Vitamin B7 – (N – biotin) transkorbakselaza fermenti tarkibiga kirib karbonat angidridi almashinuvida ishtirok etadi, undan mochevina va purin paydo bo‘lishida qatnashadi. Yog‘ kislotalarini hamda leysin va izoleysin aminokislotalarini sintezlanishida ishtirok etadi.
Vitamin B8 – (inozit) V guruh vitaminlari ichida eng kam o‘rganilgan vitamin bo‘lib, o‘simliklar bargining, don va urug‘lar hamda oshqozon ichak yo‘llarida uchraydigan bakteriyalar tarkibida ko‘p uchraydi.
Vitamin B12 – (siankobalamin) modda almashiuvida muhim fiziologik rol o‘ynaydi, tarkibida 4,5 % kobalt saqlaydi va qon, nuklein kislotalarini ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega, uglevod va yog‘ almashinuvida ishtirok etadi. Vitamin V12 ishtirokida metionin aminokislotasi ishlab chiqariladi. Hayvonlar organizmida uning yetishmovchiligi natijasida kamqonlikga olib kelib, mahsuldorlikning keskin kamayishiga, o‘sishdan qolishiga va orriqlab ketishiga sabab bo‘ladi.
Vitamin Bs – (foleev kislotasi) bu vitamin biotin va V12 vitaminlari bilan birgalikda eritrotsit va leykotsit ishlab chiqarish uchun kerak. Yetishmaganda qon elementlarining yetilishi kamayib anemiya paydo bo‘ladi. Bundan tashqari orqa miyaning shakllanishiga salbiy tasir etadi.
Vitamin S – (askorbin kislotasi) suvda eruvchi vitaminlar guruhiga kirib, moddalar almashinuvi jarayonida oksidlanish reaksiyalarida keng ishtirok etadi. Modda almashinuvida xo‘jayralarning nafas olishida ribosoma va mitoxandriya faoliyatida ishtirok etadi. Qisholoq ho‘jalik hayvonlari organizmida vitamin A yetishmaganda ham yetarli darajada vitamin S sintez qilinmaydi. Issiq, yaxshi yoritilmagan va ventelyatsiya yaxshi bo‘lmagan parrandachilik binolarda tuxum beruvchi tovuqlar ratsioniga qo‘shilsa yaxshi natija beradi, tuxum qobig’i mustahkamlanadi. Bundan tashqari uning yetishmovchiligi natijasida q/x hayvonlari organizmida singa kassaligi yuzaga chiqadi (milkdan qon ketishi va tishlarning qimirlab qolishi).
Vitaminlarning asosiy manbalari. O‘simliklardan olinadigan ozuqalarning tarkibida vitamin A uchramaydi. Qisholoq ho‘jalik hayvonlarining A vitaminiga bo‘lgan ehtiyoji ko‘k ozuqalar tarkibida bo‘ladigan karotin hisobiga qondiriladi. Karotin A vitaminining provitamini (yo‘ldoshi) bo‘lib, hazm bo‘ligandan so‘ng ingichka ichaklaridagi o‘tkazuvchi mexanizmlar yordamida qonga o‘tkazilib jigarda karotinazi fermenti tasirida A vitamini sintezlanadi. Sifatli tayyorlangan 1 kg beda pichaninning tarkibida 22 mg karotin bo‘ladi. Yoz davrida yaxshi yaylovda boqilgan sigir sutining 1 kg da 0,5-0,7 mg vitamin A, qishda esa 0,2-0,4 mg bo‘ladi. A vitaminining asosiy tabiiy manbaalariga uvuz suti, sut, sari yog‘, tuxum sarig‘i, jigar kiradi.
Yaxshi tayyorlangan silosda karotin saqlanadi, lekin o‘zining biologik faolligini 2 marta susayadi. Don, somon, ildiz mevali va kartoshka kabi ozuqalarda deyarlik bo‘lmaydi.
Vitamin E ning 4 ta izomeri bor, shulardan tokoferol yuqori faollikga ega. Vitamin E mg da ifodalanadi, hayvonlar ratsionida uning yetishmasligi kam uchraydi. Masalan: 1 kg ko‘k bedada 150 mg, beda pichanida 25 mg.
Vitamin K ga bo‘lgan talab tabiiy ozuqalar hisobiga qondiriladi. Sanoatda K vitaminning o‘rnini bosuvchi K3-vikasol preperati ishlab chiqariladi. Vitamin K ko‘k ozuqalarda, pichanda ildiz mevalilar bargida, soya donlarida ko‘p bo‘ladi.
V guruh vitaminlari 1 kg ozuqaga nisbatan mg ifodalanadi. Asosan ko‘k ozuqalarda ko‘p bo‘ladi, ildiz va tuganak mevalilarda kam. Ozuqa achitqilarida ko‘p bo‘ladi. Sanoatda ham ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |