5 – amaliy mashg’ulot: CHigitli paxtani andozalarga taqqoslash bilan organoleptik
usulda navini aniqlash
Darsning maqsadi:
talabalarga har bir navning namligi, ifloslik darajasi va ta’rifini
bilishi kerak. Hozirgi vaqtda chigitli paxtaga ishlatiladigan standart bo’yicha chigitli paxta
ukparlanishi, zichligi, bo’lakchalarning nisbiy kattaligi aniqlanadi.
1. Mashg’ulotni uyushtirish. Chanoq bo’lakchalarining tashqi ko’rinishiga qarab
chigitli paxtani navlarga ajratish.
2. Mashg’ulot o’tish joyi. Shu mavzudagi dars mashg’ulot xonasida o’tkaziladi.
3. Chigitli paxta mashg’ulot o’tkazishga manba bo’lib xizmat qiladi.
4. Mashg’ulot uchun kerakli narsalar va ko’rgazmali qurolari:
namlik va ifloslik
jadvallari, texnik tarozi va toshlari, chigitli paxta andozalari. Qo’lda
terilgan chigitli
paxtaning davlat standarti.
5. Talabaning mustaqil ish o’tkazish chegarasi. Talabalar Davlat standarti bilan
hamda har bir g’o’za navining tashqi ko’rinishi, g’o’zaning o’rta tolali navi bo’yicha
mustaqil tanishadilar.
6. Talabalar to’la hisobot tuzadilar va joriy baholanadilar.
7. Tavsiya qilinadigan adabiyotlar.
8. O’zbekiston Davlat standarti O’zRST 615-94 Paxta Texnik shartlar.
Standart bo’yicha chigitli paxtani tashqi ko’rinishi
belgilari, etilish darajasi,
egiluvchanligi va zichligiga qarab 5 ta navga bo’linadi: I-sanoat navi; II-sanoat navi; III-
sanoat navi; IV-sanoat navi va V-sanoat navi.
Har
bir navning namligi, ifloslik darajasi va ta’rifini albatta bilishi kerak. Hozirgi
vaqtda chigitli paxtaga ishlatiladigan standart bo’yicha chigitli paxta ukparlanishi, zichligi,
bo’lakchalarning nisbiy kattaligi aniqlanadi.
Chigitli paxta navi namunadagi har bir bo’lakchalarning navlar bo’yicha
miqdor
(og’irlik) foyizini aniqlash bo’yicha topiladi.
Standartda ko’rsatilgan belgilari bo’yicha namuna gruppalarini tashkil qiluvchi ayrim
bo’lakchalarni navlarga ajratish maqsadida chigitli paxtadan tahlil qilish uchun 500 gr dan
3 ta namuna olinadi.
Navlar bo’yicha namuna olib uni tekshirib ko’rib bo’lingandan keyin har bir
bo’lakcha “tipik” va “notipik” guruhlarga ajratib tortiladi.
Notipik guruhlarga chigit,
chirigan paxta bo’laklari va hokazolar kiradi. Hamma olingan og’irliklar jamlanadi.
Har bir nav bo’lakchalari guruhlarining foyiz hisobidagi miqdori guruhlarning
yig’indi og’irligiga qo’shiladi, lekin namunani boshlang’ich og’irligiga qo’shilmaydi.
Navni aniqlashda asosiy qilib og’irligi eng katta bo’lgan bo’lakchalar guruhi olinadi.
Bu guruhlarning foyiz miqdoriga navga ega bo’lgan guruhlarning
foyizi arifmetik tarzda
qo’shiladi. Yuzaga kelgan sonlar summasi ilovada ko’rsatilgan ruxsat berilgan sonlar bilan
solishtiriladi.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: