Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik


Sabzavot o‘simliklarining o‘zbekcha, ruscha va lotincha



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

Sabzavot o‘simliklarining o‘zbekcha, ruscha va lotincha 
nomlari bilan tanishish 
Tomatdoshlar va ituzumdoshlar oilasi, Paslyonovыx (solanaceae) 

Pomidor 
Tomat 
Lycopersicum nesculentum 
Mil 

Qalampir 
Peres 
Capsicum annuum 

Baqlajon 
Baklajan 
Solanum melongena 

Kartoshka 
Kartofel 
Solanum tybirosim 

Fizalis 
Fizalis 
Pysalis 
Karamguldoshlar oilasi. Kapustnыe ili kresstotsevtnыx (Brassicacea) 

Karam 
Kapusta kochannaya 
Brassica capitata 

Savoy karami 
Savoyskaya kapusta 
Brassica sabauda 

Bryussel karami 
Bryusselskaya kapusta 
Brassica gemmifera 

Kolrabi karami 
Kolrabi kapusta 
Brassica oleraceae L 

Gulkaram 
Svetnaya kapusta 
Brassica cauliflora 

Xitoy karami 
Kitayskaya kapusta 
Brassica chinensis 

Pekin (salatbop) 
Pekinskaya kapusta 
Brassica pecininzis 

Kress salat 
Kress salat 
Lepidium sativum L 

Xantal 
Xantal 
Brassica juncea 

Bryukva 
Bryukva 
Brassica napus 

Xren 
Xren 
Armovaccia rusticana 

Qatron 
katron 
Crambes teveniona 

Turp 
redka 
Raphanus setinus 

Sholg‘om 
repa 
Brassica rapa 

Rediska 
redis 
Raphanus sativus 
Soyabonguldoshlar oilasi. Seldereynыe (Apiaceae) 

Cabzi 
Morkov 
Daucus carota 

Petrushka 
Petrushka 
PETROS
elinum rn 

Selderey 
Selderey 
APIUM GRAVEOLENS

Pasternak 
Pasternak 
Pastinaca sativa 

Ukrop (shivit) 
Ukrop 
Anethum graveolens 

Kashnich 
Kariandr 
Coriamdrum sativum 
Sho‘radoshlar oilasi. Maryovыe ili lebedovыe (Chenopodiaceae


Osh lavlagi 
Svekla stolovaya 
Betavulgaris 

Barg lavlagi 
Svekla listovaya 
Beta cicla 

Ismaloq 
Shpinat 
Spinacieoleracea 
Dukkakdoshlar oilasi. Bobovыe ili motыlkovыe (Fabaceae) 

Dukkaklar (bob) 
Bobы 
Viciafaba 

Ko‘k no‘xot 
Gorox 
Picum sativum 

Loviya 
Fasol 
Phaseolus vulgaris 

Sparja loviyasi 
Sparjavaya loviya 
Toronguldoshlar oilasi, Grechishnыe (Policonaceae) 


245 

Shovul 
Shavel 
Rinnex acelosa 

Rovoch 
reven 
Rheum rhaponticum 
Qovoqdoshlar oilasi. Tыkvennыe (Cucurbitaceae) 

Qovoq 
Tыkva 
Cucurbita 

Qovoqcha 
Kabachka 
Cucurbita pepo 

Patisson 
Patisson 
Cucurbita pepo 

Bodring 
Ogures 
Cucumis sativus 
Piyozguldoshlar oilasi. Lukovыe (Liliaceae) 

Oddiy piyoz 
Luk repchatыy 
Allium sera 

Batun piyozi 
Batun 
Allium fistulasum 

Porey piyozi 
Porey 
Allium porrum 

Ko‘p yarusli piyoz 
Mnogoyarusnыy 
Allium pistulosum 

Shnitt piyozi 
Shnitt 
Allium schocnoprosum 

Oltoy piyozi 
Altayskiy 
Allium altaicum 

Shalot piyozi 
Shalot 
Allium ascalonicum 

Sarimsoq piyoz 
Chesnok 
Allium sativum 
Labguldoshlar oilasi Gubasvetnыe ....(Lamiaceae) 

Rayhon 
Bazilik 
Ocimum basilicum 

Yalpiz 
Myata perechnaya 
Menthe piperita 

Mayoron 
Mayoran 
Oviganum niajarana 

Chaber 
Chaber 
Astoria hovtesis 
Murakkabguldoshlar oilasi. Astrovыe (Asteraceae) 

Barg salat 
Salat listovoy 
Lactucasativa 

Bosh salat 
Kochannыy salat 
Lactucasaliva capitata 

Romen salat 
Romen 
Zactucasaliva 

Artishok 
Artishok 
Cynarascolymus 

Skorsioner 
Skorsioner 
Scorzonera hispanica 

Estragon 
Estragon 
Atemisiab vacumculus 

Salatbop sikoriy 
Salatnыy sikoriy 
Cichorium intybus 

Endiviy salat 
Salat endiviy 
Cichorium endivia 
Gulxayridoshlar oilasi. Malvovыe (Malvaceae) 

Bamiya
Bamiya
Hibiscus esculentus 
Pechakdoshlar oilasi (Convolvulaceae) 

Batat
Batat
Ipomea batatas 
Sparjadoshlar oilasi Sparjevыe (Asparaguacea) 

Sarsabil (sparja) 
Sparja
Asparagus officinalis 
Boshoqdoshlar oilasi Myatlikovыe (Poaceae) 

Shirin makkajo‘xori 
Saxarnaya kukuruza 
Zea mays 
Nazorat savollari: 
1.
N.I.Vavilov va P.M.Jukovskiy bo‘yicha sabzavotlarning kelib chiqish 
markazlari haqida ma’lumot bering? 
2.
Sabzavot o‘simliklari hayotining davomiyligi nimalaraga bog‘liq? 
3.
Sabzavot ekinlari kelib chiqish makonlarini sanab bering? 
4.
Mamlakatimizda yetishtiriladigan asosiy sabzavot ekinlarining lotincha 
nomilarini keltiring? 


246 
 
2-Amaliy mashg‘ulot. 
Sabzavot ekinlarini urug‘lariga qarab aniqlash. 
 
I sh d a n m a q s a d
talabalarga urug‘larning morfologik xususiyatlari bilan 
tanishtirish, sabzavot ekinlarining eng asosiy turlarini urug‘iga qarab taniy bilishga 
o‘rgatish. 
Uslubiy ko‘rsatmalar 
Foydalaniladigan asbob va ashyolar. 1. Botanik oilalar tasnifi va oziq-ovqatga 
ishlatish qismlarini ko‘rsatuvchi jadvallar - 1 nusxada; 2. Tirik o‘simliklar yoki 
gerbar-iylari - 25-30 turdan; 3. Texnik tarozi - 2 dona; 4. Etiketkali probirkalarda 
sabzavot o‘simliklar urug‘lari kollektsiyasi - 2 ta komplekt; 5. Raqamlangan, 
nomlanmagan xaltacha-larda 8-10 ta botanik oilaga mansub o‘simliklar urug‘lari, 
har bir ekinni 5-10 dona urug‘i bo‘lishi kerak - 10-12 tadan xaltachalar; 6. Har 
birida 100 dona urug‘ solingan xaltachalar; 7. Chizg‘ichlar, lupalar, pintsetlar - 10-
12 donadan. 
Ekish materialining xarakteristikasi. 
Amalda ekish material-larining hamma turi 
shartli ravishda 
urug‘
deyiladi. Biroq seldereysimonlar (soyabonguldoshlar), 
grechixasimonlar, 
astrasmonlar 
(murakkabguldoshlar), 
boshoqdoshlarni 
ekish 
materiallari urug‘ emas, balki tashqi po‘sti (perikarpiy) va ichki urug‘ po‘sti 
(integument) bo‘lgan quruq mevadan iborat. 
Lavlagining ekish materiali – to‘pmeva bo‘ladi. Piyozguldoshlar, karamsimonlar 
(krestguldoshlar) va dukkakdoshlar oilasiga mansub o‘simliklarning ekish materiali 
quruq mevadan ajratib olingan urug‘, qovoqdosh va tomatdoshlarniki seret mevasidan 
ajratib olingan urug‘dan iborat. 
Urug‘ – ko‘payish organi. Yopiq urug‘lilarga kiradigan sabzavot ekinlarining 
urug‘i mevasi ichida rivojlanadi. Meva esa urug‘kurtakning changlanishidan keyin 
hosil bo‘lgan tugunchadan paydo bo‘ladi. Agar tugunchada bitta urug‘kurtak bo‘lsa, 
bir urug‘li, ikkita urug‘kurtak bo‘lsa, ikki urug‘li meva hosil bo‘ladi. 
Karamsimonlarning mevasi qo‘zoqchadir. Uning ochiladigan ikkita pallasi va 
to‘sig‘i bo‘lib, urug‘lar ana shu to‘siqda joylashadi. Mevasining uchki qismi 
tumshuqcha 
deyiladi. U tavaqasiz va to‘siqsiz bo‘ladi. Karam, bryukva va turp 
qo‘zoqchalari ikkita tavaqa bilan ochiladi. Rediska va sholg‘om urug‘i mevasining 
qo‘shilib o‘sgan tumshug‘ida bo‘ladi, shuning uchun bu o‘simliklarning qo‘zog‘i 
ochilmaydi. 
Ko‘k no‘xat, loviya va dukkaklarning mevasi – dukkak. Qo‘zoqlardan farq qilib, 
dukkak ikkita emas, balki bitta mevabargdan hosil bo‘ladi va ko‘ndalang to‘sig‘i 
bo‘lmaydi. Soyabonguldoshlar (seldereysimonlar) oilasiga mansub o‘simliklarning 
mevasi – qo‘sh urug‘li. Ukrop va pasternakda u po‘stli keng hoshiya shaklida 
yelkandan iborat. Lavlagi va ismaloqning mevasi to‘pmeva bo‘lib, uning ichida urug‘i 
bor. 
Qovoqdoshlar (bodring, patisson, qovoqcha va poliz ekinlari) ning mevasi 
serurug‘, sersuv, seret qovoqcha. Tomatdoshlardan pomidor, baqlajon, fizalis va 


247 
kartoshkaning mevasi – rezavor meva, qalampirda – ikki, to‘rt uyali, ko‘p urug‘li ichi 
bo‘sh rezavor meva. 
Murakkabguldoshlar (astrasmonlar)ning mevasi pistacha, piyozdoshlarniki
ko‘sakcha, toronguldoshlarniki uch qirrali pistacha, labguldoshlarniki yong‘oqcha, 
yalpizdoshlar (g‘alladoshlar) niki don. 
Urug‘kurtak pardasi urug‘ po‘stiga aylanadi. U esa urug‘ni mexanik ta’sirdan 
saqlaydi va tashqi muhit bilan suv hamda gazlar almashinuvini boshqaradi. 
Karamsimonlar, dukkakdoshlar, boshoqdoshlar, astrasmonlar va qovoqdoshlar 
urug‘ining po‘sti suvni tez o‘tkazadi. 
Toronguldoshlar; sho‘radoshlar, xususan, sarsabildosh (seltdereydosh) lar, 
piyozdoshlar oilasiga mansub o‘simliklar urug‘ining po‘sti suvni juda sekin shimadi. 
Urug‘ining po‘sti suvni qancha tez o‘tkazsa, urug‘ shuncha tez bo‘rtadi va tez unib 
chiqadi. 
Murtak xaltasining urug‘langan hujayrasidan urug‘ yadrosi (murtak va zaxira oziq 
moddalar joyi) hosil bo‘ladi. Murtakda o‘simlik uchun xos bo‘lgan barcha asosiy 
organlar bo‘ladi. U kurtakdan, birlamchi bargalr (urug‘barglar) dan, birlamchi poya 
gipokotildan (ostkipoyadan) va birlamchi ildizdan iborat. Piyozguldoshlar, 
sparjadoshlar va boshoqdoshlar – bitta urug‘palladan iborat. 
Selderiysimonlar, toronguldoshlar, tomatdoshlar, piyozguldosh-lar, sparjadoshlar, 
boshoqdoshlarda zaxira moddalar maxsus joyda – endospermda, sho‘radoshlarda 
perispermada bo‘ladi. 
Qovoqdoshlar, dukkakdoshlar, karamdoshlar, astradoshlar urug‘ida zaxira 
moddalar uchun machsus joy bor. Ularda urug‘ning unib chiqishi uchun zarur bo‘lgan 
zaxira moddalar urug‘pallada bo‘ladi. 
Bitta tur va navning urug‘i tabiiy xossalari, ekilish sifatiga ko‘ra, ota-onasining 
biologik xususiyatlari hamda ona o‘simlikda joylashishiga bog‘liq holda ancha farq 
qiladi. Masalan, pomidorning birinchi tartib shoxchalaridan terib olingan, karam va 
sabzining aso-siy poyasidan olingan mevasining urug‘i eng sifatli bo‘ladi. 

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish