kashfiyotlardan biri kulolchilikdir. Shuningdek bu davrda tikuvchilik, to‟quvchilik ham kashf
etildi.
Eneolit davri (mil.av. 4-3 ming yillik) da metall qurollaming barchasi sof misdan
qilinganligi ma‟lum. Bu davrda mis kimyoviy xossalari tufayli xo‟jalik hayotida ustunlik qila
olmay ishlab chiqarishda avvalgidek tosh kurollar asosiy o‟rinda bo‟iib qoldi. Shuning uchun
bu davr mis-tosh davri deb yuritiladi.
O‟rta Osiyo xududida quyidagi tarixiy-madaniy jarayonlar eneolit davri bilan bog‟liqdir:
1 .Xo‟jalikning boshqa hamma turlariga qaraganda haydama dehqonchilikning ustunlik
qilishi; 2..Xom g‟ishtdan, paxsadan katta jamoalaming ko‟p xonalilarining qurilishi; 3.Rangdor
sopol buyumlar, ya'ni hayvon, qush, o‟simlik shaklidagi naqshlar bilan bezatilgan idishlaming
mavjudligi; 4.Turli hayvonlaming loydan yasalgan va matriarxatga xos haykalchalari;
S.Kulolchilikda xumdonlaming ishlatilishi; 6.Tosh qurollar bilan birga mis qurollaming paydo
bo‟lishi; 7.0‟troq xo‟jalikning rivojlanishi va qurilishda xom g‟ishtning paydo bo‟lishi.
Bu davrga oid eng muhim yodgorliklar Buxoro vohasidagi Lavlakon, Beshbuloq
makonlari, Zamonbobo qabristonining eng pastki qatlamlari hamda Panjikent yaqinidagi
Sarazm qishlog‟i xarobasi hisoblanadi.
Broma davri O‟zbekiston erlarida mil.av. 3-ming yillik oxiri - 2-ming yilliklarga to‟g‟ri
keladi. Bu davrda misga qaraganda mustahkam sun'iy metall, ya'ni misga qalay, qo‟rg‟oshin
qo‟shilgan holda eritilib bronza olingan. Bu davming muhim xususiyatlari quyidagilardan
iborat:
1 .Bronza mehnat qurollari mehnat unumdorligini oshirishi natijasida ortiqcha mahsulot
paydo bo‟ldi. Bu hoi chorvachilikni dehqonchilikdan ajralib chiqishiga olib keldi va birinchi
mehnat taqsimoti ro‟y berdi. 2.Urug‟ni yetarli mahsulot bilan ta‟minlash erkaklar qo‟liga o‟tib,
patriarxat boshlandi. Patriaxal oila vujudga kelib, qarindoshlik ota, ya'ni erkak nomi bilan
belgilana boshladi. 3.G‟ildirak ixtiro qilinib, hayvonlarga qo‟shiladigan aravalar vujudga keldi.
Shuningdek qo‟I tegirmoni (yorg‟uchoq), kulolchilik charxi, charxpalak qilindi.
Bronza davriga oid yodgorliklar Xorazmdagi Tozabog‟yob, Amrobod, Surxondaryoning
Sherobod tumanidagi Sopol litepa, Buxoro viloyatining Qorako‟l tumanidagi Zamonbobo,
Farg‟ona vodiysidagi Chust madaniyati nomlari bilan mashxur. Bu yerdagi topilmalar
dehqonchilik, uy chorvachiligi va hunarmandchilik ancha rivojlanganligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: