Ishning bajarish tatibi:
1. Talabalar guruhlarga bo’linib, ularga ________ rusumli g’ildirakli traktorda ishni bajarish topshiriladi.
2. Laboratoriya ishi topshiriqda ko’rsatilgan traktor oldida o’tkaziladi. Uning quyidagi ko’rsatgichlari: rusumi _______, oldingi va orqa g’ildiraklar shinalariningeni________mm, tuproqilgichning balandligi _______mm o’lchab olinadi.
3. Pnevmatik shinalarning texnik holatini aniqlash uchun uning protektori chang va loydan tozalanadi.
4. SHinaning yugurish yo’lakchasi ko’zdan kechiriladi va eng ko’p yeyilgan qismi aniqlanib, o’lchashlar o’tkaziladigan joyi mel bilan chizib chiqiladi.
5. Tuproqilgichning yeyilish darajasi o’ng va chap g’ildiraklar shinalari uchun alohida aniqlanib, ularning farqi Ftopiladi.
6. Aniqlangan ko’rsatgichlar yangi shina ko’rsatgichlariga solishtiriladi va xulosa qilinadi.
Ish bo’yicha hisobotda:
Ishning maqsadi, kerakli jihozlar, berilgan topshiriqlar, ishning bajarish tartibi va olingan ma’lumotlarga asosan shina tuproqilgichining o’lchash joylari 2-rasmda ko’rsatilgan holda chiziladi va aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etilganligi to’g’risida xulosa keltiriladi.
Nazorat savollari:
SHina tuproqilgichining vazifasi nimadan iborat?
O’ng va chap g’ildiraklar shinalari tuproqilgichlarining yeyilish darajasini farqi 6 % oshsa qanday xulosa qilinishi kerak?
Nima uchun shina tuproqilgichining yeyilish darajasi 80 % dan yuqori bo’lsa uni almashtirish tavsiya etiladi?
3 - Laboratoriya ishi
G’ildirakli traktorlar rul va tormoz mexanizmlari holatini tekshirish va sozlash
Ishning maqsadi:G’ildirakli traktorlarning boshqarish mexnizmlari holatini tekshirish va sozlash tartibini o’rganish.
Kerakli jihozlar:G’ildirakli traktor, ruletka, lineyka, dinomametr-burchak o’lchagich.
G’ildirakli traktorlarning asosiy boshqarish mexanizmlariga rul mexanizmi va diskli tormozlar kiradi. Bu mexanizmlarning harakatini o’zgarishi traktorchining ish faoliyatiga va hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
G’ildirakli traktor rul mexanizmining holati quyidagicha tekshiriladi.
Gidrokuchaytirgichi bor bo’lgan g’ildirakli traktorlarda uning dvegateli yurgazilib, oldingi g’ildiraklari traktorning to’g’ri chiziqli harakatlanish holatiga qo’yiladi. Gidrokuchaytirgichi yo’q traktorlarda dvegatelni yurgizish shart emas.
Dinamometr-burchako’lchagich qisqichlari 3 (5-rasm) yordamida rul chambaragiga, ko’rsatgich nayza 2 esa qo’zg’almas qismiga shunday mahkamlanadiki, bunda ko’rsatgich nayzaning uchi dinomametr shkalasidagi “0”raqami qarshisiga to’g’ri holatda mahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |