211
davrida qum bosishiga ayniqsa sezgir bo‘ladi. Shuning uchun egat olish ishlarini
barvaqt o‘tkazgan ma’qul.
Polizchilikning janubiy mintaqalarida tuproqni quritib yuboradigan va uning
eroziyasiga sabab bo‘ladigan shamollardan, shimoliy mintaqalarda esa sovuq
shamollardan o‘simliklarni saqlash uchun poyasi baland bo‘lib o‘sadigan bir yillik
o‘simliklardan, yashil to‘siqlar, ya’ni kulisalardan foydalaniladi (makkajo‘xori, sorgo,
kungaboqar). Kulisalar bir-biridan 18-25 m nari oralatib, 1-3 qatorli qilib ekiladi.
Kulisalar orasidagi ochiq joylarda shamol kuchi susayadi, jazirama yoz kunlarida esa
harorat pasayib, havo namligi bir qadar oshadi.
Ekinning gullash fazasida harorat yuqori bo‘lib, issiq shamollar esib turadigan
bo‘lsa, gul changi hayotchanligini tez yo‘qotib qo‘yadi. O‘simlik gullari nektarni kam
chiqaradi, bu esa gulni changlatuvchi hashoratlar kelishini kamaytirib, urug‘chi
gullarning normal urug‘lanmasligiga, natijada urug‘lar puch, mevalar mayib-majruh
bo‘lib, hosildorlik kamayib ketishiga sabab bo‘ladi. Ana shunday sharoitlarda urug‘chi
gullarni sun’iy ravishda qo‘shimcha changlatish hosildorlikning anchagina ortishiga
yordam beradi. Tarvuz bilan qovun gullarini 3-5 kun oralab turib, 5-6 marta sun’iy
ravishda changlantirilganida tarvuz hosildorligi 90 foizga, qovun hosildorligi 20,
qovoq hosildorligi 40-150 foizga ortadi. Ayni vaqtda, yirik va sifatli mevalar soni ham
ancha ko‘payadi.
Qo‘shimcha changlatishni o‘simliklarda birinchi urug‘chi va germafrodit gullar
paydo bo‘lganidan to kiyg‘os gullash davri tugagunicha o‘tkazish kerak, bu taxminan
2-3 haftaga to‘g‘ri keladi. Soat 7 dan soat 10-11 gacha bo‘lgan vaqt changlash uchun
eng yaxshi muddat bo‘lib hisoblanadi. Havo harorati bilan namligi yuqori bo‘lsa,
qo‘shimcha changlash ishlarini ertalabki soatlarda o‘tkazish maqsadga muvofik emas.
O‘simliklarni qo‘shimcha ravishda sun’iy yo‘l bilan changlash ko‘p mehnatni
talab qoladi, shuning uchun uncha rasm bo‘lgan emas. Polizlarga ekin qiyg‘os
gullagan davrda asalari uyalarini joylashtirish yo‘li bilan gullarning changlanib, meva
tugishini sezilarli ravishda oshirish mumkin.
Poliz ekinlarida yuzaga keladigan urug‘chi gullar sonini ko‘paytirish, ularning
hosildorligini oshirish maqsadida ekinlar 2-3 ta chin barg chiqargan paytda ularga
o‘sish regulyatorlari - etefonat kislota unumlari — etrel, gidrel, kampozan, etefonat va
boshqalarning 100-450 mg/l konsentratsiyadagi eritmalari purkaladi. Tripodbenzoat
kislota (100 mg/l), maleinoz kislota gidridi (50-200 mg/l), SSS (50-1000 mg/l),
morfoaktini (25-50 mg/l), gibberellin, naftilasetat kislota va boshqalardan foydalanish
ham yaxshi natija beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: