Toshkent davlat agrar universiteti. O. A. Ostonov


  Xorazm va Baqtriya - ilk davlatchilik asoslari



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/409
Sana01.01.2022
Hajmi2,06 Mb.
#291141
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   409
Bog'liq
2 5199531260153694706

2.  Xorazm va Baqtriya - ilk davlatchilik asoslari 
O'rta Osiyo hududidagi ilk davlat tuzilmalari to'g'risida qadimgi yozma tariximizning eng 
noyob  manbasi  hisoblangan  «Avesto»  kitobi,  shuningdek,  qadimshunos  olimlaming 
o'lkamizning  turli  hududlarida  olib  borgan  arxeologik  -  qidiruv  ishlari,  ulaming  natijalari 
muhim manba hisoblanadi. Shuningdek, qadimgi Yunon, Rim va Eron manbalari asosida ham 
bu masalani oydiniashtirish, yetarli, asosli fikrlami aytish mumkin bo‟iadi. Bu o‟rinda Yunon, 
Rim  mualliflaridan  Gerodot,  Ktesiy,  Strabon,  Arrian  va  boshqa-laming  asarlari,  yodnomalari, 
forsiy  mixxat  yozuviari,  qolaversa,  oMkamizda  keng  ko'lamli  arxeologik  tadqiqotlar  olib 
borgan  Ya.G'ulomov,  S.Tolstov,  V.Masson,  A.Asqarov,  E.Rtvaladze,  A.SagdulIayevlaming 
ilmiy tadqiqotlari alohida ahamiyatga molik. 
Arxeolog  olimlarimizning  so'nggi  tadqiqotlari  asosida  fikr  yuritadigan  bo‟lsak, 
O'zbekiston  hududida  bronza  davridayoq,  2-  ming  yillik  o'rtalarida  kichik  shahar  davlatlari 
shakllangan. 


Barcha daliliy ashyolar miloddan awalgi so'nggi ming yillik boshlarida, aniqrog'i VII-VI 
asrlarda  Vatanimiz  hududlarida  3  ta:  Katta  Xorazm,  Baqtriya  hamda  saklar  va  massagetlar 
konfederatsiyasi  ko'rinishidagi  dastlabki  davlatlar  shakllangan.  Bu  davlatlar  o'ziga  xos 
rivojlanish jarayonini bosib o'tgan. Ayniqsa, bu ilk davlatlar orasida Baqtriya nisbatan barqaror 
bo'lganligi bilan ajralib turadi. Katta Xorazm «ishlab chiqarishning Osiyo usuli»ga ega bo'lgan 
davlatlaming qadimgi sharq tipiga mansub edi. Saklar va massagetlaming konfederatsiyasi esa 
chorvador turiaming ko'chmanchi va yarim ko'chmanchi qabilalaming harbiylashgan davlatidan 
iborat edi. 
Xorazm  davlati  egallagan  hududlar  ba'zi  ma'lumotlarga  ko'ra,  hozirgi  Xorazm  yerlari 
bilan  chegaralanib  qolmay,  balki  undan  ancha  janubga,  ya'ni  Murg'ob  va  Tajang  daryolari 
atroflariga qadar ham yoyilgan. 
Miloddan  awalgi  so'nggi  ming  yillikning  boshlariga  tegishli  «Amirobod  madaniyati», 
quyi  Arnudaryo  havzasida  yuzaga  kelgan  o'ziga  xos  sun'iy  sug'orish  inshooti  tizimi  hamda 
dastlabki  shaharsozlik  timsoli  bo‟lgan  shahar-qal'alar  Qai‟aliqir,  Ko'zaliqir,  Jonbosqal'a  va 
boshqalar - bular Xorazm vohasida davlat tuzilmalari mavjudligidan daioiat beradi. Negaki, bu 
singari umum elatlar, qavm- qabilalar manfaatlariga xizmat qiladigan muhim o'zgarishlar davlat 
boshqaruvi yo'li bilangina amalga oshiriiishi mumkin bo‟lgan. Qadimshunos olim Ya.G'ulomov 
tomonidan Xorazmda aniqlangan 200 km uzunlikdagi, eni bir necha o'nlab metrdan iborat kanal 
o'zani, obod dehqonchilik madaniyati - Xorazm davlati qadimdan insoniyatning yirik rnadaniy 
maskanlaridan  biri  sifatida  shuhrat  topganligidan  guvohlik  beradi.  «Avesto»da  Xoraam 
Markaziy  Osiyodagi  rivoj  topgan,  o'z  hududiy  chegaralariga  ega  bo'lgan  o'lkalardan,  viloyat 
(dav!at)lardan bin sifatida tilga  olinishi  ham  bejiz  emas. Qerodot  ma'lumoticha, qadimda Oks 
(Amu)  daryosP  bo'ylab  360  dan  ziyod  sun'iy  sug'orish  kanallari,  suv  inshootlari  barpo  etilib, 
cho'lli,  sahroli  yerlarga  suv  chiqazilib  dehqonchilik  uchun  ekin  maydonlari  kengaytirib 
borilgan.  F.Gerodot  taassurotlarida  Xorazm  o'lkasida  yashagan  aholi  dehqonchilikda  katta 
tajribaga  ega  boiib,  ulaming  donli,  dukkakli  ekinlar,  chunonchi,  bug'doy,  suli,  arpa,  meva-
sabzavotchilik  mahsulotlarini  mo'l-ko'l  yetishtirganligi  qayd  etib  o'tiladi.  Xorazm 
shaharsoziigida  xom  g'isht,  paxsalardan  keng  foydalanilgan.  Binolaming  tashqi  va  ichki 
ko'rinishlariga  maxsus  ishlov  berilib,  ulaming  mustahkamligi,  o'ziga  xos  ko'rkamligi 
ta'minlangan.  Bu  коЪпа  hudud  bag'rida  ming  yillar  davomida  zamonlar  silsiiasidan  o'tib, 
saqlanjb kelayotgan ko'plab osori atiqalar, shahar-qal'alar xarobalari, qoldiqlari ham buni isbot 
etadi.  Xorazm  vohasida  hunarmandchilik, tog'-kon ishlari ancha rivojlangan. Bu  yerdan qazib 
olingan qimmatbaho ma'danlar ishlov berilib, yuksak sifat ko'rsatkichiga yetganidan keyingina 
u tayyor mahsulot sifatida foydalanishga chiqarilgan. 
Xorazmda  aholining  bir  qismi  chorvachilik  bilan  shug'ullangan,  ulaming  tuya,  ot,  qo'y-
echkiiardan  iborat  ko'plab  suruvlari  bo'lgan.  Savdo  bozorlarida  g‟alla,  meva,  chorvachilik 
mahsulotlari, hunar-mandchilik buyumlari ayirbosh qilingan. 
Afsuski, Xorazm davlatida hukmronlik qilgan sulolalar to'g'risida ma‟lumotlar hozirgacha 
yetarli emas. Rivoyatlarga ko'ra, Xorazmning qadimiy siyosiy sulolasi - 


Siyovushiylar  bo'lganlfgi  zikr  etiladi.  «Avesto»da  ta'kidianishicha,  Siyovarshon  Kavousning 
o'g'li  bo'lgan.  Siyovarshon  o'limidan  so'ng  uning  nabirasi  Kova  Xisrav  bobosi  qotilidan  o'ch 
olib, hokimiyatni egaliab, Xorazmda Siyovushiylar sulolasiga asos soladi. 
O'rta Osiyoning yana bir qadimgi davlati - Baqtriya podshohligi bo'lgan. Uning tarkibiga 
hozirgi  O'zbekistonning  Surxondaryo,  Qashqadaryo  viloyatiari,  Tojikistonning  janubi, 
Afg‟onistonnmg shimoli-sharqiy yerlari kirgan, 
Baqtriyadagi ko‟pdan-ko‟p yirik shaharlar orasida Baqtra mashhur bo'lib, mamlakatning 
poytaxti  hisoblangan.  Baqtra  baland  va  mustahkam  mudofaa  dcvorlari  bilan  o‟ralgan,  unda 
podshoh qal'asi alohida ajralib turgan. 
Rim  tarixchisi  Kursiy  Rufning shahodat berishicha,  «Baqtra  daryosi  nomidan shahar  va 
viloyatning  nomi  kelib  chiqqan».  Umuman  tarixiy  ma'lumotlarga  asoslanadigan  bo'lsak, 
qadimgi  davlatlar  nomlari  ko'pincha  daryo,  qabila,  xalq  yoki  shaharlar  nomiga  qiyosan  kelib 
chiqqan bo'ladi. 
Binobarm,  «Baqtriya!iklar»,  «Baqtriya  xalqi»  iboralari  juda  qadimgi  manbalarda  tilga 
olinib,  bitta  xalqni  yoki  bir  necha  qarindosh  qabilalami  birlashtirgan  hududiy  tushunchani 
anglatadi. 
«Avesto»  kitobida  ham  Baqtriya  «Eng  yaxshi  mamlakatlar  va  o'lkalardan  bin  bo‟lgan, 
baland  bayroqli,  go‟zal  o'lka»  sifatida  ta'riflangan.  Bu  xildagi  fikr-  mulohazalar  Baqtriya  o'z 
davrining yirik davlatlaridan biri bo'lganligidan dalolat beradi. fj 
Ktesiy  ma'lumoticha,  Baqtriyaga  qarashli  Vaxsh  vodiysi  obi-hayotga  mo‟l-  kolligi, 
unumdor  yeriari  ko'p  bo‟lganligidan,  bu  hududda  dehqonchilik  madaniyati  taraqqiy  topgan, 
aholi  bog'dorchilik,  mevachilik  mahsulotlari  yetishtirishda  omilkor  bo'lgan.  Qashqadaryo 
vohasining  miloddan  awalgi  VIII-V1I  asrlarga  oid  Sangirtepa,  Yangitepa,  Chiroqchitepa, 
Yerqo'rg‟on  singari  aholi  manzilgohlarini  o'rganish  shuni  ko'rsatadiki,  bu  joylarda  o'troq 
turmush  kechirgan  qavm,  elatlar  dehqonchilik  bilan  faol  shug'ul-langanlar.  Xuddi  shunday 
fikmi  So'g'diyona  hududlariga  nisbatan  ham  aytish  mumkin.  Qulay  tabiiy-jug'rofiy  sharoitga 
ega  bo‟lgan  Omonqo'ton.  Gurdara,  Qo'tirbuloq,  Zirabuloq  makonlarida  yashagan  aholining 
madaniy  hayoti  ham  ancha  to'laqonli  kechgan.  Baqtriyada  oltin,  la'l  kabi  qimmatbaho 
ma‟danlar  ko'plab  miqdorda  qazib  olinib,  ular  tegishli  ishlov  berishdan  so'ng  yurt  ehtiyoji 
uchun, qolaversa,  xorijiy  ellar  uchun  tayyor  mahsulot  holiga keltirilgan. Baqtriya la'liga  uzoq 
Xitoy,  Misr,  Hindiston  singari  mamlakatiarda  liam  talab-ehtiyoj  katta  bo'lgan.  Baqtriyada 
qimmatbaho ma'danlar ishlab chiqarishning yo'lga qo'yilishi bu yurtda maxsus hunarmandchilik 
turi - zargarlik, badiiy hunar tarmog'ining rivoj topishiga olib kelgan. Buni 1877—yilda Vaxsh 
va  Panj  daryolarining  Amudaryoga  quyilish  yerida  topilgan  «Amudaryo  xazinasi»  topilmasi 
timsolida  ham  kuzatish  mumkin.  Topilmalar  orasidagi  179  ta  oltin  va  7  ta  kumush  zargarlik 
buyumlari  qadimgi  Baqtriyada  nafis  hunarmandchilikning  o'sganligidan  dalolat  beradi.  Bu 
xazina  aslida  Baqtriya  hududiga  qarashli  Taxti  Sangin  shaharchasidagi  ibodatxonaga  tegishli 
bo'lgan. Ular Londondagi Britaniya muzeyiga (1897) oiib ketilgan. 


Shunday  qilib,  Xorazm  va  Baqtriya  davlatlarida  kechgan  siyosiy,  ijtimoiy-  iqtisodiy, 
madaniy  jarayonlar  ajdodlarimizning  ijtimoiy-tarixiy  taraqqiyot  yo'lidan  ilgarilab  borib,  o‟z 
davlatchilik  tuzilmalarini  vujudga keltirib, boshqaruv  usullarini  takomillashtirib borganligidan 
guvohlik  beradi.  Dehqonchilik,  chorvachilik,  hunarmandchilik,  sha-harsozlik,  mehnat 
taqsimoti,  ishlab  chiqarish  qurollarining  takomillashib  borishi  ulug‟  bobokalonlarimiz  o'lmas 
dahosi,  salohiyatining  yorqin  ifodasidir.  Bular  O'zbekiston  hududidagi  dastlabki  davlatchilik 
tarixiy tajribasining muhim jihatlari, namunalari sifatida alohida qimmatga egadir. 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish