Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik


-rasm.  Kassetalarni tayyorlash va ularga urug‘larni ekish tizimi



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

12-rasm.
 Kassetalarni tayyorlash va ularga urug‘larni ekish tizimi
 
O‘zbekistondagi himoyalangan yerlar uchun bodring va pomidor 
ko‘chatlari o‘stirishning xususiyatlari.
O‘zbekistonda pomidor va bodring kuzgi-
qishki, qishki-bahorgi va o‘tuvchan aylanish mavsumlarida qishki issiqxonalarda 
yetish-tiriladi. Bu aylanishlarning boshlanishidagi harorat sharoitlari va yoritil-ganlik 
darajasi bilan sezilarli farq qiladi. Shu sababli ko‘chat yetishtirishning davomiyligi 
turli aylanishlarda bir xil emas. 
Kuzgi-qishki aylanishda bodring doimiy joyiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri urug‘ bilan 
eqiladi. Ayrim hollarda bodring urug‘larini iqtisod qilish maqsadida kuzgi-qishgi va 
o‘tuvchan mavsumdalarda 2-3 chinbargli 15-20 kunlik ko‘chatlardan ekila-di. 
O‘tuvchan va qishki-bahorgi mavsumda bodring faqat ko‘chatidan yetishtiriladi. 
Bodring ko‘chati qishki-bahorgi aylanishda ekish uchun tayyorlanadi, bunda ko‘chat-
lar 10 yanvardan 10 fevralgacha eqiladi va ko‘chat 30-35 kun mobaynida tayyorlana-
di. O‘tuvchan mavsumda ko‘chatlar 20-25 kun mobaynida yetishtirilib noyabr oyining 
boshlaridan o‘tkaziladi. 
Pomidor barcha aylanishlarda albatta ko‘chatdan eqiladi. Yorug‘likni yetarli 
bo‘lishi sababli kuzgi-qishki aylanish uchun ko‘chat yetishtirishni davom etishi 30-35 
kunni, o‘tuvchan mavsum uchun esa 35-40 kunni tashqil etadi. Qishki-bahorgi 
aylanish, yorug‘lik sharoitining eng yomon davriga to‘g‘ri kelib, u dekabr-yanvar oy-
larining yarmidan boshlanadi. Bu aylanish uchun pomidor ko‘chati oynavand issiq-
xonalarda 60-70 va plyonkalilarda – 50-60 kun mobaynida tayyorlanadi. 
Bahorgi isitilmaydigan issiqxonalar va vaqtinchali plyonkali tonnel qur-ilmalar 
uchun pomidor, bodring va boshqa ekinlarning ko‘chatlari xuddi ochiq yer uchun 
tayyorlangandek yetishtiriladi, ammo 2-3 hafta ertaroq. O‘zbekistonda ko‘kat 
sabzavotlar ko‘chatidan foydalanmagan holda, urug‘ini to‘g‘ridan-to‘g‘ri inshoot-
larning tuprog‘iga ekib yetishtiriladi. 
Qishki-bahorgi aylanish uchun ko‘chatlar isitiladigan oynavand yoki plyonka-li 
ko‘chat o‘stiriladigan issiqxonalarda yoki ularning ko‘chat bo‘limida yetishtir-iladi. 
Kuzgi-qishki va o‘tuvchan aylanish mav-sumlari uchun pomidor va bodring 


69 
ko‘chatlari bo‘sh turgan oynavand issiqxonalarda yetish-tiriladi, bunda virus tashuvchi 
ayrim hasho-ratlar uchib kirishini oldini olish maqsadida darchalari zich to‘r bilan 
qoplanadi. Ayrim hollarda ko‘chat yetishtirish uchun katta hajmli tonnellar ustiga 
o‘sha maqsadda zich to‘qilgan to‘r qoplanib jihozlanadi (53-rasm). 
Bodring va pomidor ko‘chatlarini qishki-bahorgi aylanish uchun o‘stirishning 
xususiyatlari.
Urug‘ eqilgan yoki maysalar pikirovka qilingan tuvakchalar yoki 
kubiklar kengligi 1,4-1,6 m lenta shaklda, orasida 40-50 sm yo‘lka qoldirilgan 
issiqxona tuprog‘i yangi, yupqa polietilen plyonka ustiga terib qo‘yiladi. Tuvakchalar 
oralig‘idagi bo‘shliq oziqali aralashma bilan to‘ldiriladi. Namlik va haroratni saqlash 
uchun lentalar ustiga yangi, yupqa toza plyonka yopiladi. Agar ko‘chat torfoblokda 
yetishtirilsa, ular yerga terib qo‘yilgandan so‘ng urug‘ ekilgo‘n-icha, ikki-uch kun 
mobaynida leyka yoki 1-1,5 soatda bir marta 1-2 daqiqa yomg‘irla-tib sug‘orish 
moslamasi yordamida namlab turiladi. 
Urug‘larni bir vaqtda unib chiqishi uchun urug‘lar unib chiqqo‘nga qadar haro-
ratni bodring uchun 27°S, pomidor uchun esa 24°S da saqlab turiladi. Nihollar to‘liq 
hosil bo‘lgandan so‘ng plyonka yig‘ishtirib olinadi, harorat 4-5 kun mobay-nida 
bodring uchun kunduz kuni 20-22°S gacha, tunda 14-16°S ga, pomidor uchun esa shu 
tariqa 16-18 va 12-14°S gacha pasaytiriladi. 
Keyinchalik bodring ko‘chati quyoshli kunlarida – 20-23, bulutli kunlarda – 19-
20, tunda – 18-20°S da, pomidor ko‘chat sho‘nga muvofiq ravishda 20-22°S, 18-19 va 
15-17°S haroratda o‘stiriladi. Bodring ko‘chati o‘stirilayotganda havoning nis-biy 
namligi 70-75%, pomidor uchun esa 60-70% ni tashqil etishi kerak. 
Yilning barcha oylari ichida dekabr va yanvarda eng kam yoritilganlik kuza-
tiladi. O‘zbekiston sharoitda u katta yoshdagi o‘simliklar uchun ayrim hollarda 
ko‘chatlar uchun ham yetarlidir. Sifatli ko‘chat olish uchun elektr yordamida qo‘sh-
imcha yoritishni qo‘llash samaralidir. Elektr yordamida yoritish elektr energiyasi 
uchun katta mablag‘ talab etadi. Shuning uchun uni (tejab) iqtisod qilib foydala-nish 
kerak. U tabiiy yorug‘likka qo‘shimcha sifatida qo‘llanishi lozim. Tabiiy va sun’iy 
yoritishlarning umumiy davomiyligi 14-16 soatni tashqil etishi kerak. Kun qanchalik 
uzo‘n bo‘lsa, elektr yordamida yoritish shunchalik qisqa bo‘ladi. Elektr yoritgichlari 
yordamida qo‘shimcha yoritishni nisbiy quvvati bodring uchun: ko‘chatlarni yerga 
terib qo‘yilgunicha 240, undan so‘ng – 120 Vt/m
2
; pomidor maysa-zorida – 400, 
pikirovka qilinganidan keyin – 240 va yerga terib chiqilganidan so‘ng – 120 Vt/m
2
tashqil qilishi kerak. 
Ko‘chatlarni qayta tarqatib joylashtirish qatordagi o‘simliklar bir-biriga 
tegaboshlaganda, ya’ni bodringda nihollar unib chiqqandan so‘ng ikki xafta o‘tgach, 
pomidorda esa pikirovka qilinganidan so‘ng 2,5-3 hafta o‘tgach amalga oshiriladi. 
Ko‘chatlar yoyib qo‘yilganda 1 m
2
maydonda 20-30 o‘simlik joylashtiriladi. Tuvak-
chalar tuproq yuziga oldindan dezinfeksiyalangan plyonka to‘shalgan yoki urug‘ 
eqiladigan yashiklarda joylashtiriladi. Tuvakchalar orasidagi bo‘shliq tuproq 
aralashmasi bilan to‘ldiriladi.
 
Ko‘chatlarni yetishtirishda ortiqcha (zahira) qoldirish ko‘zda tutiladi, u talab 


70 
etiladigan umumiy miqdoridan 10% ko‘p tayyorlanishi kerak. Ko‘chatlarning umumiy 
soniga talab ularni oziqlanish maydoni va o‘stiriladigan o‘simliklarga bog‘liq. 
Bodringni partenokarpik navlari yetishrilganda o‘simliklar katta oziq-lanish 
maydonini talab qiladi, shu bois kichik oziqlanish maydonini talab qiluvchi ari bilan 
changlanadigan navlarga qaraganda ko‘chatga talab ham kamroq. 
Qishki-bahorgi aylanish mavsumi uchun bodring va pomidor ko‘chatlarini 
yetishtirishda issiqxona havosida karbonat angidridi gazini 0,10-0,15% gacha yetkazib 
o‘simliklarni oziqlantirish yaxshi natija beradi. 
Ko‘chatlarni yetishtirishda tuvakchalar namligi 75-80% NV darajada saqlab 
turiladi. O‘simliklar harorati 25-28°S bo‘lgan iliq suv bilan sug‘oriladi. O‘simliklar 
sug‘orilganda azotli o‘g‘itlarni yuvilib ketishini, hisobga olib ko‘chatlarni yetishtirish 
davrida eritma konsentratsiyasi 0,5% bo‘lgan azotli o‘g‘it-lar bilan 1-2 marta 
oziqlantiriladi. 
Qishki-bahorgi aylanish uchun ko‘chat yetishtirish davrining davomiyligi, urug‘ 
eqilgandan doimiy joyiga o‘tkazilgo‘ncha: bodringda – 30-35 kunni, oynavand 
issiqxonalardagi pomidorda – 60-70 va plyonkalilarda – 50-60 kunni tashqil etadi. 
Chet elda bodring ko‘chatlarini yetishtirishning ko‘pgina yangi ilg‘or usullari 
qo‘llanilmoqda. Bu yerda ko‘chat pikirovka usulida yetishtirilib, oldindan 5

5

5 sm 
o‘lchamli maxsus lotoklar va kassetalarda tayyorlangan maysalar tuprog‘i bilan 
substratga ko‘chirib o‘tkaziladi. 
Bodring ko‘chatalri bu yerda stoldan kassetalarda, ko‘chatchilik birlashmalarda 
mineral tolali kubiklarda yetishtiriladi. Qishki-bahorgi aylanishda o‘simlik-lar uchun 
yorug‘lik yetarli bo‘lmaganida ko‘chatlarni oziqlanish maydonini ko‘pay-tirish uchun 
ularni yoyib qo‘yishdan foydalaniladi (54-rasm). 
Kuzgi-qishki va o‘tuvchan aylanishlar uchun pomidor ko‘chati yetishtirishning 
xususiyatlari.
Bu aylanishlarni boshlarida tashqi muhit harorati yuqori bo‘ladi va bu 
davrda isitishga zaruriyat bo‘lmaydi. Shuning uchun bu aylanishda ko‘pincha bodring 
urug‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri issiqxona tuprog‘iga ekib yetishtiriladi. Bodring ko‘chati bu 
aylanishlar uchun ayrim xollardagina yetishtiriladi. 

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish