Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va mexanizasiya kafedrasi



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/207
Sana26.04.2022
Hajmi18,65 Mb.
#583776
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   207
Bog'liq
2 5404494602826683222

Tolaning buraluvchanligi.
Tolaning buraluvchanligi uning bir millimetrining 
buralish darajasi bilan aniqlanadi. Buraluvchan tolalardan ip yigirilganda ular bir-biri bilan 
o’zaro yaxshi birikib, ipning pishiqligi ortadi. 
Mamlakatimizda ekiladigan o’rtacha va ingichka tolali g`o’zalarning har 1 mm 
tolasi 10-12 marta buraladi. Ingichka tolali g`o’za tolalarining buraluvchanligi o’rtacha 
tolali go’zalarnikiga qaraganda bir necha marta ko’p bo’ladi. Tola buralishining tola 
bo’yiga bir tekisda bo’lishi katta ahamiyatga ega. 
Tolaning buraluvchanligi uning pishganligiga bog`liq. Pishgan tolaning 
buraluvchanligi pishmagan va yaxshi rivojlanmagan tolalarnikiga qaraganda ziyod bo’ladi. 
Tolaning buraluvchanligi namunaga qarab baholash, tolani kattalashtirib chizish, 
lineykada buralgan tolaning uzunligini o’lchash, kurvimetr yordamida uning haqiqiy 
uzunliginn aniqlash yo’llari bilan aniqlanadi. Tolaning necha marta buralganligini sanash 
ham mumkin. 
Tolaning pishganligi.
Tolaning pishganligi uning sifat ko’rsatkichlaridan biri 
bo’lib, tola devorlarida tsellyuloza qavatlarining paydo bo’lish darajasiga qarab 
aniqlanadi. Tolaning pishganligi tuproq va iqlim sharoitiga, shuningdek, qo’llaniladigan 
agrotexnikaga va ekiladigan navga qarab ma`lum darajada o’zgaradi. 
Tola lentasi kengligining uning kanali kengligiga nisbati tolaning pishganligini 
xarakterlaydi. 
Tolaning pishganligini aniklash uchun tola maxsus mikroskop ostiga qo’yiladi va 
tola pishish shkalasiga solishtiriladi. SHkalada tolaning pishganligi 0-5 gacha 0,5 tadan 
qilib bo’lib ko’rsatilgan. SHkalada o’lik tolaning koeffitsienti 0,0, o’ta pishgan tolaniki esa 
5,0 deb qabul qilingan. YAxshi rivojlangan tolaning pishganlik koeffitsienti 2-2,5 raqami 
bilan ko’rsatilgan. 
Paxta tolasining pishganligini qutblangan yorug`lik yordamida ham aniqlash 
mumkin. Buning uchun polyaroid P-2 deb ataladigan maxsus moslama bilan har qanday 
mikroskopni ishlatish mumkin. 
Tolalar polyaroid orqali qutblangan yorug`likda qaralganda qizil rang ichida ular 
pishganlik darajasiga qarab turli rangda ko’rinadi. 

Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish