Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik


 Poliz ekinlarini parvarish qilish



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

4.6. Poliz ekinlarini parvarish qilish 
Poliz ekinlariga qilinadigan parvarish tuproq qatqalog‘iga qarshi kurashish
ekinlarni yaganalash, qator oralarini ishlash, ekinlarni sug‘orish, palaklarini to‘g‘rilab 
qo‘yish, begona o‘tlar, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashish va boshqa 


209 
ishlarni (ekin palaklarini ko‘mib qo‘yish, mevalarni ag‘darib qo‘yish va (boshqalarni) 
o‘z ichiga oladi. 
Qatqaloqqa qarshi kurash va yaganalash. Poliz ekinlari o‘rtacha va og‘ir 
tuproqlarga ekilgan va yog‘in-sochin ko‘p tushgan paytlarda yerda qatqaloq paydo 
bo‘lish xavfi tug‘iladi. Yer qatqalog‘i suv rejimini izdan chiqarib, tuproq aeratsiyasini 
yomonlashtirib qo‘yadi, nihollardan bir qismining nobud bo‘lishiga va ekinlarning 
juda siyraklashib qolishiga olib kelishi mumkin. 
Qatqaloqni yo‘qotish uchun ba’zan maysalar paydo bo‘lmasdan ilgari ekin 
maydoni yengil boronalar bilan yoppasiga boronalab chiqiladi. Bu boronalarning 
tishlari oshiq-moshiqli bo‘lgani uchun yer yuzasining shaklini buzmaydi. Ekinlar unib 
chiqmasdan ilgari yerni traktor kultivatorlari bilan yuza kultivatsiya qilib chiqish nam 
tuproq qatqalog‘ini yo‘qotishda yaxshi natija beradi. Qatqaloqni poliz ekinlari 
maysalari unib chiqmasidan oldin yo‘qotish uchun to‘rt g‘ildirakli chopiq traktorlariga 
o‘rnatilib, soatiga 5-7 km tezlikda ishlaydigan MVN-2,8 va MBX-5,4 rusumli 
rotatsion motigalar qo‘llaniladi. 
Ekinlar unib chiqqanidan keyin tuproq qatqalog‘ini yo‘qotish uchun poliz 
ekinlariga mo‘ljallangan KNB 5,4 rusumli osma kultivatordan foydalanish mumkin. 
Unga ekish sxemasiga qarab, qatorning har tomoniga bittadan to‘g‘ri keladigan qilib, 
kerakli sondagi ishchi organ seksiyalari osiladi. Har bir seksiyaga qator markazidan 5-
6 sm nariga to‘g‘ri keladigan qilib, rotatsion motiga o‘rnatiladi. Rotatsion motiga 
shunday o‘rnatiladiki, toki aylanganida tishlarining tuproqdan chiqish paytida tuproq 
harakat yo‘nalishi bo‘ylab sochilib boradigan bo‘lsin. Motigani o‘rnatish chuqurligi 3-
5 sm, harakatlanish tezligi soatiga 7-8 km. Agregatning ish unumi soatiga 3-4 ga. 
Ekinlar qator oralari 180 sm dan uch qatorli qilib joylashtirilgan bo‘lsa, rotatsion 
motigalarni poliz ekinlariga mo‘ljallangan MUB-5,4 markali universal mashinaga 
o‘rnatish mumkin. Poliz ekinlariga mo‘ljallangan maxsus texnika bo‘lmaganida 
qatqaloqni yumshatish uchun KRN-4,2, KRN-5,6, KRX-3,6 markali kultivatorlar 
komplektiga kiradigan rotatsion motigalardan foydalansa bo‘ladi. Qatqaloqni 
yo‘qotish ishini yerning qotib qolishiga yo‘l qo‘ymasdan, yer avji yetilgan mahalda 
o‘tkazish kerak. 
Birinchi yagana 
ekinlar birinchi chinbarg chiqaradigan fazada 
o‘tqaziladi. Bunda har bir chuqurchada ikkita o‘simlik qoldiriladi. Ikkinchi yagana 
o‘simliklarning chinbarglari 4-5 ta bo‘lgan fazada, ya’ni birinchisidan 2-3 hafta keyin, 
chuqurchada bir tup o‘simlik qoldirilib o‘tqaziladi. Qo‘shni chuqurchada maysa 
chiqmay qolgan yoki o‘simliklar qalinligini oshirish zarur bo‘lgan mahallarda ikkinchi 
yagana paytida har uyada ikkitadan o‘simlik qoldiriladi. Birok uyada ikkita o‘simlik 
qoldirish hosildorlikni sezilarli darajada oshirmasligini, ammo hosil bo‘ladigan 
mevalarning o‘rtacha og‘irligini kamaytirib qo‘yishini nazarda tutish kerak. Bundan 
tashqari, yorug‘lik sharoitlari ham yomonlashib, mevalarning shiradorligi kamayib 
ketishiga sabab bo‘ladi. 

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish