Mahalliy o’g’itlar qattiq (go’ng, torf, kompos va b.), suyuq (suyuq go’ng) va sideral ( turli xildagi tez o’sar ko’k o’tlar) ko’rinishida bo’ladi.
Ma’danli o’g’itlar qattiq (azotli, foforli, kaliyli va mikro o’g’itlar) va suyuq (ammiakli suv) ko’rinishida tuproqqa solinadi.
Bakterial o’g’itlar (nitragin, azotobakterin va fosforobakterin) asosan urug’larga ekishdan oldin ishlov berishda qo’llaniladi va urug’lar bilan birgalikda tuproqqa solinadi. Ular o’simliklar tomonidan qiyin o’zlashtiriladigan o’g’itlarni yaxshi o’zlashtirish mumkin bo’lgan holatiga aylantirib beradi.
Erga solingan o’g’itlar samarasini oshirish uchun yerga turli muddatlarda, ya’ni kuzgi shudgorlashdan oldin yoppasiga o’g’itlar solish - asosiy o’g’itlash, bevosita ekishdan oldin o’g’it solish –ekish oldidan o’g’itlash va o’simliklar qator orasiga o’g’it solish – parvarishlash davrida oziqlantirish usullari qo’llaniladi.
O’g’itlarni yerga solish usuliga qarab – yoppasiga, qator orasiga va uyalab solish hamda suv bilan oqizish usullariga bo’linadi.
Tayinlanishiga qarab – asosiy solish (haydash va ekishdan oldin), ekish bilan birga va o’simliklarni o’sish davrida solish turlarga bo’linadi.
Har qanday o’g’itlarni yerga solish jarayoni asosan ularni transport vositasiga ortish, tashish, tushirish va tuproqqa solish ishlaridan iborat bo’ladi.
Mahalliy o’g’itlarni tayyorlash va solish ishlari quyidagicha amalga oshiriladi. Mahalliy o’g’itlar asosan chorvachilik fermyerlarining saqlash joylaridan transport vositasiga ortiladi va ular dala boshida tayyorlangan saqlash joyiga tashiladi. So’ngra ular solish muddati kelguncha o’sha joyda saqlanadi va kerakli paytda tuproqqa solinadi.
Ma’danli o’g’itlar ekinlarga o’g’it berish muddatlari va me’yorlari hamda tuproqda oziq moddalar bor-yo’qligini hisobga olgan holda agroximik kartogrammalarga muvofiq qat’iy nisbatda beriladi.
5.2. O’g’it sepish mashinalarining tuzilishi va ish jarayoni
Qattiq va suyuq turdagi ma’danli o’g’itlarni yerga solishda turli xildagi mashinalardan foydalaniladi.
Ularning o’g’itlarni miqdorlovchi apparatlari mexaniq, pnevmatik va gidravlik turlarga bo’linadi. Mexaniq miqdorlovchi apparatlar orasida shtift-galtakli, tarelkali, diskli va transportyorli turlari keng tarkalgan.
E rni haydashdan oldin yoppasiga qattiq mineral o’g’itlar solish ishlari asosan 1-RMG-4 va NRU-0,5 rusumli( 2.1-rasm), suyuq o’g’it sepish POM-630va AVV-F-2,8rusumli suyuq o’g’it sepkichlar bilan ekishdan oldin hamda ekinlar qator orasiga suyuq mineral o’g’itlar solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |