Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

Nazorat savollar:
1.
Poliz ekinlari uchun qaysi ekinlar yaxshi o‘tmishdosh bo‘ladi? 
2.
Qovun va tarvuz uchun qanday tuproqlar tanlanadi? 
3.
Yerga asosiy ishlov berishda qaysi mashina va mexanizmlardan foydalaniladi? 
4.
O‘g‘itlarning miqdorini belgilashda nimalarga e’tibor berish kerak? 
5.
Poliz ekinlarida qaysi kasalliklar uchraydi? 
24-mavzu. Poliz ekinlarining botanik tasnifi va navlari 
 
Reja: 
1.
 
Qovoqdoshlar oilasi botanik tasnifi. 
2.
 
 Qovun Melo Adans tavsifi.
3.
 
 Tarvuz CitruIIus Schrad tavsifi. 
4.
 
 Qovoq Cucurbita L tavsifi. 
 
 
 
 
 
2.1. Qovoqdoshlar oilasi botanik tasnifi 
Poliz ekinlari Qovoqdoshlar (Cucurbitaceae Juss) oilasiga kiradi. Qovoqdoshlar 
yopiq urug‘li o‘simliklarning eng katta oilalaridan biri bo‘lib, 103 ta turkum va 1100 
ga yaqin turlarni o‘z ichiga oladi. Bularning ko‘pchiligi tropik va subtropik 
mintaqalarda tarqalgan, ayrim vakillarigina mo‘tadil iqlimli xududlarda uchraydi. Bu 
oilaning ekologik areali nihoyatda katta. Uning vakillarini nam tropik o‘rmonlarda 
ham, suvsiz cho‘llarda ham uchratish mumkin. Qovoqdoshlar oilasiga mansub 
o‘simliklar asosan yerga yoyilib yoki palak yozib o‘suvchi bir yillik yoki ko‘p yillik 
Таянч иборалар: қовоқдошлар оиласи, техник қовоқдошлар, қовун 
авлоди, тарвуз авлоди, қовоқ авлоди, навлар, қовуннинг тур ҳиллари, 
тарвузнинг экологик гуруҳлари, қовоқнинг турлари.


215 
o‘tsimon o‘simliklardir, yarim butalar yoki butalar juda kamdan-kam hollarda 
uchraydi. Ko‘pchilik turkumlarga mansub o‘simliklarning harakterli belgisi ularda 
jingalaklar borligidir, mevasi ba’zan haddan tashqari katta bo‘ladigan qovoqmeva. 
Urug‘lari juda ko‘p bo‘lib, endospermsiz, to‘g‘ri murtakli va yassi bo‘ladigan 
yirik urug‘pallali. 
Qovoqdoshlar oilasiga mansub o‘simliklarning tahminan 20 turi ekiladi. Qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarishida bular qanday maqsadlarda ishlatilishiga qarab uch 
guruhga ajratiladi: 
1. Poliz ekinlari, bularning yetilgan mevalari oziq-ovqatga ishlatiladi. Bu 
guruhga dunyo bo‘yicha keng tarqalgan va O‘zbekistonda ommaviy ravishda 
ekiladigan 3 turkumga mansub o‘simliklar kiradi: 
1) Qovun turkumi — Melo Adans: 2) tarvuz turkumi — Citrullus Schrad.; 3) 
qovoq turkumi — Cucurbita L. . 
2. Qovoqdosh sabzavotlar, bularning shakllanayotgan, ko‘k va hali pishib 
yetilmagan mevalari oziq-ovqat sifatida iste’mol qilinadi. Bu guruhning eng keng 
tarqalgan vakillariga bodring turkumi — Cucumis L. klassik misol bo‘ladi. Bu 
turkumga mansub madaniy bodring — Cucumis sativus L. turining o‘nlab navlari 
O‘zbekistonda ochiq va himoyalangan maydonlarda ekiladi. Shuningdek, yana bir tur 
G‘arbiy Xindiston bodringi yoki Anguriya bodringi —Cucumis anguria L. turi ham 
ekiladi. Bodringlarning vatani Hindiston va Hindixitoyning tropik o‘lkalaridir. 
Bu guruhga Respublikamizda ekiladigan kabachki, patisson va kruknek 
o‘simliklari ham kiradi. Bu uchchala ekin ham qovoq turkumining Cucurbita rero L. 
turiga mansubdir: S. rero var. patisson Duch. — patisson, yoki kulchaqovoq, S. rero 
var. giraumons Duch. — kabachki va S. rero var. crucnek Duch. — kruknek yoki 
qiyshiqbo‘yin. Yana Cucurbita ficifolia Bouche. — malabar qovog‘i ham ba’zan 
ekiladi. Bulardan tashqari Sechium edule Swartz — chayot yoki Meksika bodringi, 
Momordica charantia L. — momordika yoki sariq bodring, Ttichosanthes anguria L. 
— ilonbodring, Melo flexuosus Pang. — tarrak, Benincasa hispida L. — mumli qishki 
qovoq yoki hind qovog‘i. Lagenaria Ser. va Luffa Mill, turkumiga mansub ba’zi bir 
navlar yosh va ko‘k mevalari ayrim hollarda sabzavot sifatida iste’mol qilinadi. 
3. Texnik qovoqdoshlar, bularning yetilgan mevalaridan ro‘zg‘or buyumlari 
tayyorlash uchun foydalaniladi, ba’zan manzarali o‘simlik sifatida ham ekiladi. 
O‘zbekistonda Lagenaria Ser. turkumiga mansub 1 tur vakillari ekiladi. Bu Lagenaria 
vulgaris Ser. — gorlyanka, tomoshaqovoq yoki idish qovoqdir. Lagenaria — 
lagenariyaning asl vatani Afrikadir. Luffa Mill. — lyuffa yoki qozonyuvgich turkumi, 
vatani esa Janubiy Osiyodir. Respublikamizda Luffa cylindrica (L.) M. Roem. — 
silindrsimon lyuffa, L. acutangle L. — qirrali lyuffa, qozonyuvgich ekiladi. 
Yuqorida tilga olib o‘tilgan qovoqdoshlarga mansub o‘simliklardan chayot 
tuganaklar hosil qiladigan ko‘p yillik, qolganlarining hammasi bir yillik o‘simlikdir. 
Mamlakatimizda bodring, xo‘raki va xashaki tarvuz, qovun, qovoq, kabachki va 
patisson hammadan ko‘ra ko‘proq tarqalgan. Bu oilaning qolgan vakillari amaliy 
jihatdan olganda uncha katta ahamiyatga ega emas. Qovoqdosh o‘simliklarning kam 
tarqalgan xillaridan Markaziy Osiyoda quyidagilar ekilishi mumkin. 


216 

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish