Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali zooinjeneriya, veterinariya


-MASHG‘ULOT MAVZUSI: BO‘G‘OZ VA EMZIKLI CHO‘CHQALARNI OZIQLANTIRISH RATSION TUZISH



Download 474,75 Kb.
bet42/52
Sana15.04.2022
Hajmi474,75 Kb.
#555198
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52
Bog'liq
lABORATORIYA

22-MASHG‘ULOT MAVZUSI: BO‘G‘OZ VA EMZIKLI CHO‘CHQALARNI OZIQLANTIRISH RATSION TUZISH
Mashg‘ulot maqsadi: bo‘g‘oz va emzikli cho‘chqalarning oziqa ma’yorini belgilash, ratsion tuzish va oziqlantirish texnikasini o‘rganish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Urg‘ochi cho‘chqalarning to‘yimli modalarga bo‘lgan talabi ularning yoshi, tirik vazni, semizlik darajasi hamda fiziologik holatiga bog‘lik bo‘ladi. Naslli urg‘ochi cho‘chqalarning fiziologik holati bo‘yicha uch fazaga ajratiladi – urug‘lantirishga tayyorgarlik (qochirilmagan davri), bo‘g‘ozlik va laktatsiya (emizish) davrlari.
Ona cho‘chqalarni qochirish davriga tayyorlashda ularning semizlik darajasi katta ahmiyatga egadir, chunki semizligi o‘rtachadan past bo‘lgan yoki semirib ketgan cho‘chqalar yaxshi otalanmaydi va kam bola tug‘adi. SHuning uchun ushbu davrda semizlik darajasini normal holatga keltirishda semizlikni 100 g oshirish yoki kamaytirish uchun 0,4 ozuqa birligi yoki 4,4 MDj almashinuv energiya miqdorida ratsionlarga o‘zgartirish kiritiladi.
CHo‘chqalarning bo‘g‘ozlik davri o‘rtacha 114 kun davom etadi, bu jarayon ikki davrga bo‘linadi – bo‘g‘ozlikning birinchi 84 kuni va oxirgi 30 kun. Bo‘g‘ozlikning birinchi davrida moddal almashinuvi sust kechadi, xomila va generativ organlari uchun to‘yimli moddalarning to‘planishi yuqori bo‘lmaydi. SHuning uchun qochirilmagan va bo‘g‘ozlikning birinchi daridagi cho‘chqalar bir hil oziqa me’yorlari bilan oziqlantiriladi.
Bo‘g‘ozlikning ikkinchi davrida modda almashinuvi 25-40% ga oshadi. shuning uchun bo‘g‘ozlik davrida oziqlantirishning to‘la qiymatligini nazorat qilishning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri, bu bo‘g‘ozlik davrida katta yoshdagi cho‘chqalarning tirik vazni 35-40 kg va yoshlarniki esa 50-55 kg ga o‘zgarishidir.
Ona cho‘chqalarning fiziologik holatiga qarab ratsion tarkibiga qo‘yiladigan talablar 34 –jadvalda keltirilgan.
34–jadval
Ona cho‘chqalarning fiziologik holatiga qarab ratsion tarkibiga qo‘yiladigan talablar

Ko‘rsatkichlar

Fiziologik holati

Qochirilmagan

Bo‘g‘ozlikning birinchi 84 kun

Bo‘g‘ozlikning oxirgi 30 kun

Emizikli

100 kg tirik vaznga talab etiladigan ozuqa birligi

1,8

1,2

1,5-1,7

1,5+0,33-0,38 har bir bola uchun

100 kg tirik vaznga hazmlanuvchi protein. g

170

130

170

400 (10 ta cho‘chqa bolasini emizadigani uchun)

1 ozuqa birligiga to‘g‘ri keladigan hazmlanuvchi protein, g

100

100

100

110-112

Quruq modda tarkibida xom protein, %

14

14

14

18,6

Quruq modda tarkibida hazmlanuvchi protein, %

10,5

10,5

10,5

14,5

Quruq modda tarkibida lizin,%

0,6

0,6

0,6

0,8

Quruq modda tarkibida metionin+sistin,%

0,36

0,36

0,36

4,8

100 kg tirik vaznga talab etiladigan quruq modda, kg

2 yoshgacha bo‘lganlarga 1,8-2,4, katta yoshdagilarga 1,2-1,6

2,8 (10 ta cho‘chqa bolasini emizadigani uchun)

1 kg quruq moddaning to‘yimliligi

1,05 OB yoki 11,6 MDj

1,3 OB yoki 14,4 MDj

Quruq modda tarkibida kletchatka, %

14

7

CHo‘chqalarning bo‘g‘ozlik va tug‘riq davrlari normal kechishi uchun oziqlantirish tartibiga ham bog‘liq bo‘ladi. Ratsionlarda faqat konsentratli oziqlantirish tiplaridan foydalanish oziqlantirishning to‘laqiymatliligini ta’minlanmaydi, buning uchun ratsionlarga shirali ozuqalar, ko‘k o‘tlar, qishda esa o‘t unidan foydalanish zarur bo‘ladi.


Konsentrat ozuqalar sifatida arpa, makkajo‘xori, bug‘doy, suli va xashaki no‘xat donlari yormalari, bug‘doy kepagi, omuxta em va shrotlar (kungaboqar, zig‘ir, soya shrotlari) beriladi. Bug‘oz cho‘chqalar uchun konsentrat ozuqalarning umumiy miqdori 3-4 kg emiziklilar uchun 4-5 kg bir kunda tashkil etishi kerak, ularning 1/3 qismi suv bilan qorilgan holda quyuq aralashma sifatida tayyorlanadi.
SHirali ozuqalardan lavlagi, sabzi, omuxta silos va kartoshka 5-8 kg gacha beriladi. Ildiz mevalilar xom holatda, kartoshka pishirilgan (qaynatilgan suv to‘kib tashlanadi) holatda beriladi. Tug‘riqdan 10-15 kun oldin silos ratsiondan chiqariladi. Qishgi ratsionni vitamin bilan boyitish uchun bir kunda 1,5 kg gacha beda yoki sebarga o‘t unlari beriladi. Ratsionda proteinning biologik qiymatini oshirish maqsadida hayvonot olamidan olingan ozuqalardan qon, go‘sht-suyak yoki baliq unlaridan 60-80 g va 2-3 l sut zardobi beriladi.
YOzgi mavsumlarda ratsionning umumiy to‘yimliliga nisbatan 40-50% ni ko‘k o‘t yoki bir kunda 6-8 kg o‘rilgan ko‘k o‘tlar beriladi.
Oziqlantirish tiplari bo‘yicha bo‘g‘oz va emizikli cho‘chqalar uchun ishlab chiqarilgan ratsion strukturalari 35–jadvalda keltirilgan.


Download 474,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish