Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik


Navni tozalash va aprobatsiyadan o‘tkazish



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

Navni tozalash va aprobatsiyadan o‘tkazish.
 
Yetishtirilayotgan navning tozaligi 
yuqori bo‘lishini ta’minlash uchun urug‘lik ekinlarda vegetatsiya davri mobaynida 
albatta 2-3 marta tozalash ishlarini o‘tkazish kerak. Navni tozalash va urug‘lik uchun 
mos keladigan o‘simliklarni tanlash ishlari ekinni 1-2 chinbarg fazasida yaganalashdan 
boshlanadi. Birinchi yaganada sust rivojlangan va kasallangan o‘simliklar yulib 
tashlanadi. Ikkinchi yagana ekin gulga kirishi oldidan o‘tkaziladi. Bunda zaif va kasal 
tekkan o‘simliklar, shuningdek aralashib qolgan boshqa navli o‘simliklar olib 
tashlanadi. Boshqa nav o‘simliklari tashqi belgilariga: tupining gabitusi, barg 
yaproklarining katta-kichikligi va shakli, g‘unchalarining va gullarining morfologik 
belgilariga va boshqalariga qarab ajratib olinadi. Ayni vaqtda kishdan chiqqan 
urug‘lardan ungan o‘simliklar ham yulib tashlanadi. Bunday o‘simliklar bir muncha 
kuchli rivojlangani bilan ajralib turadi va aksari ekin qatorlaridan tashqarida usayotgan 
bo‘ladi. 
Uchinchi yagana, ya’ni uchinchi bor nav tozalash ishlari o‘simliklar meva 
tugishga kirishgan paytda o‘tkaziladi. Bunda shakllanayotgan mevalarning shakli, 
rangi va naqshi jihatidan navga mos kelmaydigan o‘simliklar yulib tashlanadi. Nav 
tozalash ishlarining oxirgisi hosilni yig‘ishtirib olish oldidan o‘tkaziladi va bunda 
mevasi navga xos bo‘lmagan, shuningdek kasal tekkan o‘simliklar olib tashlanadi. 
Qo‘shimcha tekshirish va saralash ishlari mevalardan urug‘larni ajratib olish, 
shuningdek urug‘lar bo‘yicha, urug‘larni ajratib olish paytida o‘tkaziladi. 
Navni yaxshilaydigan tanlash ishlari.
 
Poliz ekinlari urug‘chiligi seleksiya 
jarayonining asosi bo‘lib hisoblanadi va navni ko‘paytiriщdan tashqari, uni yaxshilab 


234 
borish vazifasini ham o‘z oldiga qo‘yadi. Unga navni tozalash ishlari bilan birga olib 
boriladigan uzluksiz yaxshilovchi tanlash usuli asos qilib olingan. Bu usul 
ko‘paytirilayotgan navlarning xo‘jalik uchun qimmatli bo‘lgan belgi-xususiyatlarini 
mustahkamlash va yaxshilab borish uchun qo‘llaniladi. Navning sifatini 
yaxshilaydigan tanlash ishlari urug‘chilikning barcha bosqichlarida olib boriladi. 
Ekiladigan urug‘lar reproduksiyasi nechog‘lik yuqori bo‘lsa, qo‘llaniladigan tanlash 
usullari ham shuncha murakkab bo‘ladi. Birinchi reproduksiya urug‘larini ishlab 
chiqarishda yalpisiga tanlash, elita va superelita urug‘larini yetishtirishda yalpisiga, 
rypyh-guruh va yakka tartibda tanlash usullari qo‘llaniladi.
Superelita urug‘larini olishda superelita ekinlaridan, shuningdek-elita ekinlardan 
va ayrim hollarda nav tozaligi jihatidan kamida birinchi toifaga mansub toza navli 
boshqa ekinlardan dastlabki o‘simliklar ajratib olinadi. Superelita ekinlaridan tanlab 
olinadigan superelita ko‘p deganda 6 foiz bo‘lishi kerak, elita ekinlar bilan navli 
ekinlardan esa faqat ayrim o‘simliklar ajratib olinadi, xolos. Superelita urug‘larni 
ishlab chiqarishda ayniqsa qimmatli belgilarini yanada yaxshilashni talab qiladigan 
navlar va noma’kul o‘zgarishlar paydo bo‘lib kolgan navlar uchun o‘simliklar "oila-
oila" qilib ekiladigan yakka tartibli tanlash usuli qo‘llaniladi. "Oila"larni baholashda 
yarimlar usulidan foydalaniladi. Bunda har bir avlod barcha belgilari bo‘yicha baholab 
chiqiladi. Keyin yana ko‘paytirish uchun eng yaxshi avlodlarning ekilmagan 
yarimlarining urug‘laridan foydalaniladi. 
Elita yetishtirishda dastlabki o‘simliklar superelita ekinlardan va ayrim hollarda 
toza navli ekinlardan ham ajratib olinadi. Superelita ekinlaridan ajratib olinadigan elita 
ko‘pi bilan 50 foiz bo‘lishi kerak. Elita va toza navli ekinlardan kamroq sondagi 
o‘simliklarni elita qilib ajratib olinadi. Navli ekinlarda nav tozalash ishlari 
o‘tkazilganidan keyin yaxshi rivojlangan, sog‘lom mevalarning hammasi urug‘lik 
maqsadlari uchun ishlatiladi. Ekinlarning ahvoli nechog‘lik yaxshi bo‘lsa, navli 
urug‘larni ajratib olish uchun mo‘ljallangan mevalar soni shuncha ko‘p bo‘lib chiqadi. 

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish