M. ameri — amiri qovunlar.
Bular asosan eti qattiq yozgi qovunlar bo‘lib,
mevalari o‘rta va yirik, cho‘ziq, tuxumsimon shaklda, yarmi yoki hammasi to‘r bilan
qoplangan. Meva bandi uzilmaydi, meva palakda yetiladi. Meva po‘sti qattiq qalin to‘r
bilan qoplangan. Eti qarsillaydi, hidi yo‘q, tarkibida qand moddalari ko‘p miqdorda
(8—18%) bo‘ladi. Plasentalari quruq. Saqlab qo‘yish va transportda tashish uchun
yozgi yumshoq etli qovunlarga qaraganda ko‘proq chidaydi. Mahalliy aholi sevib
iste’mol qiladigan o‘rtapishar qovunlardir. Urug‘i unib chikqandan, to meva
pishguncha 80—110 kun o‘tadi.
O‘zbekiston polizchilik maydonlarining asosiy qismini bu turga kiruvchi navlar
tashkil qiladi. Amiri qovun, Ok etli shakar-palak, Yirik mevali ichi-qizil, O‘zbek ichi-
qizili, Turkman ichi-qizili, Oq qovun, Oq urug‘, Ko‘kcha, Baytqo‘rg‘on, Ko‘k tinni,
Besh-ypyg‘, Oq-novvot,
Bargi, Aravakash, Xitoyi, Quli-xushtorin, Davlatboy;
Sherozi, Bekzodi, Jo‘ra-qand, Shakar-pora, Shirin-po‘choq va boshqa navlar shu turga
kiradi.
M. zard — zard qovunlar
ikki guruhga ajratiladi. Kuzgi va qishki qovunlar.
Urug‘i unib chikqandan mevalarini yig‘ib olguncha 110—130 kun o‘tadi. Ammo
mevalari ma’lum muddat saqlab qo‘yilgandan so‘nggina yetiladi. Mevalari meva
bandidan qiyinchilik bilan uzib
olinadi.
Kuzgi zard qovunlari mevalari o‘rtacha kattalikda va yirik, tuxumsimon
shaklda,
yarmi yoki hammasi to‘r bilan qoplangan. Meva po‘sti qattiq, uzilgan paytda meva eti
yumshoq, qarsillaydigan bo‘ladi. Saqlab qo‘yilgandan keyin sersuv bo‘lib, tarkibidagi
qand moddalari 9—11 foizga boradi. Birmuncha yaxshi saqlanadi va transportda
tashishga chidamli bo‘lganligi uchun ham eksport uchun muhim rol o‘ynaydi.
Qo‘ybosh, Umirboqiy, Qirqma, Arqoni, Qizil gulobi, Zarg‘aldoq gulobi, Oq gulobi,
Sariq gulobi, Qora po‘chok, Shabbozi beshak, Shirin beshak va boshqalar shular
jumlasidandir.
Qishki zard qovunlari, kishda saqlab qo‘yilganda to‘la-to‘kis yetiladi. Mevalari
yirik, silindrsimon shaklda, po‘sti qattiq, silliq, to‘rli. Yuzasi ba’zan bujmayganga
o‘xshash g‘adir-budur. Kuzda uzib olish vaqtida mevasi qattiq, shirasi kam bo‘ladi.
To‘la yetilganda sersuv va shirin, mazali bo‘lib qoladi, tarkibidagi qand moddasi 6-9
foizga boradi. Meva bo‘shlig‘i katta emas, plasentalari quruq. Mevalarini to
bahorgacha saqlab qo‘yish mumkin, transportda tashishga juda yaxshi chidaydi. Bu
xususiyatlari eksport uchun o‘ta foydaliligidan dalolat beradi. Qariqiz, Olahamma,
220
Qora qand, Yashil gulobi, Qora gulobi, Qoraqovun, Asma, Xo‘kiz-kalla, Qalaysan
kabi navlar qishki zard qovunlariga mansubdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |