’lib, suyuqlik qancha mayda to’zitilsa, o’simliklarga ko’p zahar o’tadi.
CHanglash usulida zaharli dorilar kukunsimon holatda changlatiladi.
Aerozollashda zaharli suyuqliklarning tomchilari tuman shaklida (0,5...100 mk) purkaladi.
Fumigatsiyalash usulida zaharli suyuqlik yerni haydashdan oldin sepiladi va peshma-pesh yer haydalib tuproq ostiga tashlanadi. Tuproqqa ishlov berishda esa zaharli suyuqlik tuproq ichiga aralashtiriladi.
Zaharli xo’raklar sochish usulida kemiruvchi va hashoratlarga qarshi maxsus zaharlangan xo’raklar tayyorlanib dalalarga sochib chiqiladi.,
Kimyoviy preparatlarni purkashga qo’yiladigan agrotexnik talablar quyidagilardan iborat: o’simliklarning yuqori qismi 80%, ostkiqismi 60% tomchilar bilan qoplanishi; tekis purkalish farqi 5%; kimyoviy preparat miqdorini o’zgarishi±15%; suyuqlik to’zitgichlarning purkash me’yorlari farqi ±15%; qamrash kengligi bo’yicha notekisligi 20% ko’p bo’lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |