129
v) qorason bilan kasallangan tuplar
Man
etiladi
0,5
0,7
g) xalqali va qo’ng’ir bakterial chirishlardan so’ligan o’simliklar
Man
etiladi
Man
etiladi
0,3
Urug’lik kartoshka uchun eng yaxshi o’tmishdosh
ekinlar haydalgan bedapoya,
oraliq ekinlardan bo’shagan dalalar, boshpiyoz va poliz ekinlari hisoblanadi. Bunday
o’tmishdoshlar dalasiga ekilgan urug’lik kartoshka gektaridan 3,7—5,3 tonna ziyod
hosildorlikni tahminlab, aynigan tuganaklar salmog’ini 2—3 baravarga kamaytiradi.
Kartoshkaning aynishiga qarshi kurashning eng samarali usuli yozda kechki qilib
ekishdir. Bunda tuganaklarning hosil bo’lish va o’sishi kech yoz va kuzning salqin
davriga to’g’ri keladi. Natijada kartoshka viruslar, bitlar bilan kasallanmagan,
sog’lom, aynimagan bo’lib, mahsuldor urug’lik hosili olinadi.
Respublikamizda sog’lom, aynimagan, mahsuldor urug’bop
kartoshka hosili
olish uchun o’rtapishar navlarni 15-30 iyunlarda tezpishar navlarni esa 1—15
iyullarda ekish eng qulay muddat hisoblanadi. Ana shu muddatlarda ekiladigan
urug’lik tuganaklar sunhiy sovutgichli maxsus omborxonalarda saqlanishi maqsadga
muvofiq bo’ladi.
5. Parvarishlashda kartoshka tupi atrofida tuproq va havo haroratini pasaytirish
maqsadida bo’g’izga ko’proq tuproq berish, qator orasini iloji boricha keng 90 sm
qilib, zich (15—20 sm) ekish tavsiya etiladi. SHunday keng qatorlab va zich ekilib
yetishtirilgan urug’lik tuganaklar keyingi reproduktsiyada qator orasi 70 sm va siyrak
(20—25 sm) qilib olingan urug’lik tuganaklarga
nisbatan bir xil sharoitda
hosildorlikning 9—12 % yuqori bo’lishini tahminlaydi (T.E. Ostonaqulov, 1985).
6. Urug’lik kartoshka o’stirish texnologiyasining muhim elementlari o’g’itlash
tizimi, sug’orish rejimi va texnikasi hisoblanadi. CHunki, o’g’itlash hamda sug’orish
bilan o’simliklarning o’sish va rivojlanishini, ulardagi tuganak soni va yirikligini ham
boshqarib, yuqori sifatli va mahsuldor urug’bop hosil olish mumkin.
Tajribalarimiz natijasi shuni ko’rsatdiki, urug’lik kartoshka gektariga N
150-200
‘
120-
160
K
75-100
kilogramm tahsir etuvchi moddalar hisobida o’g’itlar solinib, tuproq namligi
dala nam sig’imiga nisbatan o’suv davrida 75-85-85 % da ushlanib 11 marta 2-2-7
sxemada sug’orilsa, olingan hosilda urug’bop tuganaklar chiqimi 55-60 % ni tashkil
etib, eng yuqori urug’ sifatiga ega bo’ladi.
Urug’lik kartoshka o’stirilayotgan maydon tuprog’ining o’simlik ildizi tarqalgan
qatlamini bir xil namlashda sug’orish texnikasining elementlari: egat chuqurligi,
uzunligi va egatdagi suv oqimining tezligini aniqlash muhim rolg’ o’ynaydi. Bu
boradagi tajribalarimizning ko’rsatishicha, o’rta nishablikdagi maydonlarda egat
chuqurligi (qator orasi 70 sm bo’lganda) 18-20 sm, uzunligi 90-120 metr, undagi suv
oqimining tezligi sekundiga 0,10-0,15 litr bo’lgani gektaridan 20-22 tonna yoki 380-
407 ming dona urug’bop tuganaklar olinishini tahminlaydi.
130
7. Urug’lik kartoshka etishtirishning eng zarur tabdirlaridan biri paykalni (ekinni)
begona o’tlardan, boshqa navlardan, kasallangan o’simliklardan toza saqlashdir.
Buning uchun urug’lik maydonlarda o’suv davrida 3 marta tozalash (o’toq)
o’tkaziladi.
Birinchi marta tozalash unib chiqqandan so’ng o’simlik bo’yi 15-20 santimetrga
yetganda, ikkinchi marta gullash davrida, uchinchi marta gullab bo’lgach,
palak
sarg’ayish davrida o’tkaziladi. Nav tozalash davrida aynigan, boshqa navga xos tuplar,
virus hamda bakteriya kasalliklariga chalingan o’simliklar yulinib (tuganagi bo’lsa
kovlanib) daladan chiqarib tashlanadi. Har bir davrda o’tkazilgan tozalash ishlari
mutaxassislar tomonidan hujjatlashtirilib, dalolatnoma to’ldiriladi.
8. Urug’lik kartoshka etishtirishda ekinni toza va sog’lom saqlash maqsadida tup
uya tanlash samarali usuldir. Buning uchun kartoshka gullash davrida sog’lom,
baquvvat tuplar belgilanib, kuzatishlar olib boriladi. Kasallangan va navga xos
bo’lmagan, aynigan tuplar brak qilinadi. Hosilni yig’ishdan oldin tanlangan tuplar
kovlanadi va har bir uya tuganaklari ko’rinishi, sog’lomligi, aynimaganligi,
mahsuldorligi, vazni bo’yicha tanlab olinadi. Talabga
mos kelmaydigan tuplar
uyasining tuganaklari brak qilinadi.
9. Urug’lik kartoshka etishtirish texnologiyasining muhim elementlaridan biri
hosilni kovlashdan oldin palaklarni o’rib tashlash yoki desikatsiya qilish hisoblanadi.
Bu tadbir bir tomondan palakning so’ruvchi hasharotlardan zararlanmay urug’lik
hosilning virus kasalliklardan sog’lom, viruslar to’planishidan himoya qilsa, ikkinchi
tomondan urug’bop tuganaklarning yaxshi yetilishini va natijada mexanik
shikastlanishini sezilarli kamaytiradi.
10. Urug’lik kartoshkaning sog’lom va hosildor bo’lishi urug’lik materialni
saqlash usuli va sharoitiga ham nihoyatda bog’liq. Iloji boricha urug’lik kartoshka
konteynerlarda sunhiy sovutgichli maxsus omborxonalarda saqlangani samarali
hisoblanadi. CHunki,
unda namlik, havo va haroratni boshqarish va qulay darajada
saqlash mumkin.
Urug’chilikni tashkil etish. Kartoshka tezpishar va o’rtatezpishar navlar
urug’chiligini ertagi va ikkihosilli ekinlar, geterozisli duragay populyatsiyalar
urug’chiligini generativ ko’paytirish asosida urug’idan ko’chat ekin sifatida tashkil
etish eng samarali usullar hisoblanadi.
Respublikamizda kartoshkachilik asosan nisbatan salqin, chirindiga boy, yer osti
suvlari yuza joylashgan tuproqlarda yoki tog’li hamda tog’oldi yerlarda
joylashtirilgan. CHunki kartoshka kelib chiqishiga ko’ra, baland tog’ rayonlar
o’simligi. Bunday joylarda tup-roq va iqlim sharoiti kartoshkaning o’sish va
rivojlanishi uchun nihoyatda qulay bo’lib, yoz oylarida o’rtacha harorat tekisliklarga
qaraganda 8—10° gacha past va namli bo’ladi.
Tog’li joylarda kunduzgi va tungi haroratlar o’rtasidagi
farqi ham tekisliklarga
nisbatan ancha katta bo’lib, o’simlikda kunduzi to’plangan assimilyatsiya mahsulotlari
tungi soatlarda sarflanib ulgurmaydi va natijada o’simlik yer ustki qismlarida
to’planib, hujayra shirasining kontsentratsiyasini oshiradi. Bu esa o’z navbatida
o’simliknint sovuqqa chidamligini kuchaytiradi. SHuning uchun N. N. Balashev
131
(1972, 1978) tahkidlashicha, Pomir sharoitida kartoshka o’simligi 7—8° sovuqqa
bemalol chiday oladi.
Tog’li sharoitning xarakterli xususiyati shundaki, u yerlarda quyosh radiatsiyasi
kuchli bo’lib, o’simlikka jadal o’sish, rivojlanish va mo’l hosil to’plash xos. Bundan
tashqari tog’ tuprog’i chirindiga boy (3—5 % va ziyod), fizik xossalari yaxshi.
N.N.Balashev
(1963,
1978),
D.T.Abdukarimovlarning
(1971,
1987)
tahkidlashicha, tog’li sharoitlarda virusli kasalliklar va ularning tashuvchilari juda kam
tarqalgan. SHuning uchun dengiz sathidan 1200 m va ziyod balandlikda yetishtirilgan
kartoshka virus va bakteriyalardan sog’lom, va aynimagan bo’lib, urug’lik va boshqa
sifatlari ancha yuqori bo’ladi.
Tog’li rayonlarda ham kartoshkaning ertapishar va o’rtapishar
navlarining
urug’chiligini tashkil etishda foydalanish kerak. Ularning urug’lik tuganaklari may
oyida ekilgani qulay muddat hisoblanadi. Bu yerlarda kartoshka o’stirish texnologiyasi
odatdagidek, lekin tuproq quyosh nuridan kam qizishi uchun, nam yetarli va chirindi
ko’p, qatlami qalin bo’lganligi sababli, sayozroq (8 sm gacha) ekish, ekinni kam
sug’orish va fosforli o’g’itlardan keng foydalanish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: