Ish bo’yicha hisobotda:
Ishning maqsadi, kerakli jihozlar, berilgan topshiriqlar, ishning bajarish tartibi bo’yicha hisob-kitoblar va olingan ma’lumotlarga asosan traktorning ko’rinishi 1-rasmda ko’rsatilgan holda chiziladi va uning o’lchamlari ko’rsatiladi.
Nazorat savollari:
1.O’simliklar himoya yo’lagining mohiyati nimadan iborat?
2.Nima sababdan to’rt g’ildirakli traktorlarda old g’ildiraklar oralig’ini ham rostlash talab etiladi?
3. Nima uchun o’simliklar rivojlanib borgan sari himoya yo’lagini keng olish talab etiladi?
2 - Laboratoriya ishi
Pnevmatik shinalar holatini tuproqilgichning yeyilish darajasi bo’yicha baholash
Ishning maqsadi:Pnevmatik shinalar tuproqilgichining yeyilish darajasini aniqlash tartibini o’rganish.
Kerakli jihozlar:G’ildirakli traktor, ruletka, lineyka, shtangentsirkul-chuqur o’lchagich , maxsus moslamalar.
Ma’lumki, traktorning yetaklovchi g’ildiraklari shinalarining tuproqilgichini texnik holati, ya’ni yeyilishiuning shataksirashiga qatta ta’sir ko’rsatadi.
Agar ularning yoyilish daraja 80 foizdan yuqori bo’lsa, bunday shinalar traktordan yechib olinib, ta’mirlashga yuborish talab etiladi. CHunki bunday holatda yetaklovchi g’ildiraklarning shataksirashi 20...28 foizga oshishi natijasida agregatning ish unumi 10...12 foizga kamayishi, yoqilg’i sarfi esa 6...8 foizga ko’payishi mumkin.
Pnevmatik shinalarning texnik holatini aniqlash uchun uning protektori chang va loydan tozalanadi. SHundan so’ng shinaning yugurish yo’lakchasi (tuproqqa tegib turadigan qismi) ko’zdan kechiriladi va eng ko’p yeyilgan qismi aniqlanib, o’lchashlar o’tkaziladigan maydoncha (2 - rasm) mel bilan chizib chiqiladi.
|
2-rasm. Tuproqilgichning yeyilish darajasini aniqlash:
a va g - o’lchash joylari;b-shtangen-chuquro’lchagich bilan o’lchash; v – moslama yordamida o’lchash:1-shtangen-chuquro’lchagich; 2- tuproqilgich; 3- moslama.
|
Maydonchaning eni V yugirish yo’lakchasi enining yarmidan ko’p bo’lmasligi, uzunligi A esa g’ildirak radiusidan oshmasligi kerak.SHtangen-chuquro’lchagich 1 yoki moslama 3yordamida protektor asosi yoki yarimko’prikchalar o’rnatilgan joylardan tashqari eng ko’p yeyilgan joylar o’lchanadi. Tuproqilgich 2 ning balandligi yugirish yo’lakchasining markaziga yaqin joyidan o’lchanishi kerak.
Tuproqilgichning yeyilish darajasi quyidagi formula bilan topiladi:
, %
Bu yerda: tuproqilgichning yeyilish darajasi, %; - tuproqilgichning o’lchangan balandligi, mm; yangi shina tuproqilgichining balandligi,mm.
Tuproqilgichning yeyilish darajasi o’ng va chap g’ildiraklar shinalari uchun aniqlanib, ularning farqi Faniqlanadi:
, %
Uning yeyilish darajasi 80% dan, o’ng va chap shinalar bo’yicha farqi 6% dan oshmasligi kerak.
Aniqlangan ko’rsatgichlar yangi shina ko’rsatgichlariga (1-ilova) solishtiriladi va xulosa qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |