Sadaf. 15. 12. 2019 Qaysi qatorda “palak” so’zi qovun urug’i ma’nosida qo’llanilgan?



Download 24,12 Kb.
Sana07.01.2020
Hajmi24,12 Kb.
#32434
Bog'liq
15.12.2019


Ona tili va adabiyot.SADAF.15.12.2019

1. Qaysi qatorda “palak” so’zi qovun urug’i ma’nosida qo’llanilgan?

A) Poyiga ipakdan palak soldilar, So’ng yuksak bir taxtni etdilar tortiq.

B) Bir palakdan har xil xamak chiqadi deganlari rost ekan-da.

C) So’lg’in palakda o’smay qolib ketgan xomaklar yiltillab qolar, goh surmaday qorayib ko’rinardi.

D) To’rt egat palak ekdim.

2. Sintaktik usul bilan yasalgan uyadosh so’zlar qaysi qatorda berilgan?

A) Sen shunday baxtga erishginki, katta-kichik, yaxshi-yomon, do’st-dushman hamisha havas bilan qarasin.

B) Sahnaga qaddi-qomati kelishgan, xushsurat, istarali, did bilan kiyingan bir qiz chiqib keldi.

C) Ariq bo’yida hamisha, har yoz ikkita jaydari atirgul, pastda namozshomgul, gultojixo’roz, sadarayhon o’sib yotadi.

D) Kechalari uyqu yo’q, kunduzlari halovat.

3. Qaysi gapdagi ham ko’p ma’nolilik, ham shakldoshlik xususiyatiga ega bo’lgan qaratqich aniqlovchining uchinchi bo’g’iniga urg’u tushgan?

A) Siz kabi “matematik”larning ko’pini ko’rganmiz!

B) Oybek, Hamid Olimjon, G’afur G’ulom kabi akademik ijodkorlar xalq ma’naviyatining boyishiga ulkan hissa qo’shgan.

C) Yasama kulgi yuzni yoritmas.

D) Nozimaning burama yoqali ko’ylagi o’ziga yarashib turardi.

4. Shahrimizning har bir nuqtasi menga kaftdek ma’lum. Ma’no ko’chishi turini aniqlang.

A) metafora B) metonimiya

C) sinekdoxa D) ma’no ko’chmagan

5. Yig’loqiliging vajidan sening bunaqa joylarda ishlashing, balki, yaxshimasdir.

Ushbu gapda necha o’rinda fonetik hodisa yuz bergan?

A) 6ta B) 5ta C) 3ta D) 7ta



6. Asqad Muxtorning “Yo’l” she’rida quyidagi maqollardan qaysi biri uchraydi?

A) Ko’rganing – seniki B) Yurgan – daryo

C) Intilganga tole’ yor D) She’rda hech qanday maqol uchramaydi

7. Cho’lponning fikricha, zulm oldida har narsa egilishi mumkin, ammo zulm bilan nimaga ega bo’lish imkonsiz?

A) yurtga B) e’tiqodga C) erkin vijdonga D) ko’ngilga



8. “Kitoblar jangi” asarining muallifiga tegishli ma’lumotni aniqlang.

A) Ilk asari “Improvizator” nomi bilan e’lon qilingan.

B) Asarlaridan biri “Alanga” mukofotiga sazovor bo’lgan.

C) Vilyam Templning saroyida kotib bo’lib ishlagan.

D) Asarlaridan biri Gran Pri mukofotiga sazovor bo’lgan.

9. “Turon malikasi” asari muallifi …ning o’zbek adabiyotidagi ilk namunasini yaratdi.

Nuqtalar o’rniga qanday so’zlar bo’lishi kerak”?

A) roman-dilogiya B) shavqatsiz realizm

C) she’riy roman D) kontrast usuli



10. Qaysi javobda paronim bilan bog’liq xatolik mavjud emas?

A) Sen - shohlari osmonlarga Tegib turgan chinorim...

B) O'zbekni qon qaqshatganni o'zbek siylar,


Xolimizni qon kuzatdi Yassaviylar...

C) Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi yot yaxshi.



D) Xalq ganchin yulmoqqa cho'zilgan qo'lga

Biz alvon guldasta tutibmiz faqat.

11. Qaysi javobda tirening tushirib qoldirilishi bilan bog'liq xatolik kuzatilmaydi?

A) Har narsaga qiziqish biz uchun eski odat.

B) Mening akam ham shifokor.

C) Yaxshi qiz uy obro'si.



D) Hosilning otasi suv, onasi yer.

12. Shunda men atrofdagi odamlarni sanab sanog‘iga yetolmagandim.

Ushbu gapdagi so‘zlar imlosida necha o'rinda fonetik o‘zgarish sodir bo‘lgan?

  1. 5 ta B) 7 ta C) 6 ta D) 4 ta

13.Vatan xoinlari hech qachon kechirilmas. Bu xoinlikning eng og‘ir gunoh sanalishini unutmang. Ushbu gapda faqat qo'shimcha qismida tovush o‘zgarishi ro‘y bergan so‘zning sintaktik vazifasini toping.

  1. hol B) aniqlovchi

C) to‘ldiruvchi va kesim D) kesim

14.Tilshunoslikning leksikologiya bo‘limiga oid atamalar qaysi qatorda berilgan?

  1. grammatik ma’no, undovlar, bog’lovchi

  2. ko’p ma’noli so’z, atama, metafora

  3. ajratilgan bo‘lak, undalma, kirish so‘z

  4. yordamchi so'zlar, bog‘lama, hol

  1. Munosabat qo'shimchasi qo‘shilishi natijasida tovush o'zgarishiga uchragan yasama so‘z qaysi gapda ega vazifasida kelgan?

  1. «Daryo» kechuviga yetay deganimizda haydovchi mashinani to‘xtatdi.

  2. Momaqaldiroq tingan, ahyon-ahyonda chaqmoq arqoni simobrang bulutlar ichidan otilib chiqardi.

  3. Tashqarida shamol qo‘zg‘alib, deraza qanotlari tez- tez ochilib-yopilardi.

  4. Qayerdandir bolalarning shodon qichqirig'i eshitildi.

  1. Tunov kuni biznikida Bo‘ldi kattakon hashar.

Ko‘chib keldi deyman-ov Hasharga butun shahar...

Hashar rosa qizidi.

Ushbu parchada ma’no ko‘chishining qaysi turlari ishtirok etgan?

  1. metafora, metonimiya, sinekdoxa

  2. metafora, metonimiya

  3. metafora

  4. metonimiya, vazifadoshlik

  1. Qaysi gapda yetakchi morfemasi jarangli undoshlar va unli(lar)dan tashkil topgan yasama ot qatnashgan?

  1. Aravakashga biroz yalinsang, ostonanggacha olib borib qo’yadi.

  2. Sinfdoshlarimni sog‘insam, o‘sha suratga qarab qo'yaman.

  3. O‘lchab bo‘lurmi sevgini zar bilan, tillo bilan?

  4. O‘smalar qo‘ysam, yarashar qoshimga, do'ppilar kiysam, yarashar boshimga.

  1. Qaysi paronim juftliklar tarkibidagi fonemalar tovushlarning fiziologik tomoni jihatdan farqlanmaydi?

  1. xirs-hirs B) taxt-baxt

C) qand-pand D) mart-mard

  1. Quyidagi qaysi so‘zning paronimi ikki xil so‘z turkumi doirasida omonim bo‘la oladi?

  1. shox B) yod c) yoz D) boq

  1. Qaysi so‘zlarda u unlisi noto‘g‘ri qo'llangan?

1) unutmoq; 2) unumli; 3) unub-o‘smoq; 4) umumiylik; 5) umum; 6) umurguzaron.

  1. 3, 6 B) 3, 4, 5

С) 1, 2, 4, 6 D) 2, 3, 5

  1. So‘zning yumshog‘i g'azabni so'ndiradi, so'zning qattig'i esa odamni o‘ldiradi. Ushbu gapda tovush almashinish hodisasi so‘zga qanday qo‘shimcha(lar) qo‘shilishi natijasida yuz bergan?

1) so‘z yasovchi qo‘shimcha; 2) lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha; 3) sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha.

  1. 1, 2 В) 1, 3

C) 2 D) 2, 3

22. Do’stlikdan o’tadigan narsa yo’q, shuning uchun

do’st orttirish imkonini sira qo’ldan boy berma.

Yasama so’zlar tarkibidagi sonorlarning nechtasi

portlovchi undosh sanaladi?

A) 1 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 4 ta



23. Asosi antonimiga ega, qo’shimchasi esa o’zaro omonim bo’lgan yasama so’zlar juftligi qaysi javobda berilgan?

A) o’tloq – baqaloq B) ochlik – yoshlik

C) siqim – yetim D) quvg’in – so’lg’in

24. So’z yasovchi morfema ta’sirida yuz bergan fonetik o’zgarishlar sonini aniqlang.

Oyog’idan o’rmalab, boshiga chiqib oldi va ko’zidan shunday chaqdiki, ovchi jon achchig’ida miltig’ini qo’lidan tushirib yubordi.

A) 1 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 2 ta

25. dekloratsiya qaysi uslubga mansub?

A) rasmiy B) publitsistik

C) badiiy D) ilmiy

26. favvora, mutoyiba, mo’njal, pinxona, ohangrabo, nufus, xafsala. Yuqorida berilgan so’zlardan imlo qoidasi asosida yozilmagan so’zlar sonini aniqlang.

A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta C) 6 ta



27. Shirin so’zli bo’l, ey sen bilimdon,

Tiling sovuq so’z-la bulg’ama oson.

Gapdagi ma’no ko’chish usulini aniqlang.

A) metonimiya B) metafora

C) vazifadoshlik D) sinekdoxa


  1. Moskvada Oliy adabiyot kursida tehsil ko'rib, chinakam adabiy jarayon bilan yuzlashgan va keyichalik: "Agar men bu yerda o'qimaganimda o'z qissalarimni yoza olmagan bo'lardim", - deb yozgan ijodkor kim?

A) Said Ahmad B) Chingiz Aytmatov

C) Odil Yoqubov D) Pirimqul Qodirov

29.Qaysi javobda berilgan barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan?

A) sazoyi, bemadorlik, lahcha

B) sazoyi, bemodorlik, laxcha

C) sozoyi, bemodorlik, laxja

D) sazoyi, bemadorlik, laxcha

30.Quyidagi so‘zlarning nechtasi o‘z paronimlari bilan bir xil so‘z turkumiga mansub bo‘ladi?

yod, ham, burch, bob, afzal, eg, quyildi, kompas,to‘fon, dazmol

A) beshtasi B) to‘rttasi C) oltitasi D) yettitasi

Inson tushunib bo‘lmaydigan narsalarni ham tushunish mumkinligiga inonmog‘i lozim:

aks holda, u bular haqida fikr



yuritmay qo‘ygan bo‘lur edi.
(I. GYOTE)


Tuzuvchi: Azizbek Jabborov.

Download 24,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish