2.
Soyabonguldoshlar, selderysimonlar (Apiaceae) – sabzi, petrushka, selderey,
ukrop (shivit), kashnich, pasternak.
3.
Qovoqdoshlar (Cucurbitaceae) – tarvuz, qovun, qovoq, qovoqcha, patisson,
bodring.
4.
Tomatdoshlar (Solanaceae) – pomidor, baqlajon, qalampir, fizalis, kartoshka.
5.
Sho‘radoshlar (Chenopodiaceae) – osh lavlagi va barg lavlagi (mangold)
ismaloq.
6.
Dukkakdoshlar, ya’ni kapalakdoshlar (Fabaceae) – dukkaklar (bob), ko‘k
no‘xat, loviya, sparja loviyasi.
7.
Murakkabguldoshlar, astrasmonlar (Akteraceae) – barg salat, bosh salat,
romen salati, artishok, skorsoner, estragon, salatbop sikoriy, endiviy salat.
8.
Toronguldoshlar (Poligonaceae) – shovul, rovoch (chukri).
9.
Labguldoshlar, yasnotkasimonlar (Samaceae) – rayxon, yalpiz, mayoran,
chaber.
10
. Gulxayridoshlar (Malvaceae) – bamiya.
11
. Pechakguldoshlar (Convonulaceae)
–
batat.
12
. Piyozguldoshlar (Liliaceae) – oddiy piyoz, batun, porey piyoz, ko‘p yarusli,
shnitt, oltoy, shalot piyozlari, sarimsoq.
13
. Sparjadoshlar (Asparaguceae) – sarsabil.
14
. Boshoqdoshlar, qo‘ng‘irboshlar (Poaceae) – shirin jo‘xori.
Piyozguldoshlar, sparjadoshlar va g‘alladoshlar bir pallalilar, qolgan oilalar ikki
pallalilar sinfiga kiradi.
Botanik klassifikatsiya har bir o‘simlikning o‘simliklar dunyosidagi o‘rnini
belgilaydi. Muayyan bir botanik oiladagi o‘simliklar ko‘p hollarda o‘sish sharoitiga bir
xil talabchan bo‘ladi, bir xil zararkunanda va kasalliklar bilan zararlangan hamda
morfologik, anatomik tuzilishida umumiy o‘xshashliklari ko‘p bo‘ladi.
H a yo t i n i n g d a v o m e t i sh i g a k o‘ r a, asosiy sabzavot ekinlari bir
yillik, ikki yillik va ko‘p yilliklarga bo‘linadi.
Bir yillik o‘simliklarga: rayhon, bamiya, batat, kashnich, gulkaram, pekin, xitoy
karami, kressalat, salatbop xantal, ukrop (shivit), ismaloq, salat, dukkaklilar, ko‘k
no‘xat, loviya, tarvuz, qovun, bodring, qovoq, pomidor, fizalis, shirin jo‘xori, rediska,
kartoshka, sarimsoq kiradi.
Ikki yillik o‘simliklarga: oddiy karam, savoy, bryussel, kolrabi karami, bryukva,
sholg‘om, sabzi, pasternak, petrushka, selderey, lavlagi, oddiy piyoz, shalot, porey
piyozlar kiradi.
Ko‘p yillik o‘simliklarga: artishok, qatron, xren, batun piyoz, shnitt-piyoz, ko‘p
yarusli piyoz, sarsabil, rovoch (chukri), shovul kiradi.
Sabzavot ekinlarining bir, ikki yillik va ko‘p yilliklarga bo‘linishi ma’lum darajada
shartli hisoblanadi. Kartoshka, pomidor va qalampir bizning sharoitda tipik bir yillik
o‘simliklardir, o‘z vatanida ko‘p yillik hisoblanadi. Sholg‘omning ko‘p navlari ikki
242
yillik, lekin uning uning ayrim navlarida hayotining birinchi yilida meva va urug‘lar
hosil bo‘ladi. Rediskaning Yevropa formalari bir yillik, Xitoy va Yapon formalari ikki
yillikdir.
S a b z a v o t e k i n l a r i o z i q-o v q a t g a i sh l a t i l a d i g a n o r g a n l
a r i b o‘ y i ch a 2 katta guruxga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |