24-MASHG‘ULOT MAVZUSI: BO‘G‘OS BIYALAR UCHUN OZIQLANTIRISH RATSIONINI TUZISH.
Darsning maqsadi. Qo‘lun va toylarni emadian va sutdan ajratish davrida o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish hamda ularni asrash va ozilantirish shart-sharoitlari bilan tanishi.
Kerakli jixozlar: studentlar bu mashg‘ulotda kitobdan, sxema va topshiriqlardan foydalanadilar. Amaliy mashg‘ulot o‘quv ishlab chiqarish praktikasida, o‘quv-tajriba xujalik otxonalarida, ot sporti klublarida, ot zavodlarida yoki ilgor xujaliklarda o‘tkaziladi. Studentlar otboqarlar bilan birgalikda toy va qo‘lunlarning o‘sishi va rivojlanishini ko‘zdan kechiradilar, parvarishlash sharoitlari bilan tanishadilar.
Darsning mazmuni. Amaliy mashg‘ulot darsida o‘sish va rivojlanish hamda mutloq va nisbiy o‘sishi to‘g‘risida qisqacha to‘shuncha beradigan topshiriqlarni ishlaydiar. Xujaliklardagi qo‘lun va toylarning o‘sishi va rivojlanishi ona qornidan boshlanadi va tug‘ilgandan so‘ng davom ettiriladi. Organizm massasining oshib borishi tananing uzunligiga, eniga, kengligiga oshishi – uning o‘sishi deyiladi. Organizm funksiya va strukturasining murakkablashib, takomillashuviga rivojlanishi deyiladi.
O‘sish va rivojlanish ikki davrga bo‘linadi: ona qornida va tug‘ilgandan keyingi davri.
Tug‘ilganda qo‘lunlarning tirik vazni ona tirik vaznining 10% ini tashkil qiladi. 7-8 kunligigacha esa yangi tug‘ilgan davri deyiladi. Tug‘ilgandan 1-2 soat vaqt o‘tar-utmas u mustaqil harakat qila boshlaydi.
YOsh otlarning tana tuzilishi katta yoshdagi otlardan keskin farq qiladi. Oyoqlari uzun, gavdasi ixcham va katta, ko‘kragi yuzaroq bo‘ladi. Agar bug‘oz biyalar yomon ozuqtirilsa xomilaning o‘sishi sustlashadi, trubkasimon suyaklar o‘sishdan to‘htaydi, natijada qo‘lun oyoqlari kata bo‘lib tug‘iladi va xaetining oxirigacha bu nuqson saqlanib qoladi (embrionalizm).
Qo‘lun 2-3 oylik bo‘lganda uning organizmi qayta tiklana boshlaydi. Bu davrda u ham eniga, ham buyiga usa boshlaydi. Agar u tuyimli ozuqlar bilan ozuqtirilmasa, skeleti yaxshi usmaydi va rivojlanmaydi, kattalashganda oyoqlari uzun, orqasi tor, gavdasi kata, ko‘kragi tor bo‘lib shakllanadi. Tana tuzilishi yosh otlarni eslatadi (infantilizm).
YAngi tug‘ilgan qo‘lunlarda tana tempyoraturasi, yurak po‘ls iva nafas olishi tez bo‘ladi, 2-3 oyligidan boshlab bu ko‘rsatkichlar pasaya boradi. YOshining oshib borishi bilan, o‘sish va rivojlanish tezligi susayadi, qonining morfolgik tarkibi o‘zgaradi. Eritrotsitlar soni va gemoglobin qonsyontratsiyasi pasayadi.
6-8 oylikdan 12-18 oylikkacha bo‘lgan davrda yosh otlar jinsiy jixatdan etiladi. Bu davrda ularning tanasi tez kattalashadi, ko‘kragi kengayadi, tanasi eniga va buyiga o‘sadi. Etilish davri oxirida o‘sish tezligi, nafas olish va tomir urish po‘lsi sustlashadi, tana tempyoraturasi pasayadi, qondagi eritrotsitlar va gemoglobin miqdori oshadi.
Otlarda o‘sish 5 yoshgacha davom etadi. Bu davrda gavda to‘lishadi, fiziologik ko‘rsatkichlar normaga keladi, hamma sut tishlari doimiy tishlar bilan almashinadi.
YOsh qo‘lunlarni va toylarni o‘sish va rivojlanishini tekshirish uchun o‘lar tarozida tortib ko‘riladi. Hayvonlar o‘sishining asosiy ko‘rsatkichi mutloq va nisbiy bo‘ladi. Hayvonning muayyan vaqt (kun, oy, kvartal, yil) mobaynida tirik vaznining ortishiga mutloq o‘sish deb aytiladi va u quyidagi formo‘la bilan ifodalanadi:
O-D
M=--------------
T
M- mutloq o‘sish, O – hayvonning xozirgi vazni, D – dastlabki vazni, T – ikala vazn o‘rtasidagi vaqt.
Masalan, qo‘lunning xozirgi tortish vaqtidagi og‘irligi 69 kg, tug‘ilganidagi og‘irligi 39 kg.
O-D 69-39
M= ----------- = ---------- = 1 ga teng ekan.
T 30
Demak kunlik, ya’ni o‘sish 1 kg ekan.
Nisbiy o‘sish – hayvonning muayyan vaqt (kun, oy, kvartal, yil) mobaynida ortgan vaznining dastlabki vazniga nisbatan farqining protsent hisobiga aytiladi.
O-D
K=-------- 100
D
Bunda
K- nisbiy o‘sish, O – oxirgi vazni, D – dastlabki vazn
69-39 30.100
K=--------- 100=--------76,9%
39 39
Nisbiy o‘sish 76,9 % ga teng ekan.
Maxalliy zotga oid qo‘lunlar, tug‘ilgandan keyin juda tez o‘sadi. Dastlabki oyda uning tirik vazni sutkasiga 1-2 kg dan oshib boradi. YAngi tug‘ilganda onasini sutkasiga 50-60 martagacha emadi. Bu davrda tirik vaznining 1 kg oshirish uchun 10 l sut iste’mol qiladi.
Uyur sharoitida qo‘lunlarning o‘sishi bahorgi va ko‘zgi mavsumda jadallashadi, kishki mavsumga utgandan keyin susayadi. Uch oyligida qo‘lunning tirik vazni tug‘ilgandagiga qaragandap 3 marta ortadi, 6 oyligida bu ko‘rsatkich kata yoshdagi otlar vaznining 45% ini, 1 yoshda esa 62-65%ni va 2 yoshligida 85-90% ni tashkil qiladi. Qo‘lun 3-4 kunligigacha maxsus bo‘limlarda saqlanadi so‘ngra onasi Bilan matsionga chiqariladi va kun sayin sayr qilish muddati o‘zaytirib boriladi.
Biyalar 5-7 kunlik qo‘lunlari bilan kichik-kichik gruppa qilib asraladi, 10-15 kunlik bo‘lganda esa umumiy biyalar to‘dasiga o‘tkaziladi. Qo‘lunlar 1-1,5 oyligidan boshlab har xil utlarni eya boshlaydi. Uchinchi oydan boshlab qonsyontrat ozuqlarga urgatila boradi. Dastlab o‘lar 200-300 g dan, so‘ngra esa bu norma onasidan ajratish davriga qadar oshirib boriladi. Qo‘lunlar otxonada asralganda 6-7 oyligida onasidan ajratiladi. O‘lar uyur qilib boqiladigan yilqichilikda esa 8-9 oyligida yoki qo‘zg‘a borib ajratiladi. SHu davrning o‘zida ayg‘irchalar biyachalardan ajratiladi. Ajratishdan oldin ularning tuslari va belgilari aniqlanib ta’riflanadi.
Qo‘lunlarni onasidan ajratishning eng yaxshi muddati avgust, syontyabr, oqtyabr oylari hisoblanadi. Onasidan ajralgan qo‘lunlar bittadan yoki ikkitadan qilib bo‘linmalarga qo‘yiladi. Bunda har bir qo‘lun uchun ajratilgan joy 9 m² dan kam bo‘lmasligi, ko‘ruk va yorug bo‘lishi zarur. Tannarxni pasaytirish maqsadida ularni gruppa-gruppa qilib bo‘lmalardap asrash mumkin.
Onasidan ajratilgan qo‘lunlar sifatli pichan v aut uni Bilan ozuqlantirilishi lozim, o‘larga utga boy bo‘lgan yaylovlar ajratiladi. Qonsyontrat ozuqlardan poholpoya, so‘li, ARPA kepagi beriladi. Ratsionda kalsiy moddasi etishmasa qonsyontrat ozuqlarga har bir bosh hisobiga 20-30 g dan bor qushib beriladi. YOsh qo‘lunlar sutkasiga 4 marta ozuqlantiriladi: qonsyontrat ozuqlar ertalab, to‘shlikda va kechko‘run beriladi. Ozuq berishdan oldin qo‘lunlar oxurga bog‘lanadi (kuchlari, kuchsizlarini sikib chiqarmasligi uchun).
Sutkasiga 3 marta pichan 2 marta shirali ozuqlar beriladi. CHala va nimjon tug‘ilgan qo‘lunlarning asosiy ratsioniga sutkasiga 3-8 l dan har bir bosh hisobiga obrat yoki issiq suvga aralashtirilgan sigir suti qushib beriladi. Bunda har litr sut hisobiga 20-25 g dan qand ham qushiladi. Qo‘lunlar bir-birlariga yaxshi o‘rganib ketgo‘nga qadar muntazam ko‘zatib boriladi. YAylovda yaxshi utlashi uchun ularning to‘dasiga axta qilingan qari ot qushib qo‘yiladi.
Ayg‘irchalar biyasalarga nisbatan sifatli ozuq talabchan bo‘ladi, yaxshi ozuqlanish sharoitida ayg‘irchalar biyachalarga nisbatan ko‘proq rivojlanadi va ko‘p et qushadi. SHuning uchun ayg‘irchalarni ozuqlantirish normasi biyachalarnikidan oshikroq bo‘lishi kerak. Bunday holat o‘lar 2 yoshga to‘lgo‘nga qadar davom etadi. Intyonsiv mashk qildirish davriga kelganda ayg‘irchalar va biyachalarning ozuqlantirish normasi deyarli bir xil bo‘ladi. Oqtyabrdan yanvar oyigacha ayg‘irchalarga har 100 kg tirik vazniga 2,8, biyachalarga 2,5 ozuq birligi sarflanadi. Bunda har bir ozuq birligiga 105-106 g xazmlanadigan oqsil, 6,5-7,5 g kalsiy, 5,5-6,0 g fosfor va 20 mg karotin to‘g‘ri kelishi kerak. Dastlabki oylarda qo‘lunlar ratsionining 50-60% ni (tuyimliligi bo‘yicha) qonsyontrat ozuqlar tashkil etadi. Ratsiondagi dagal ozuqlar miqdori asta-sekin oshib boradi. Ez kunlari qo‘lunlar kuni bilan yaylovda bo‘lib, faqat kun juda isib ketgandagina ularni otxonaga xaydab qonsyontrat ozuqlar bilan boqiladi.
Qo‘lun va toylarning o‘sish va rivojlanishiga biyalarning qo‘lunlash mavsumi ham ta’sir ko‘rsatadi. Erta tug‘ilgan qo‘lunlar mart, aprel, may oyida yaxshi rivojlanadi.
Madaniy zotga mansub qo‘lun va toylarning o‘sish shkalasi.
YOshi,oy
|
Qarchig‘ay balandligi, sm
|
Gavdaning qiya uzunligi, sm
|
Aylanvsi,sm
|
Qarchig‘ay balandligi
|
Gavdaning uzunligi
|
Aylanasi, sm
|
Tirik vazni, kg
|
ko‘kragi
|
kafti
|
ko‘kragi
|
kafti
|
erkagi
|
Urg‘ochisi
|
Yurtoqi orlov va rus zotlari
|
6
|
134-133
|
125-124
|
132-130
|
16,5-16,5
|
132-131
|
125-124
|
132-131
|
125-124
|
|
|
12
|
147-145
|
143-142
|
154-152
|
18,5-18,0
|
145-143
|
143-142
|
154-152
|
18,0-17,5
|
|
|
18
|
152-151
|
151-150
|
168-166
|
19,2-18,7
|
150-149
|
151-150
|
168-166
|
18,7-18,7
|
|
|
24
|
156-155
|
156-155
|
173-172
|
19,7-19,2
|
154-153
|
156-155
|
174-172
|
19,2-19,2
|
|
|
30
|
158-157
|
159-158
|
180-178
|
20,0-19,7
|
156-155
|
159-158
|
180-178
|
19,5-19,2
|
|
|
36
|
159-158
|
160-159
|
185-182
|
20,2-20,0
|
157-156
|
160-159
|
184-186
|
19,7-19,5
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |