Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali zooinjeneriya, veterinariya



Download 474,75 Kb.
bet16/52
Sana15.04.2022
Hajmi474,75 Kb.
#555198
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52
Bog'liq
lABORATORIYA

Mikroelementlar
Mikroelementlar juda kam miqdorda uchrab muhim fiziologik rolni bajaradi. Vitaminlarga o‘xshab ayrim mikroelementlar oqsillar birikmasida uchrab spetsefik fermentlar hosil qiladi. Mikroelementlar, vitaminlar bilan birgalikda biologik faol moddalar guruhini tashkil etadi.
Temir - uning 90% hayvon organizmida har hil oqsillar bilan birikkan holda bo‘ladi, uning 50 % qon gemoglobinida, 20% taloqda, jigarda, buyrakda va orqa miya oqsili ferritin shaklida uchraydi. Ko’pgina fermentlar tarkibiga kiradi. Organizmda siderfilin oqsili yordamida organ va to‘qimalarga tashiladi. Gemoglobin metobolizimida ajralgan temir yana qaytadan tarkibida temir saqlovchi oqsillar sintez bo‘lishida ishtirok etadi. Shuning uchun temirga bo‘lgan talabning 10 % ozuqa orqali ta’minlanadi. Ratsionda temir moddasining me’yordan ko‘p bo‘lishi ozuqadagi proteindan foydalanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatish mumkin.
Barcha qishloq xo‘jalik hayvonlarining ratsiondagi quruq moddaning 1 kg hisobiga 50 mg temir talab qilinadi.
O‘simik dunyosidan kelib chiqqan ozuqalar tarkibida temir Yetarlik darajada bo‘ladi. Sutda ayniqsa cho‘chqa sutida temir elimenti kam bo‘ladi. Ona cho‘chqalar ratsioniga qo’shib berilgan temir sutda temir moddasini ko‘paytirmaydi, shuning uchun ham cho‘chqachilikda temir elimentining yetishmovchiligi hisobiga kam qonlik kasalligi, yani anemiya ko‘p uchraydi. Cho‘chqa bolalari sut bilan, bir sutkada 1 mg temir qabul qiladi, me’yorda esa 67 mg dan kam bo’lmasligi kerak.
Yod - dengiz suv o‘tlarida, dengiz baliq unida ko‘p bo‘ladi. Ozuqalarda yodning yetarlik bo‘lishi tuproqdagi yod bilan bog‘liq bo‘ladi. Qaysi hududlarda yod yetishmasa profilaktika va davolash maqsadida juda kam miqdorda (mikrodoza) osh tuziga kaliy yodini yoki natriy yodini aralashtirilib berish mumkin.
Yod yetishmasligining harakterli belgilaridan biri ko‘payish funksiyasiing buzilishidir (bola darmonsiz tug‘iladi, jun qoplamisiz, ayrim paytlar o‘lik bola ham tug‘iladi), yod yetishmasligidan qalqonsimon bezi funksiyasi kuchyish evaziga hajm jihatdan kattalashadi va buqoq kasallaigining asosiy belgisi hisoblanadi. Yod yetishmasligidan qalqonsimon bezida tiroksin gormonining sintezlanishi buziladi, natijada cho‘chqa bolalari o‘sish va rivojlanishidan orqada qoladi.
Hayvonlar yodga bo‘lgan talabining 50 % ozuqa orqali qabul qilsa, qolgan qismini ichimlik suvi orqali oladi. Yerning yuza qismidan olinadigan suv tarkibida yod kam bo‘ladi, chuqur artizan quduqlardan olinadigan suvda yod ko‘proq bo‘ladi.
Mis - bu modda gemoglobining hosil bo‘lishi uchun zarur. Mis gemoglobin tarkibiga kirmaydi, ammo qizil qon donachalari tarkibida bo‘lib, qon aylanishida ularning faolligini oshiradi, ko‘pgina fermentlar, soch va parlar pigmenti tarkibiga kiradi. Hayvon organizmining barcha to‘qimalarida uchraydi, ayniqsa jigarda ko‘p bo‘lib unda zahira sifatida to‘planadi.
Oziqlantirishda mis yetishmasa hayvonda anemiya, o‘sishining susayishi, ich ketishi, soch va junlarinig rangsizlanishi (dipigmentatsiya), orqa miya faoliyatining buzulishi, sigirlarda mis yetishmasligi natijasida kuyga kelishini, buqalarda urug‘don faoliyatini buzilishiga olib keladi. Sigirlar qonida mis me’yorda bo‘lsa 0,8-1 mkg/g tashkil etadi, bu ko‘rsatkich 0,3-0,6 mkg/g miqdorda bo‘lsa sigirlarning birinchi qochirishda tuxum ho‘jayrasining otalanishi 2 barobar kamayadi. Ratsonda kalsiy va molibdenning ko‘p bo‘lishi hayvon organizmida mis almashinuvini buzadi.
Mayin jun beruvchi qo‘y zotlarida mis yetishmaganda junining jingalaklanishi buziladi.
Ko‘pgina ozuqalar amalda hayvon organizmining misga bo‘lgan talabini qondiradi. Ozuqada uning ko‘p bo‘lishi tuproq tarkibi bilan bog‘liq. Donlarda, kunjara va shrotda mis nisbatan ko‘p bo‘ladi. Yaylov o’tlarida kam (4-8 mg/kg) somonda va sutda juda kam bo‘ladi.
Fiziologik talabga nisbatan uzoq muddat misning ratsionda ortiq bo‘lishi hayvon uchun zararli bo‘lishi mumkin; ortiqcha mis jigarda to‘planib, uning faoliyatini buzilishiga olib kelib, o’lim holatlari ham kuzatiladi. ayniqsa misning ortiqchaligini qo‘ylar organizmi juda sezuvchan.

Download 474,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish