Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

Urug‘lik mevalarni yig‘ib olish.
 
Poliz ekinlari urug‘larining ekinboplik va 
hosildorlik sifatlari ularning nechog‘lik yetilganiga bog‘liq. Urug‘lar yetilib borar 
ekan, ularning unuvchanligi va unib chiqish quvvati eng yuqori darajaga yetadi, o‘zi 
to‘lishib, tarkibidagi quruq moddalar miqdori ortadi, suv miqdori kamayib qoladi. 
To‘la yetilgan qovun va qovoq urug‘larida 30-40 foiz, tarvuz urug‘larida esa 50-51 
foiz nam bo‘ladi. Urug‘larni ham xuddi ana shu vaqtda mevalardan ajratib olish kerak. 
Yetilmay kolgan urug‘lar yaxshigina unuvchan bo‘lsa ham, unib chiqish energiyasi 
jihatidan yetuk urug‘lardan orqada turadi, hosildorlik sifatlari jihatidan esa, mevalar 
10-20 kun saqlab qo‘yilganida ham, yetuk urug‘lardek bo‘la olmaydi. O‘zbekiston 
sharoitlarida mevalash fazasi, ya’ni mevalar tugilgan paytidan to pishib yetilgunicha 
qovun va tarvuzda oradan 40-50, yirik mevali qovoqda 60 va muskat qovoqda 70-80 
kun o‘tadi. 
O‘zbekistonning sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitlarida yer uchastkasini 
barvaqt bo‘shatib olish, takroriy yoki oraliq ekinlarni yetishtirishga, shuningdek 
dalalarning ko‘p yillik begona o‘tlardan yaxshiroq tozalanib, tuprog‘ini sifatli qilib 
tayyorlab olishga imkon beradi. Shu munosabat bilan poliz ekinlarining urug‘lik 
mevalarini barvaqt yig‘ib olib, keyin urug‘ning obdon yetilib olishi uchun ularni 
yetiltirib 
qo‘yish, sug‘oriladigan yerlardan maqsadga muvofiq ravishda 
foydalanishning samarali yo‘lidir. Ob-havo sharoitlari noqulay kelganida, ekish 
kechikib ketadigan paytlarda, janubiy mintaqalarda esa poliz ekinlari takroriy ekin 
sifatida ekilganida ham bu usul yuqori sifatli ypyg‘ olishning ishonchli usuli bo‘lib 
xizmat qilishi mumkin. 
Urug‘larni ajratib olish.
 
Kichikroq partiyadagi tarvuz urug‘lari mevalaridan 
qo‘lda ajratib olinadi. Urug‘i olinadigan mevalar kesib ikkiga bo‘linadi-da, keyin 
pallalari bochka ustiga o‘rnatilgan qovurg‘ali bolvankadan o‘tkaziladi. Tarvuzning 
po‘stidan ajratilgan eti va urug‘lari ko‘zlarining kattaligi 3-4 mm keladigan elakdan 
o‘tkaziladi. Katta partiyadagi tarvuz urug‘lari IBK-5 va IBK-5A rusumli meva 
maydalagichlar yordamida mevalaridan ajratib olinadi. Bu mashinalar mevalarni 
mayda-mayda qismlarga maydalab, groxot va ezgich barabanda ularni turp, tarvuz 
suvi va urug‘larga ajratadi. 


240 
Qovun urug‘lari mevalardan qo‘lda ajratib olinadi. Mevalarni kesib, qoq ikkiga 
bo‘linadi yoki yon tomondan uchburchak teshik ochiladi. Urug‘larni meva ichidan 
plasentalari bilan birga metall qoshiqlar bilan ajratib olinadi. 
Qovun va tarvuz urug‘lari mevalardan ajratib olinganidan keyin katta yoki 
kichikrok bochkalarda o‘z suvi bilan bijg‘itib qo‘yiladi. Bijg‘itish 20°S haroratda — 4 
kun, 30°S haroratda — 2 kun davom etadi. Bijg‘itib bo‘linganidan keyin urug‘lar 
ko‘lda yoki MOS-300 markali mashinada yuvib olinadi. 
Kam miqdordagi qovoq mevalaridan urug‘lari qo‘lda ajratib olinsa, (mevasi qoq 
ikkiga bo‘linib, urug‘lari qoshik bilan urug‘ kamerasidan chiqarib olinadi), ko‘p 
miqdordagi qovoq mevalarining urug‘lari IBK-5A rusumli mashina yordamida ajratib 
olinadi. Ajratib olingan qovoq urug‘lari tez yuvilib, quritiladi. 

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish