6.3. Mevada urug‘larning shakllanishi
Poliz ekinlarining urug‘lari morfologik va anatomik tuzilishi, kimyoviy tarkibi,
hosil bo‘lish, yetilish, saqlash va unib chiqish davrida urug‘larda bo‘lib o‘tadigan
fiziologik-biokimyoviy jarayonlar jihatidan bir-biriga ko‘p darajada yaqin turadi.
Urug‘lar urug‘kurtaklardan yuzaga keladi. Har bir mevada juda ko‘p
urug‘kurtaklar bo‘ladi. Uzbek 452 navli tarvuzning bitta mevasida 578 dona, 1 tup
o‘simlikda esa 1850 dona, Qo‘zivoy 30 navli tarvuzda shunga yarasha 641 va 1796
dona rosmana ypyg‘ hosil bo‘lsa, Ko‘kcha navli qovunda 701 va 2245 dona, Ispan 73
degan yirik mevali qovoq navida 161 va 482 dona, Palov kadi degan muskat qovoq
navida 338 va 879 dona ypyg‘ hosil bo‘ladi. Bundan tashqari 3-6 foiz miqdorida
yetilmagan urug‘lar ham bo‘ladi (X.Ch. Buriev, 1993).
Barcha poliz ekinlarining urug‘lari endospermsiz, ikki pallali. Urug‘ murtaklari
ikki palladan tashkil topgan, yirik, urug‘ning hamma oziq moddalari, bo‘lg‘usi
poyaning o‘sish nuqtalari, gipokotil va ildizchaning o‘sish nuqtalari shularda
joylashgan.
Poliz ekinlari urug‘ining po‘sti 3-4 qavat bo‘ladi: tashqi qavati - epidermis;
bulutsimon to‘qimasi - havo bilan to‘lgan g‘ovak hujayralardan iborat gipodermasi;
ypyg‘ po‘stiga qattiqlik berib turadigan terisimon hujayralar qavati; havo bilan to‘lgan
traxeidalardan iborat ichki qavati shular jumlasidandir. Qovun urug‘lari tashqi
qavatining pardasi yo‘q. Shu munosabat bilan bu urug‘larning yuzasi sidirg‘a
yog‘ochlangan, bir tusda bo‘ladi. Qovoq urug‘larida tashqi qavat bo‘ladi-yu, lekin
bulutsimon to‘qima qavati bo‘lmaydi. Bu qavat o‘rniga qovoq urug‘larida
hujayralarning shakliga qarab to‘rtta qatlamga ajraladigan va yog‘ochlangan qalin
qavat yuzaga keladi. Uning tagida yupqa tiniq to‘qima joylashgan bo‘ladi. Tarvuz
urug‘larining po‘sti 3 ta asosiy to‘qima qavatlaridan tashkil topgan. Tashqi qavati bir-
237
biriga qo‘shilib ketmagan va tarkibida qizil pigment bo‘ladigan bir qavat noziq polisad
hujayralardan iborat, urug‘ning rangi o‘sha pigment miqdoriga bog‘liq. Polisad
to‘qima tagida noto‘g‘ri shaklli hujayralardan va hujayralarning oralaridagi katta-katta
kamgaklardan iborat bulutsimon — parenxima to‘qima qatlami joylashgan. Urug‘
po‘stining pastki (uchinchi) qavati yog‘ochlangan qalin devorli hujayralardan tashkil
topgan, urug‘ po‘stining qattiq bo‘lishi birinchi va uchinchi qavat hujayralarga
bog‘liq.
Mevalar ona o‘simlik tupida turib pishganida yoki uzib olinib, sun’iy ravishda
yetiltirib qo‘yilganida urug‘larining og‘irligi ortib, ularning tarkibidagi quruq
moddalar, yog‘, oqsillar miqdori ko‘payib boradi, suv miqdori kamayib, urug‘larning
suv shimish xususiyati susayadi. Rosmana yetilganida tarvuz urug‘lari tarkibida 50-51
foiz, qovun bilan qovoq urug‘larida esa 30-40 foiz suv bo‘ladi. Ana shu vaqtda ularni
mevalardan ajratib olish kerak. Urug‘larni saqlashga qo‘yish uchun tarkibidagi suvni
6-10 foizgacha kamaytirish maqsadida ularni quritib olish lozim bo‘ladi.
Qovun, tarvuz va qovoq urug‘larining rivojlanishida 3 davr: shakllanish, to‘lishib
borish va yetilish davrlari tafovut qilinadi. Bu davrlarning har qaysisi o‘ziga xos
xususiyatlar va bir qancha belgilar majmuasi bilan ta’riflanadi.
Tugunchaning urug‘lanishidan boshlanib, 10-15 kun davom etadigan
shakllanish
davrida murtak kattaligi eng yuqori darajaga yetadi, ypyg‘ esa o‘ziga xos shaklga
kiradi. Bu davrda qovun urug‘larining namligi 85-92 va tarvuz urug‘larining namligi
75-89 foiz, unuvchanligi esa nolga teng bo‘ladi. Urug‘lar liqildoq-suyuq bo‘lib turadi.
1000 dona urug‘ massasi tarvuzda 20-30 g, qovunda 6 g ni tashkil etadi. Urug‘lar 20-
25 kunlik bo‘lgunicha 10 kuncha davom etadigan
to‘lishib borish
davrida quruq
moddalar juda ko‘p to‘planadi. Bu davr ikki bosqichga: urug‘lar sutsimon va
hamirsimon bo‘lib turadigan bosqichlarga bo‘linadi. Urug‘larning eni va qalinligi
yuqori darajaga yetadi. Murtak to‘qimasi to‘la-to‘kis shakllanib, ypyg‘ pardasini
to‘ldirib turadi. Urug‘ning shakli va rangi ham bir qadar o‘zgaradi. Bu davrning
oxirlariga kelib tarvuz urug‘larining namligi 66 foiz, unuvchanligi 10-15 foiz bo‘ladi,
1000 dona ypyg‘ massasi 94-125 g ga boradi, qovunda bu raqamlar tegishlicha 72, 12-
14 foizni va 15-18 g ni tashkil etadi.
Yetilish
davrida urug‘larda murakkab biokimyoviy o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi.
Urug‘lar nav uchun xos bo‘lgan shakl va tusga kiradi. Bu davr 2 bosqichga bo‘linadi:
mumsimon pishiqlik va biologik pishiqlik. Mumsimon pishiqlik bosqichi tarvuz bilan
qovunda ikki hafta atrofida davom etadi. Shu bosqichning oxirlariga kelib, Qo‘zivoy
30 navli tarvuz urug‘larining namligi 63-55 foizga, unuvchanligi 92-96 foizga, 1000
dona urug‘ massasi 134-135 g, ga yetib qolsa, Ko‘kcha navli qovun urug‘larida bu
raqamlar 70-85, 74-84 foizni va 50-60 g ni tashkil etadi. Shu bosqichning oxiriga
kelib, urug‘lik mevalarni uzishga kirishish va yetilib olishi uchun saqlab qo‘yish
mumkin. Biologik pishiqlik yoki yetuklik bosqichi 15-20 kun davom etadi, qovun
bilan tarvuzda urug‘lanishdan 50-60 kun o‘tganidan keyin tugallanadi. Bu bosqichning
oxirlariga kelib, quruq. moddalarning to‘planishi tugallanadi (ularning miqdori
qovunda 66-68 foizga, tarvuzda esa 49-51 foizga yetadi). Urug‘lar eng ko‘p darajadagi
238
unuvchanlik (qovunda unuvchanlik 90-96, tarvuzda 90-98 foizga boradi) va og‘irlikka
yetadi (1000 dona ypyg‘ massasi qovunda 63-64 g va tarvuzda 134-136 g bo‘ladi).
Poliz ekinlarining urug‘lari yetarli darajadagi unuvchanligini 6-7 yil davomida,
ba’zida esa bundan ham uzoqroq muddat saqlab tura oladi. Biroq, bir xil
unuvchanlikdagi urug‘lar ham uzoq muddat saqlab qo‘yiladigan bo‘lsa, bir kadar
aynaydi. Qovun urug‘lari 18 oy, tarvuz va qovoq urug‘lari ko‘pi bilan uch yil
davomida eng yaxshi ekinbop sifatlarini saqlab turadi. Saqlash muddatlari uzaygan
sayin urug‘lar tarkibidagi oqsil miqdori kamayib, ularning suv yutish sur’atlari
susayadi, bo‘rtish davri uzayib ketadi. Ekinboplik sifatlari yomonlashib qoladi. 5-6 yil
saqlangan urug‘lar hayotchanligi past bo‘lishi munosabati bilan ko‘ngildagidek yaxshi
hosil bera olmaydi. Bir yil saqlangan urug‘lar hammadan yuqori hosil beradi va
mevalarining sifati ham juda yaxshi bo‘lib chiqadi. Polizchilikda uzoq saqlab
qo‘yilgan urug‘lar ekishga yaxshi yarayveradi degan fikr tajribada olingan dalil-
isbotlar bilan inkor etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |