Nazorat savollar:
1.
Poliz ekinlari uchun qaysi ekinlar yaxshi o‘tmishdosh bo‘ladi?
2.
Qovun va tarvuz uchun qanday tuproqlar tanlanadi?
3.
Yerga asosiy ishlov berishda qaysi mashina va mexanizmlardan foydalaniladi?
4.
O‘g‘itlarning miqdorini belgilashda nimalarga e’tibor berish kerak?
5.
Poliz ekinlarida qaysi kasalliklar uchraydi?
24-mavzu. Poliz ekinlarining botanik tasnifi va navlari
Reja:
1.
Qovoqdoshlar oilasi botanik tasnifi.
2.
Qovun Melo Adans tavsifi.
3.
Tarvuz CitruIIus Schrad tavsifi.
4.
Qovoq Cucurbita L tavsifi.
2.1. Qovoqdoshlar oilasi botanik tasnifi
Poliz ekinlari Qovoqdoshlar (Cucurbitaceae Juss) oilasiga kiradi. Qovoqdoshlar
yopiq urug‘li o‘simliklarning eng katta oilalaridan biri bo‘lib, 103 ta turkum va 1100
ga yaqin turlarni o‘z ichiga oladi. Bularning ko‘pchiligi tropik va subtropik
mintaqalarda tarqalgan, ayrim vakillarigina mo‘tadil iqlimli xududlarda uchraydi. Bu
oilaning ekologik areali nihoyatda katta. Uning vakillarini nam tropik o‘rmonlarda
ham, suvsiz cho‘llarda ham uchratish mumkin. Qovoqdoshlar oilasiga mansub
o‘simliklar asosan yerga yoyilib yoki palak yozib o‘suvchi bir yillik yoki ko‘p yillik
Таянч иборалар: қовоқдошлар оиласи, техник қовоқдошлар, қовун
авлоди, тарвуз авлоди, қовоқ авлоди, навлар, қовуннинг тур ҳиллари,
тарвузнинг экологик гуруҳлари, қовоқнинг турлари.
215
o‘tsimon o‘simliklardir, yarim butalar yoki butalar juda kamdan-kam hollarda
uchraydi. Ko‘pchilik turkumlarga mansub o‘simliklarning harakterli belgisi ularda
jingalaklar borligidir, mevasi ba’zan haddan tashqari katta bo‘ladigan qovoqmeva.
Urug‘lari juda ko‘p bo‘lib, endospermsiz, to‘g‘ri murtakli va yassi bo‘ladigan
yirik urug‘pallali.
Qovoqdoshlar oilasiga mansub o‘simliklarning tahminan 20 turi ekiladi. Qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishida bular qanday maqsadlarda ishlatilishiga qarab uch
guruhga ajratiladi:
1. Poliz ekinlari, bularning yetilgan mevalari oziq-ovqatga ishlatiladi. Bu
guruhga dunyo bo‘yicha keng tarqalgan va O‘zbekistonda ommaviy ravishda
ekiladigan 3 turkumga mansub o‘simliklar kiradi:
1) Qovun turkumi — Melo Adans: 2) tarvuz turkumi — Citrullus Schrad.; 3)
qovoq turkumi — Cucurbita L. .
2. Qovoqdosh sabzavotlar, bularning shakllanayotgan, ko‘k va hali pishib
yetilmagan mevalari oziq-ovqat sifatida iste’mol qilinadi. Bu guruhning eng keng
tarqalgan vakillariga bodring turkumi — Cucumis L. klassik misol bo‘ladi. Bu
turkumga mansub madaniy bodring — Cucumis sativus L. turining o‘nlab navlari
O‘zbekistonda ochiq va himoyalangan maydonlarda ekiladi. Shuningdek, yana bir tur
G‘arbiy Xindiston bodringi yoki Anguriya bodringi —Cucumis anguria L. turi ham
ekiladi. Bodringlarning vatani Hindiston va Hindixitoyning tropik o‘lkalaridir.
Bu guruhga Respublikamizda ekiladigan kabachki, patisson va kruknek
o‘simliklari ham kiradi. Bu uchchala ekin ham qovoq turkumining Cucurbita rero L.
turiga mansubdir: S. rero var. patisson Duch. — patisson, yoki kulchaqovoq, S. rero
var. giraumons Duch. — kabachki va S. rero var. crucnek Duch. — kruknek yoki
qiyshiqbo‘yin. Yana Cucurbita ficifolia Bouche. — malabar qovog‘i ham ba’zan
ekiladi. Bulardan tashqari Sechium edule Swartz — chayot yoki Meksika bodringi,
Momordica charantia L. — momordika yoki sariq bodring, Ttichosanthes anguria L.
— ilonbodring, Melo flexuosus Pang. — tarrak, Benincasa hispida L. — mumli qishki
qovoq yoki hind qovog‘i. Lagenaria Ser. va Luffa Mill, turkumiga mansub ba’zi bir
navlar yosh va ko‘k mevalari ayrim hollarda sabzavot sifatida iste’mol qilinadi.
3. Texnik qovoqdoshlar, bularning yetilgan mevalaridan ro‘zg‘or buyumlari
tayyorlash uchun foydalaniladi, ba’zan manzarali o‘simlik sifatida ham ekiladi.
O‘zbekistonda Lagenaria Ser. turkumiga mansub 1 tur vakillari ekiladi. Bu Lagenaria
vulgaris Ser. — gorlyanka, tomoshaqovoq yoki idish qovoqdir. Lagenaria —
lagenariyaning asl vatani Afrikadir. Luffa Mill. — lyuffa yoki qozonyuvgich turkumi,
vatani esa Janubiy Osiyodir. Respublikamizda Luffa cylindrica (L.) M. Roem. —
silindrsimon lyuffa, L. acutangle L. — qirrali lyuffa, qozonyuvgich ekiladi.
Yuqorida tilga olib o‘tilgan qovoqdoshlarga mansub o‘simliklardan chayot
tuganaklar hosil qiladigan ko‘p yillik, qolganlarining hammasi bir yillik o‘simlikdir.
Mamlakatimizda bodring, xo‘raki va xashaki tarvuz, qovun, qovoq, kabachki va
patisson hammadan ko‘ra ko‘proq tarqalgan. Bu oilaning qolgan vakillari amaliy
jihatdan olganda uncha katta ahamiyatga ega emas. Qovoqdosh o‘simliklarning kam
tarqalgan xillaridan Markaziy Osiyoda quyidagilar ekilishi mumkin.
216
Do'stlaringiz bilan baham: |