Paxta to’dalar bo’yicha qabul qilib olinadi. Sifat ko’rsatkichi bo’yicha
bitta hujjat
bilan rasmiylashtirilgan, bir xil seleksion va sanoat naviga xos, tip va sinfdagi paxta miqdori
to’da deb hisoblanadi. Agar bir to’dada seleksion va sanoat navi, tipi har xil va
boshqa sinf
paxtalari aralashgan bo’lsa, bunday paxta shu to’dadagi eng past tip, nav yoki sinf bo’yicha
qabul qilinadi.
I, II, III, IV va V-navlar bo’yicha 3-sinf uchun belgilangan ifloslik yoki namlik
me’yoridan oshgan hollarda paxta uni topshiruvchiga qaytariladi yoki past narx bilan paxta
qabul qilinadi.
Paxta bir xil nav hisob me’yorlariga keltirilmagan iflos aralashmalarning massaviy
ulushi (2,0%) va namlikning massaviy nisbati (9,0%) bo’lgan konditsion vazn bo’yicha
qabul qilinadi va hisobga olinadi.
Paxtaning kilogrammlar hisobidagi konditsion vazni (M
k
) quyidagi formula asosida
hisoblanadi:
𝑀
𝑘
= 𝑀
𝑥𝑖𝑠
100 + 𝑊
𝑥𝑖𝑠
100 + 𝑊
ℎ𝑎𝑞
bu yerda:M
xis
– paxtaning iflos aralashmalari hisobiy me’yorga keltirilgandagi vazni,
kg; W
xis
– namlikning 9% ga teng bo’lgan massaviy nisbatini hisobiy me’yori; W
haq
–
namlikning haqiqiy massaviy nisbati, %.
Hisobiy vazni (M
xis
) quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
𝑀
𝑥𝑖𝑠
= 𝑀
ℎ𝑎𝑞
100 − 𝑍
ℎ𝑎𝑞
100 − 𝑍
𝑥𝑖𝑠
bu yerda: Mhaq – topshirilayotgan
paxtaning vazni, kg; Zhaq – paxtadagi iflos
aralashmalarning haqiqiy massaviy ulushi, %; Zxis – iflos aralashmalarning 2,0% ga teng
bo’lgan hisobiy massaviy ulushi me’yori.
ESLATMA:
namlikning masaviy nisbati namlik deb, iflos aralashmalarning massaviy
ulushi ifloslik deb tushuniladi.
1-misol:
Xo’jalik 4240 kg paxtani I-sanoat navining 2-sinfiga topshirdi. Paxtining
iflosligi 7,2%, namligi esa 10,6%. O’zDSt 615:2008 davlat standarti bo’yicha
paxtaning
ifloslanganlik me’yori 2,0% va namlik me’yori 9,0%. Demak paxtaning me’yordagi
ifloslanish darajasiga keltirilgan hisobiy vazni:
𝑀
𝑥𝑖𝑠
= 𝑀
ℎ𝑎𝑞
100 − 𝑍
ℎ𝑎𝑞
100 − 𝑍
𝑥𝑖𝑠
= 4240 ∗
100 − 7,2
100 − 2,0
= 4240 ∗ 0,947 = 4015 𝑘𝑔
SHu paxtaning konditsion vazni:
𝑀
𝑘
= 𝑀
𝑥𝑖𝑠
100 + 𝑊
𝑥𝑖𝑠
100 + 𝑊
ℎ𝑎𝑞
= 4015 ∗
100 + 9,0
100 + 10,6
= 4015 ∗ 0,985 = 3995 𝑘𝑔
2-misol:
Xo’jalik 3520 kg paxtani I-sanoat navining 1-sinfiga topshirdi. Paxtining
iflosligi 1,4%, namligi esa 6,8%. Bu holatda paxtaning hisobiy vazni O’zDSt 615:2008
davlat standartiga binoan aniqlanadi:
𝑀
𝑥𝑖𝑠
= 𝑀
ℎ𝑎𝑞
100 − 𝑍
ℎ𝑎𝑞
100 − 𝑍
𝑥𝑖𝑠
= 3520 ∗
100 − 1,4
100 − 2,0
= 3520 ∗ 1,006 = 3541 𝑘𝑔
Namligi va iflosligi bazis me’yorga keltirilganda konditsion
vazni quyidagicha
bo’ladi:
𝑀
𝑘
= 𝑀
𝑥𝑖𝑠
100 + 𝑊
𝑥𝑖𝑠
100 + 𝑊
ℎ𝑎𝑞
= 3541 ∗
100 + 9,0
100 + 6,8
= 3540 ∗ 1,02 = 3612 𝑘𝑔
3-misol:
Xo’jalik 2730 kg mashinada terilgan paxtani V-sanoat navining 3-sinfiga
topshirdi. Paxtaning iflosligi 22,0%, namligi esa 21,5%. O’zDSt 615:2008 davlat standarti
bo’yicha bazis me’yori namlik uchun 9,0%, ifloslik uchun esa 2,0%.
Endi ifloslik bo’yicha paxtaning hisob vaznini aniqlaymiz:
𝑀
𝑥𝑖𝑠
= 𝑀
ℎ𝑎𝑞
100 − 𝑍
ℎ𝑎𝑞
100 − 𝑍
𝑥𝑖𝑠
= 2730 ∗
100 − 22,0
100 − 2,0
= 2730 ∗ 0,8 = 2184 𝑘𝑔
Paxtaning konditsion vaznini aniqlaymiz:
𝑀
𝑘
= 𝑀
𝑥𝑖𝑠
100 + 𝑊
𝑥𝑖𝑠
100 + 𝑊
ℎ𝑎𝑞
= 2184 ∗
100 + 9,0
100 + 21,5
= 2184 ∗ 0,9 = 1966 𝑘𝑔
4-misol:
Xo’jalik 980 kg qo’lda terilgan III-sanoat nav paxta topshirdi. Paxtaning
iflosligi 9,5%, namligi esa 11,2%. O’zDSt 615:2008 davlat standartiga
asosan bu paxta III-
nav 2-sinf bo’yicha qabul qilinadi.
Endi ifloslik bo’yicha paxtaning hisob vaznini aniqlaymiz:
𝑀
𝑥𝑖𝑠
= 𝑀
ℎ𝑎𝑞
100 − 𝑍
ℎ𝑎𝑞
100 − 𝑍
𝑥𝑖𝑠
= 980 ∗
100 − 9,5
100 − 2,0
= 980 ∗ 0,923 = 904 𝑘𝑔
Paxtaning konditsion vaznini aniqlaymiz:
𝑀
𝑘
= 𝑀
𝑥𝑖𝑠
100 + 𝑊
𝑥𝑖𝑠
100 + 𝑊
ℎ𝑎𝑞
= 904 ∗
100 + 9,0
100 + 11,2
= 904 ∗ 0,971 = 878 𝑘𝑔
Do'stlaringiz bilan baham: