248
1) juda yirik urug‘: 1 g da 1 – 10 dona – dukkaklar, loviya, ko‘k no‘xat, qovoq,
makkajo‘xori, tarvuzda;
2) yirik urug‘: a) 1 g da 10 – 60 dona – artishok, tarvuz, qovun, bodring, lavlagi,
sparjada; b) 1 g da 60 – 100 dona – rovoch, ismaloq, rediska, sholg‘om;
3) o‘rta yirik urug‘: 1 g da 150 – 350 dona –
qalampir, karam, piyoz, pomidor,
baqlajon,
pasternak, bryukva, turpda;
4) mayda urug‘: 1 g da 600 – 900 dona – turp, sabzi,
petrushka, ukrop,
sachratqida;
5) juda mayda urug‘: 1 g da 1000 – 2000 dona – shovul, selderey, kartoshka, salat,
estragonda (5000 – 6000).
K. P. Lange sabzavot ekinlari urug‘ini yirik-maydaligiga ko‘ra:
juda mayda – 2 mm gacha, mayda – 2,5 mm, o‘rtacha yirik – 5 – 8 mm, yirik – 8
mm dan yirik bo‘lganlarga ajratadi.
Urug‘larning yirik-maydaligi va solishtirma og‘irligi doimiy emas. Ular ona
o‘simlikda joylashishiga va o‘stirish sharoitiga (iqlim, tuproq,
agrotexnika va
boshqalarga qarab) keskin o‘zgaradi. Urug‘larning yirik-mayda bo‘lishi murtakning
rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan zaxira oziq moddalar miqdorini
bildiradi. Mayda urug‘lardan nimjon, ancha ko‘p parvarish
qilishni talab etadigan
maysalar qiqadi.
Sabzavot ekinlari urug‘ining ko‘rinishi yassi (tomatdoshlar va qovoqdoshlarda),
yarim yumaloq (piyoz, sparjada), noto‘g‘ri shaklda (lavlagida), sharsimon (no‘xat,
shirin jo‘xori, bryukva, turpda), sharsimon-burchakli (ismaloq, rediska, sholg‘om,
ko‘k no‘xatda), yassi-qavariq (sabzi, petrushka, seldereyda), yassi-yapaloq (pasternak,
ukropda), g‘aramsimon (dukkaklar, loviyada), uch qirrali (shovulda), uch qirrali,
qanotchalari bilan (rovochda), uch qirrali, yassi (salatda) bo‘ladi.
Sabzavot ekinlari urug‘ining shakli uchburchaksimon-buyraksimon (pomidorda),
yumaloq-uchburchaksimon (qalampirda), yumaloq, lekin buyraksimon chuqurchali
(baqlajonda), yumaloq (ko‘k no‘xatda), yumaloq-oval shaklda (petrushka, pasternak,
ukrop, karam, bryukva, turp, sholg‘om, rediskada), oval-yumaloq (loviya, qovoqda),
oval-tuxumsimon (sabzi, seldereyda), uzunchoq-ellipssimon (tarvuzda), uchli-
ellipssimon (qovunda), cho‘ziq (salatda), burchakli (piyoz, lavlagi, no‘xat, shovul,
rovoch, ismaloqda) va hokazo bo‘ladi.
Sabzavot ekinlari urug‘ining yuzasi tukli yoki momiqli (pomidorda), uyachali
(qalampir, baqlajon, karam, sholg‘om, rediska, turp, bryukvada), burishgan (tarvuz,
ko‘k no‘xatda, rovochda), botiq (lavlagi, piyoz, sparjada), qirrali (salat, sabzi,
petrushka, pasternak, ukrop, seldereyda) notekis (ismaloq, dukkaklilarda), silliq
(bodring, qovun, qovoq, tarvuz, dukkaklar, ko‘k no‘xatda), silliq yaltiroq (shovulda)
va hokazo bo‘ladi.
Sabzavot ekinlari urug‘ining rangi har xil: kul rang (pomidor, lavlagi, ismaloq,
sabzi, petrushka, ukrop, salatda), qizg‘ish-qo‘ng‘ir (karam, turpda), jigar rang (salat,
rovoch, shovul, pasternak, ukrop, selderey, baqlajonda), tim qora (piyoz, sparjada), oq
(bodring qovoq, qovunda), sarg‘ish (qovunda), kul rang-sariq (sholg‘om, rediskada),