Toshkent davlat agrar universiteti. O. A. Ostonov



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/409
Sana01.01.2022
Hajmi2,06 Mb.
#291141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   409
Bog'liq
2 5199531260153694706

asrlar davTi. 
• Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davri. 
• Mustabid sovet hokimiyati hukmronligi davri. 
• Milliy istiqlol davri. 
Bu  davrlaming  har  biri  yana  o'ziga  xos,  kichik  davrlarga  bo'Iinadiki,  uni  mazkur 
darslikning mazmuni va mundarijasidan yaqqol ko'rish mumkin. 
Haqqoniy, xolis tarixiy biliinga ega bo‟Iish oson emas. Negaki, biz o‟rganayotgan tarixiy 
voqealami, jarayonlami bevosita kuzata olmaymiz, ular bizdan ancha ilgari bo'lib o'tgan, ulami 
qaytarib bo'lmaydi. Bundan ilgari bo'lib o'tgan tarixiy voqealami bilib bo‟lmaydi degan xulosa 
chiqmaydi. 
Tarixiy  voqealar,  xalqlar  hayoti  nom-nishonsiz  yo‟q  bo‟iib  ket-maydi,  ulandan  tarixiy 
manbalar  guvoh  bo'lib  qoladi.  Tarixiy  manbalar  ikkiga  -  moddiy  va  yozma  manbaiarga 
boiinadi. 
Ajdodlarimizning  miloddan  awalgi  VIII-VII  asrlardagi  hayotini  o'rganishda  "Avesto" 
kitobi  qimtnatli  yozma  manba  hisoblanadi.  Mazkur  nodir  kitobda  ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatiar, dastlabki davlat tuzilmalarining shakllanish jarayonlari o'z ifodasini topgan. 
Vatanimiz  tarixiga  doir  ma'lumotlar  yunon  va  rim  manbalarida, chunonchi  Gerodotning 
"Istoriya"  (M.1972),  Ksenofontning  "Grecheskaya  istoriya”  (M.I935),  Polibiyning 
"Vseobshaya  istoriya"  (M.  1980-1989),  Arrianning  "Poxod  Aleksandra"  (M-L.  1962), 
Strabonning "Geografiya v 17 knigax" (M. 1964); 


Kursty  Ruthing  "Istoriya  Aleksandra  Makedonskogo"  (M.1963)  va  boshqalaming  asarlarida 
ham  uchraydi.  Antik  mualliflar  tomonidan  yozib  qoidirilgan  tna'lumotlami  to'plovchi 
I.V.Pyankovning  "Srednyaya  Aziya  v  izvestiyax  antichnogo  istorika  Ktesiya"  (Dushanbe, 
1975),  N.G.Gorbunovaning  "Fergana  po  svedeniyam  antichnix  avtorov.  Istoriya  i  kultura 
narodov  Sredney  Azii"  (L.1976)  kabi  kitoblari  ham  Vatanimiz  tarixini  o'rganishda  yordam 
beradi. 
Xitoy  yozma  manbalaridan  "Tarixiy  guvohiiklar"  (mil.av.I  asr),  "Ulug‟  Xon  xonadoni 
tarixi"  (milodiy  I  asr),  "Kichik  Xon  xonadoni  tarixi"  (milodiy  V  asr),  "Vey  xonadoni  tarixi" 
(milodiy  VI  asr),  "Shimoliy  podshohliklar  (Beyshi)  tarixi"  (milodiy  VH  asr)  va  bosh-qalarda 
Turkiston  tarixi  haqida  ma‟lumotlar  bor.  Shuningdek,  arman,  vizantiyalik  mualliflarning 
asarlarida ham vatanimiz tarixi haqida ma'lumotlar uchraydi. 
Vatanimiz tarixini o'rganishda turkiy, fors, arab manbalarining ahamiyati katta. Qadimgi 
turk yozuvi to'g'risida S.E.Malovning "Pa-myatniki drevne- tyurkskoy pismennosti" (M.1951) 
va  "Yenisey-skaya  pismennost  tyurkov.  Tekst  i  perevodi"  (M-L,  1951),  A.Sagduilayevning 
"Qadimgi O'zbekiston ilk yozma manbalarda" (T. 1996) asarlarida qimmatii rna'iumotlar bor. 
Turkiy  xalqlar,  jum-  ladan  o'zbek  xalqining  etnik  tarixini  o'rganishda  Abulg'oziyning  "Sha-
jarayi turk" (T.I992), L.N.Gumilevning "Drevnie tyurki" (M.I960), A.Yu.Yakubovskiyning "K 
voprosu ob etnogeneze uzbekskogo naroda" (T. 1941) asarlaridan foydalanish mumkin, 
O'zbek xalqining O'rta asrlardagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy- madaniy hayotini 
o'rganishda Abu Nasr Forobiyning "Fozil odamlar shahri
1
' (T.1993), Abu Rayhon Beruniyning 
"Qadimgi  xalqlardan  qolgan  yodgorliklar"(T.  1968),YusufXosHojibning"Qutadg'ubiHg"(T. 
1960),  M.Qoshg'ariyning  "Devonu  lug'otit-turk.  Uch  jildlik"  (Т.1960-1963),  Abu 
Tohirxojaning 
"Samariya" 
(T.1991), 
Narshahiyning 
"Buxoro 
tarixi" 
(T.1991), 
Nizomulmulkning  "Siyosatnoma  yoki  siyar  ul-muiuk"  (T.1997),  Amir  Temuming  "Temur 
tuzuklari" (T.1991), Mirzo Ulug'bekning "To'rt ulus tarixi" (T.1994) va boshqa nodir kitoblar 
muhim tarixiy manba bo'lib xizrnat qiladi. 
Vatanimiz  tarixini  o'rganishda  o'z  davrida  hokimiyat  tepasida  turgan  sulolalar  tarixini 
yoritishga  bag'ishlangan  bir  qator  kitoblar  -  Shi-hobiddin  an-Nasaviyning  "Sulton  Jaloliddin 
Manguberdi hayoti tafsiloti" (T, «O'zbekiston», 1999), Nizomiddin Shomiyning "Zafar-noma" 
(T, «O'zbekiston», 1996), Sharafiddin AH Yazdiyning "Zafar-noma" (T, « Sharq», 1997), Ibn 
Arabshohning  "Amir  Temur  tarixi.  Ikki  jildlik"  (T,  «Mehnat»,  1992),  Hofiz  Tanish  al-
Buxoriyning  "Abdullanoma"  (T.1999),  Mulla  Muhammad  Solihning  "Shayboniynoma" 
(T.1989),  Bayoniyning  "Shajarayi  Xorazmshohiy"  T.  1991)  va  boshqalar  qimmatii  manba 
sifatida diqqatga sazovordir. 


O'zbekiston  tarixi  yoshlarga  xalqimizning  o'tmishi,  tarixi  haqida  bilirn  berish  bilan 
ehegaraianib  qolmaydi,  u  yoshlami  vatanparvar,  ma'naviy  jihatdan  komil  fuqaro  etib 
shakllantirishga xizmat qiladi. Vatanimiz tarixi "Har bir fuqaroni, jumladan, yoshlarimizni boy 
madaniy  merosimizni  qadrlashga,  uni  ko'z  qorachig'iday  avaylab-asrashga,  yurak-yurakdan 
iftixor qilishga o'rgatadi. O'zimizning boy o'tmish merostmizdan madad va ibrat olishga imkon 
beradi.  Odamlar  qalbida  ezgulik  tuyg'ularini  uyg'otib,  bugungi  avlod  kimlaming  avlodi, 
kimlaming  zoti  va  vorislari  ekanini  anglashga  undaydi".Mustaqillik  qo'lga  kiritilgach, 
Vatanimiz  tarixida  burilish  pallasi,  ma'muriy-buymqbozlik  boshqaruviga  asostangan  totalitar 
tuziimdan  erkin,  demokratik  tuzumga  o'tish  davri  boshlandi.  O'tish  davrida  eski  ideallar, 
g'oyalar,  odatdagi  tafakkur  va  axioq  me'yorlari  buziladi,  milliy  qadriyatlar  qayta  baholanadi, 
muqobil  nuqtayi  nazarlar  paydo  bo'ladi,  allaqachon  unutilgan  qarashlar  qayta  uyg'onadi. 
ziddiyatlar  keskinlashadi.  Vujudga  kelgan  murakkab  sharoitda  «birovlar  tarixning  borishini 
bilish  mumkin  emas»,-  deb  talvasaga  tushsa,  boshqalar  eskirgan,  rad  etilgan  "haqiqat‟ga 
yopishib  olib,  tarix  g'iidiragini  orqaga  qaytarishni  orzu  qiladi,  urinadi,  Tarixiy  tajriba  va 
saboqlar esa dunyoda nimaiar o'zgardi, nima uchun o'zgardi, qanday qarashlardan tezroq xalos 
bo'lish  kerak  degan  savollarga  javob  topishga,  yangi  jamiyat  qurishning  muqobil  yo'Ilarini 
mushohada qilib, eng to'g'risini topishga, xatoga yo'! qo‟ymaslikka tmdaydi. Bunda tarix to'g'ri 
yo'lni ko‟rsatuvchi kompas bo'lib xizmat qiladi. 
Davlat  mustaqiliigini  o'z  qo'liga  olgan  ozod,  hur  O‟zbekistonda  Vatan,  istiqlol  taqdiri 
bugungi baxtli avlodlar qo'lida. Mustaqiilikni asrab-avaylash, mustahkamlash, mamlakatimizni 
keying!  avlodlarga  yanada  qudratli,  obod,  ijtimoiy-iqtisodiy  jihatdan  rivojlangan  holda 
yetkazish  zamonamizning  dolzarb  vazifasiga,  talabiga  aylandi.  Bu  mas'uliyatli,  ayni  paytda 
sharafli  vazifaning  qay  darajada ado  etilishi bugungi  avlodlarga,  xususan,  yoshlarga,  ulaming 
ma'naviy  barkamolligiga  bog'liq.  "Biron  bir  jamiyat,  -  deb  ta'kidlaydi  yurtboshimiz  Islom 
Karimov,  -  ma‟naviy  imkoniyatlarini,  odamlar  ongida  ma'naviy  va  axloqiy  qadriyatlami 
rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o'z istiqbolini tasavvur eta olmaydi”. 
Har  qanday  jamiyat  taraqqiyotining  asosiy  kuchi  ma'naviyat  va  ma‟rifatdrr.  Ma'naviy 
barkamollikrii  tarbiyalashda  Vatan  tarixi  muhim  omil  hisoblanadi.  "Ma'naviyat,  -  deb  yozadi 
Islom  Karimov,  -  o'z  xalqining  tarixini,  uning  madaniyati  va  vazifalarini  chuqur  bilish  va 
tushunib  yetishga  suyangandagina  qudratli  kuchga  aylanadi",  "...tug'ilib  o'sgan  yurtida  o'zini 
boshqalardan kam sezmav, boshini baland ko'tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira 
kerak... Tarixiy xotirasi bor inson - irodali inson". 
Insonda  tarixiy  xotira  o‟z  Vatani  tarixini,  o'z  xalqi,  ajdodlari  tarixini  btlisb  orqali 
shakllanadi.  Yaain  o'tmishda  mustamlakachilar,  totalitar  tuzum  mutasaddilari  ko'pgina 
xalqlarni, jumladan, o'zbek xalqini o'z tarixidan judo qilish, ulami o'z o'tmishiga loqaydlik bilan 
qaraydigan, nasl-nasabini eslolmaydigan rnanqurtlarga 


ayiantirish siyosatini yuritdi, amaliyotda esa xalqimiz tashqi dunyodan butunlay uzib qo‟yildi, 
uning bir necha ming yillik boy tarixi soxtalashtirildi, uni yoshlarga o'qitish va o'rgatishga izn 
berilmadi. 
Mustaqillik sharofati bilan Vatanimiz tarixi o'z o‟mini topdi, barcha o'quv maskaniarida 
talaba-o‟quvchilarga  Vatan  tarixini  o'qitish  davlat  siyosati  darajasiga  ko'tarildi,  Vatan  tarixini 
o‟qitish  yolga  qo'yildi.  Vatanimiz  tarixi  millatning,  yoshlaming  haqiqiy  tarbiyachisiga 
aylanmoqda. Bu borada Prezident Islom Karimovning "Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq 
xotirasi  ekanligini  nazarda  tutishimiz  kerak.  Xotirasiz  barkamol  kishi  bo'lmaganidek,  o'z 
tarixini  bilmagan  xalqning  kelajagi  ham  bo'Imaydi”,  "Tarix  -  xalq  ma'naviyatining  asosidir", 
"Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q", "O'zlikni anglash tarixni biiishdan boshlanadi", "Inson uchun 
tarixdari judo bo'lish -hayotdan judo bo'lish demakdir" degan hikmatli so'zlari va ko‟rsatmalari 
dasturilamal bo'lib xizmat qilmoqda. 
Tarix  fani  olam  yagona  va  yaxlit,  O'zbekiston  uning  ajralmas  bir  qismi,  orada  sodir 
bo'ladigan  voqea,  hodisalar  umumiy  va  o'zaro  bog'Ianishda,  uzluksiz  harakatda  ekaniigi 
xususida to'g'ri tasawur, tushuncbalami shakilantiradi. 
O'z o'tmishini, ajdodlari tarixini yaxshi bilgan insonning irodasi kuchli bo'ladi, uni har xil 
aqidalar girdobiga tushishdan saqlaydi. O'tmishni bilgan, tarix saboqlarini anglab yetgan inson 
hozirgi  zamonni  yaxshi  tushunadi,  kelajakni  to'g‟ri  tasawur  etadi.  Muxtasar  aytganda,  Vatan 
tarixi talaba-o'quvchilarda xalqning o'tmishi, hozirgi zamoni va kelajagi yagona tarixiy jarayon 
degan  tushunchani  shakilantiradi.  Bu  o'z  navbatida  yoshlami  tarixiy  jarayonlaming  oddiy 
kuzatuvchisi  bo'lib  qolishdan  saqlaydi,  ulami  olg'a  intilishga,  taraqqiyotga  ko'makiashishga 
undaydi. 
O'zbekiston  tarixi  talaba-o‟quvchilarga  bugungi  kunda  mamlakatimizda  amalga 
oshiralayotgan demokratik islohotlaming mohiyati va natijalarini, milliy, huquqiy davlatchilikni 
barpo etish. demokratik-fuqarolik jamiyatini qurish, ijtimoiy yo‟naltirilgan bozor iqtisodiyotini 
shakllantirish jarayonlarini o'rgatadi. Bu o'z navbatida yoshlarda ilmiy dunyoqarashni, siyosiy 
madaniyatni tarbiyalaydi, jamiyatda o'z o'mini to'g'ri belgilashga ko'maklashadi. 
Xalqimizning  buyukligi,  kuchi  uning  boy  ma'naviy  merosga  ega  ekaniigi  bilan 
belgilanadi.  Xalqimizning  ma'naviy  poydevori  juda  qadimiy  va  mustahkam.  Ajdodlarimiz 
yetishtirib  bergan  o‟nlab,  yuzlab  jahonga  mashhur  olim-u  ulamolar,  me'mor-u  binokorlar, 
naqqoshlar,  zargarlar,  hunarmandlar,  davlat  arboblari,  xalq  qahramonlari  hayoti,  dunyoda 
birinchilar qatorida bunyod etilgan ilm va ta'lim maskanlari faoliyati talaba-o'quvchilar uchun 
katta  ibrat  maktabi,  tarix  sabog'idir.  Kelajak  sari  intilayotgan  yoshlar  uchun  bu  boy  ma'naviy 
meros  mustahkam  tayanchdir.  Uning  zaminida  tinimsiz  va  mashaqqatli  mehnat,  har  qanday 
to‟siqlami yengish, ilmga va ziyoga intilish kabi xislatlar yotadi. Bunday xislatlar Vatan tarixini 
o‟qitish orqali yoshlarga singdiriladi. 
Vatan tarixi xalqimizning asrlar davomida ko'pgina xalq, elatiar biian ahil, hamjihat bo‟iib 
yashaganligidan,  yurtimizda  turli  diniy  e‟tiqodlar  erkinligi  va  inoqligi  boiganligidan  guvohlik 
beradi. Bu mustaqil O'zbekistonda yashovchi turli 


dinlarga  e'tiqod  qiluvchi  120  dan  ortiq  millat  va  elaliar  o'rtasida  tmchlik,  miliiy  totuvlik, 
birodarlil.ni yanada mnstahkamlashga xizmat qiluvchi tarixiy saboqdir. 
Kelajagi  buyuk  davlat  qurayotgan  bugungi  aviodlar  uchun  o'zbek  daviatchiligi  tarixi, 
ming  yillar  davomida  shakllanib,  takomillashib  kelgan  siyosiy-huquqiy  institutlar,  qonun-
qoidalar  tajribasi  O'zbekiston  mustaqilligini  yanada  mustahkam  lash,  huquqiy  davlat, 
demokratik jamiyat qurishda mustahkam tayanch va madadkordir 
Tarixiy  xotira,  ajdodlarimiz  qoidirgan  boy  ma'naviy  merosni  egallash  talaba- 
o'quvchilarda  halollik,  odillik,  rostgo'ylik,  mehr-oqibat,  mehnatsevarlik,  ilmga  intilish  kabi 
insomy faziiatlami sbakllantirishga ko'maklashadi. 
Vatan  tarixi  yoshlarda  jamiyatda  ertaroq  mustaqil  faoliyat  yuritish,  o'z  qobiliyatini 
to'laroq  ochish  va  hayotga  tatbiq  etish  sifatlarini  shakilantiradi,  Vatan,  xalq  taqdiri  uchun 
mas‟uSiyatiu o'z ammasiga olish kabi yuksak ma'naviy burchni tarbiyalaydi, miliiy g'oya bilan 
qurollantiradi. 
Shu  bois,  Vatan  tarixini  har  tomonlama,  chuqur  o'rganish  muhim  ahamiyatga  molik 
vazifadir.  Mamlakatimizda  mustaqillik  sharofati  tufayli  bog'chalardan  tortib  oliy  o'quv 
yurtlarigacha  bo'lgan  ta'Iim-tarbiya  tizimlarida  O'zbekiston  tarixi  fanini  o‟qitishga  davlat 
darajasiga  ko'tarilgan  vszifa  sifatida  katta  e‟tibor  berilmoqda,  g'amxo'rlik  qilinmoqda.  "Tarix 
millatning  haqiqiy  tarbiyachisiga  aylanib  bormoqda.  Buyuk  ajdodlarimizning  ishlari  va 
jasoratlari  tarixiy  xotiramizni  jonlantirib,  yangi  fuqaroiik  ongini  shakilantirmoqda  Axloqiy 
tarbiya va ibrat manbayiga aylanmoqda". 
4.  I.A.Katimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‟q» asarida Vatan tarixi 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish