Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik


Urug‘larning hayotchanligini va o‘simliklarning urug‘ maxsuldorligini



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

Urug‘larning hayotchanligini va o‘simliklarning urug‘ maxsuldorligini 
oshirish usullari.
 
Poliz ekinlari urug‘chiligining vazifalaridan biri yetishtiriladigan 
urug‘larning ekinboplik va hosildorlik sifatlarini yaxshilash, maydon birligidan 
olinadigan ypyg‘ mahsuldorligini oshirishdir. Bu vazifa urug‘larning vaznini, 
mevalardan chiqadigan urug‘ sifatini yaxshilash va miqdorini ko‘paytirish, urug‘lik 
o‘simliklar hosildorligini oshirish yo‘li bilan hal qilib boriladi. 
Urug‘larning yashovchanligini oshirishda, ular sifatining ekologik jihatdan har 
xil bo‘lishidan foydalanish muayyan darajada ijobiy rol o‘ynaydi. Bitta navning o‘zi 
turli ekologik sharoitlarda yetishtiriladigan bo‘lsa, urug‘larining ekinboplik va 
hosildorlik sifatlari har xil bo‘lishi aniqlangan. Urug‘larni boshqacha ekologik 
sharoitlarda loaqal bir marta reproduksiyalash ham ko‘pincha ularning xo‘jalik 
qimmatini pasaytirmagan holda nav populyatsiyasi tarkibini o‘zgartirib qo‘yadi, qulay 
sharoitlar bo‘lganida esa urug‘larning hosildorlik va ekinboplik sifatlarini yaxshilaydi 
ham. 
Urug‘larning ekinboplik va hosildorlik sifatlari qo‘llaniladigan agrotexnika 
darajasiga bog‘liq: o‘simliklarga nechog‘lik yaxshi sharoit yaratib berilsa, ular 


235 
shuncha to‘liq va ekinboplik sifatlari shuncha yaxshi bo‘lgan urug‘lar tugadi. Urug‘lar 
nechog‘lik yirik mevalardan ajratib olinadigan bo‘lsa, ularning massasi ham shuncha 
yuqori bo‘ladi va yirik hamda o‘rtacha kattalikdagi urug‘lar ham ko‘p chiqadi. 1000 ta 
urug‘lar massasi bir xil bo‘lsa, lekin ular yirik mevalardan olingan bo‘lsa, mayda 
mevalardan olingan urug‘larga qaraganda 4-7 foiz ortiqrok hosil beradi. 
Poliz ekinlari urug‘larining ekinboplik va hosildorlik sifatlarini oshirishning 
samarali usuli nav ichida chatishtirishdir, bunda bitta navning turli yillardagi hosilidan 
olingan urug‘lar aralashtirib ekiladi. 
Poliz ekinlari urug‘larining hayotchanligi ularning mevalardan kachon va qanday 
usulda ajratib olinganiga qarab har xil bo‘ladi. Urug‘lar mevaning eti yetilishidan bir 
muncha ertarok, zarur darajada unuvchan bo‘lib qolsa ham mevaning o‘zida 
turavergani bilan ekinboplik sifatlarini yo‘qotmaydi. 
Urug‘larning ekinboplik va hosildorlik sifatlarini oshirish uchun ilg‘or 
polizkorlar qovun urug‘larini plasentasi bilan birga ajratib olib, saqlab qo‘yish usulini 
qo‘llaydilar. Ularning fikricha, bunda urug‘lar plasentadan qo‘shimcha zahira 
moddalarni olib, yaxshi yetiladi. Shunga ko‘ra, bunday urug‘larning ekinboplik 
sifatlari yaxshilanib, ulardan ancha mahsuldor o‘simliklar o‘sib chiqadi. Ba’zi 
polizkorlar xuddi shu maqsadlarda plasentalardagi urug‘larni meva po‘stining etidan 
tozalangan ichki tomonida quritib olish usulidan foydalanadilar. 
Meva va urug‘lar hosildorligini oshirish, shuningdek ular sifatini yaxshilashning 
samarali usuli ekinlarni qo‘shimcha ravishda changlantirishdir. Bu tadbir gullash 
fazasining dastlabki davrida ochilgan, o‘ta rivojlangan urug‘chi gullarning ancha to‘la 
urug‘lanishiga yordam beradi, tugiladigan mevalar sonini oshiradi va ularning 
yaxshiroq rivojlanib borishini ta’minlaydi. Bunga urug‘ olish uchun ekiladigan ekin 
maydonlariga asalari uyalarini qo‘yish yo‘li bilan erishiladi. 
Poliz ekinlarining chang donalari yirik va vazni og‘ir bo‘ladi, shunga ko‘ra 
ularning bir guldan ikkinchi gulga shamol yordamida o‘tishi qiyin kechadi. Ekin 
gullarining ochiq rangli va yirik bo‘lishi, ulardan ko‘p nektar chiqib turishi, urug‘chi 
va germafrodit gul tumshuqchasining shakli va kattaliti gullarning changlanishiga 
hashoratlarni ko‘proq jalb qiladi. 
Entomofil changlanish tipiga mansub bo‘lgan barcha poliz ekinlarini 
changlantiradigan asosiy hashoratlar asalarilardir. Poliz ekinlarining gullariga 
asalarilarning kelishi ertalab 5
30
dan kechki 19
30
gacha davom etadi. Havo harorati va 
namligiga bog‘liq ravishda eng ko‘p kelishi soat 8 dan 13 gacha bo‘lgan vaqt 
oralig‘ida kuzatiladi. Shu paytda gul tumshuqchasi urug‘lanishga hammadan moyil, 
gul changi esa hammadan yashovchan bo‘ladi. Guldan nektar intensiv ravishda 
ajraladi, urug‘chi tumshuqchasi hashoratlarni jalb qilish va changni yopishib qolishi 
uchun maxsus shira — sekretlar chiqaradi. Chang donachalarining o‘sishga moyilligi 
ham shu payt eng yuqori bo‘ladi. 
Asalari uyalari ekinlarga nechog‘lik yaqin qilib qo‘yilgan bo‘lsa, ekin gullariga 
asalarilar shu qadar ko‘proq keladi. Chunonchi, 100 m
2
ekin maydoni hisobidan 
olganda, ari uyalari ekindan 10 m nariga qo‘yilganida qovoq, gullariga kelgan arilar 
soni 326 tani, qovun gullariga kelgan arilar soni 270 tani va tarvuz gullariga kelgan 


236 
arilar soni 230 tani tashkil etdi, ari uyalari 500 m nariga qo‘yilganida bu raqamlar 
tegishlicha 182, 112 va 150 yoki 1,8-2,4 baravar kam bo‘lib chikdi. Asalari uyalari 
1500 m masofada bo‘lganida ularning nafi juda kamayib ketdi. Asalari uyalariga eng 
yaqin uchastkadan olingan qovoq urug‘i 735 kg/ga ni, ari uyalari 1500 m narida turgan 
uchastkaning bu hosildorligi esa 375 kg/ga ni tashkil etdi. Ari uyasi yaqinidagi 
tarvuzning yetilishi 5-6 kunga tezlashadi. 
Ari uyalariga yaqin turgan va asalarilar yordamida juda yaxshi changlangan 
o‘simliklar meva va urug‘ hosildorligini oshirish bilan bir qatorda ancha yirik va 
unuvchanligi 3-5 foiz yuqori bo‘ladigan urug‘lar shakllanadi. 
Poliz ekinlarining yaxshi changlanishi uchun 100 m
2
ekin maydonida 100 ta 
asalarining uchib turishi yetarli ekanligi tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldi. Buning uchun 
asalari uyalarini poliz ekinlarining har bir gektar maydoniga bittadan to‘g‘ri keladigan 
qilib qo‘yib chiqish kerak. Asalarilar uchib bora oladigan radiusda nektarli boshqa 
o‘simliklar ham o‘sayotgan bo‘lsa, har gektarga qo‘yiladigan ari oilalari sonini 
ko‘paytirish yoki arilarni changlatilishi kerak bo‘lgan ekin gullari aralashtirilgan qand 
sharbati bilan qo‘shimcha ravishda oziqlantirib, shunga o‘rgatish kerak. Asalarilar 
poliz ekinlariga o‘rgatilganida shu ekinlarga keladigan arilar soni 20-30 foiz ortadi 
(Buriev X.Ch. 1993). 

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish