2 –ma’ruza: Tola tiplari va ulardan olinadigan mahsulotlar
Reja:
1.Paxta tolasining rivojlanishi va texnologik xususiyatlari
2.To’qimachilik sanoatining paxta tolasiga bo’lgan talabi
3.Paxta tolasi standarti va sinash metodlari.
4.Paxta tolasining texnologik xususiyatliri.
1.Paxta tolasining rivojlanishi va texnologik xususiyatlari
Paxta tolasi to’qimachilik sanoati tolalari ichida juda keng tarqalgan mahsulot
hisoblanadi. U chigit qobig’i epidermisining juda cho’ziq hujayrasi bo’lib, tuk hisoblangan
har bir tola bitta hujayradan iborat bo’ladi.
Paxta tolasining kimyoviy tarkibi quyidagilardan iborat:
TSellyuloza- 97,0-98,5 %
Pektin moddalar – 0,8-1,0 %
Moy, mumsimon moddalar -0,3-1,0 %
Azot va oqsillar -0,2-0,3 % va boshqa moddalar.
Fo’za gullash davrida tola paydo bo’lish jarayoni boshlanadi. Bu vaqtga kelib chigit
ustki epidermisining ayrim xujayralari uzunasiga o’sa boshlaydi. Urug’kurtakning tashqi
epidermisining aktiv xujayralaridan tola o’sib chiqadi. urug’langan urug’kurtak sirtida
tolaga aylanadigan aktiv xujayralar turli vaqtlarda paydo bo’ladi. SHu sababli ular
urug’kurtak sirtida bir tekisda joylashmaydi va ularning rivojlanishi ham turlicha bo’ladi.
Paxta tolasining rivojlanishi asosan ikki davrdan iborat. Har qaysi davr qulay
sharoitda 25-30 kundan davom etadi. Birinchi davrda tola asosan bo’yiga o’sib boradi va
g’o’zaning naviga xos bo’lgan uzunlikka erishadi. Asosiy tola bu davrning 15 kuni ichida
o’zining haqiqiy uzunligining yarmigacha yetadi, tolaning bo’yiga o’sishi birinchi davrda
deyarli to’xtaydi.
Ikkinchi davrda tolaning ichki tsellyuloza qatlamlari paydo bo’lib, tola pisha
boshlaydi. TSellyuloza qatlamining hosil bo’lish jarayoni 50 kungacha davom etishi
mumkin.
Tolaning pishganlik darajasi odatda undagi tsellyuloza qatlamining qalinligi bilan
aniqlanadi. TSellyuloza qavatlarining qalinligi g’o’za naviga va uni yetishtirish sharoitiga
qarab turlicha bo’lishi mumkin. Tola ichida tsellyuloza miqdori qancha ko’p yig’ilsa tola
shuncha yaxshi yetilgan bo’ladi. CHanoq ochilgandan keyin tola quriydi, uning devorlari
bir-biriga yopishgan lentasimon shaklni oladi hamda unda
Jingalaklik hosil bo’ladi. Tolaning yetilish darajasi ortgan sari u shunchalik ko’p
jingalaklanadi. Paxta tolasi pishgan sari uning tashqi diametri ichki diametriga nisbatan
oshadi va u
pishganlik koeffitsienti
deb ataladi.
Agar paxta tolasi butunlay pishmagan (o’lik tola) bo’lsa, devorlari juda yupqa uzun
naychaga o’xshaydi. Bunday tola judda notekis va bo’sh bo’lib, undan sifatli ip olib
bo’lmaydi, bo’yoqni yaxshi olmaydi. Bunday tolaning devori faqat bir qavat-kutikuladan
iborat, xolos, kutikulada esa moy-mumli moddalar juda ko’p, hujayra-tsellyuloza juda kam
bo’ladi. O’lik tolalar bir-biriga yopish gan yaltiroq, nafis qatlamlardan iborat. O’lik
tolalarga mikroskop orqali qaralsa, ularning shakli xudi ezilgan va shakli buzilgan
piltachalarga o’xshashini, ularning devorlari juda yupqaligini ko’rish mumkin.
Ko’sak ochilgandan keyin tola rivojlanishdan to’xtaydi, tola kanalidagi protoplazma
chigit va ko’sak bilan birga quriy boshlaydi. Mana shu jarayonlar ta’sirida paxta tolasi
biroz yassilanib lentasimon shaklni oladi va o’z o’qi atrofida buralaboshlaydi. Yaxshi
yetilgan tola har 10 mm uzunlikda 50-80 marta buralishi natijasida uning umumiy uzunligi
1-1,5 mm gacha kamayadi. Yetilgan tola yaltiroq bo’ladi, xomlari esa yaltirab turmaydi.
Ekiladigan navlarda tolaning uzunligi 31-40 mm, uning ko’ndalang kesimi 15-25 mkm
bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |