Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va mexanizasiya kafedrasi


Paxta tolasining texnologik xususiyatlari



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/207
Sana26.04.2022
Hajmi18,65 Mb.
#583776
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   207
Bog'liq
2 5404494602826683222

3 Paxta tolasining texnologik xususiyatlari.
Paxta tolasini qayta ishlashda va 
to’qimachilik sanoatida foydalanishda uning texnologik xususiyatlari muhim o’rinni 
egallaydi. 
Tolaning texnologik qimmati uning bir qator xususiyatlarining majmuasi bo’lib, 
ulardan asosiylari geometrik, mexanik va fizik-kimyoviy xossalari hisoblanadi. 
Tolaning uzunligi va ko’ndalang kesim o’lchamlari uning geometrik xossalarini, 
pishiqligi, elastikligi va boshqalar mexanik xossalarini, issiqlikka chidamliligi, nam 
o’tkazish va bir qator kimyoviy moddalarga munosabati uning fizik-kimyoviy xossalarini 
bildiradi. 
Paxta tolasining texnologik xususiyatlaridan uning uzunligi, ingichkaligi, pishiqligi, 
buraluvchanligi, elastikligi, uzilish uzunligi va etilishi sanoat hamda ishlab chiqarish 
ahamiyatiga ega. 
Tolaning uzunligi.
Tolaning o’rtacha uzunligi uning texnologik ko’rsatkichlari 
orasida tolaning sifatini belgilovchi ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi. Paxta tolasining 
uzunligi to’qimachilik sanoatida yigirish sistemasini aniqlashda asosiy omil hisoblanadi. 
Uzunroq tolalardan ingichka va pishiq ip ishlab chiqariladi. 
Tolaning uzunligi
- to’g`rilangan tolaning ikki uchi orasidagi masofa bo’lib, 
millimetrda o’lchanadi. Bir namunada turli xil uzunlikdagi tola bo’lishi mumkin. SHuning 
uchun tolaning uzunligi tushunchasi bir tola uchun emas, balki umumiy namunadagi 
tolalarning o’rtacha uzunligini ifodalashi lozim. Ekiladigan go’zalarda tolaning uzunligi 
18-20 mm dan 45-50, hatto 55-60 mm gacha bo’lishi mumkin. 
Mamlakatimizda ekilayotgan o’rta tolali go’zaning ko’pgina navlarida paxta 
tolasining uzunligi 30-33 mm, ayrimlarida 35-36 mm ga etadi, ingichka tolali navlarda esa 
38-42 mm gacha boradi. 
Tolaning uzunligini qo’lda aniqlasa ham bo’ladi. Bunda namunadan bir tutam tola 
olinib, lineykada ularning uzunligi o’lchanadi. Tolaning uzunligini maxsus Jukov asbobida 
aniqlanadi. 
Har bir namuna paxtada ayrim tolalarning uzunligi turlicha bo’lganligi sababli 
yigirish sistemasini tanlash uchun kerakli tola uzunliklarining o’rtacha ko’rsatkichlarini 
aniqlash kerak bo’ladi. SHuning uchun tola uzunligini aniqlovchi o’rtacha massa uzunligi, 
modal va shtapel uzunligi, tola bazasi va uzunligi jihatdan tekisligi kabi tushunchalar 
kiritilgan. 
Tolaning o’rtacha massa uzunligi 
deganda namunadagi tolalarning o’rtacha 
uzunligini ularning massasiga ko’paytirib, namunaning umumiy massasiga nisbati 
tushuniladi. 
Model` uzunligi 
tola namunasida eng ko’p uchraydigan tola uzunligidir. 
SHtapel uzunlik
deganda model uzunlikdan katta bo’lgan uzunlik guruhlarining 
o’rtacha qiymati tushuniladi. 
Tolaning bazasi model uzunlikka yaqin tolalarning qanchalik ko’p yigilishini 
xarakterlaydi, ya`ni olingan paxta tolalarning uzunlik jihatdan tekislik darajasini 
belgilaydi. 
Tolaning uzunlik jihatidan tekisligi har xil tipdagi paxta tolalarning model 
uzunligining bazaga ko’paytmasi bilan topiladi. Agar tolaning tekislik qiymati 1000 
bo’lsa, tola uzunlik jihatdan tekis hisoblanadi. 



Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish