Toshkent davlat agrar universiteti. O. A. Ostonov


-  Mavzu. O’ZBEKISTON TARIXI FANINING PREDMETI



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/409
Sana01.01.2022
Hajmi2,06 Mb.
#291141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   409
Bog'liq
2 5199531260153694706

1- 
Mavzu. O’ZBEKISTON TARIXI FANINING PREDMETI, 
UNI O'RGANISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI, 
MANBALARI VA AH AMI Y ATI. MARKAZIY OSIYO JAHON 
SIVELIZATSIYASINING AJRALMAS QISMI 
1.  O'zbekiston tarixi faiii predmeti. 
2.  Tarixni o'rganishning nazariy-metodologik tamoyillari va manbalari 
3.  Barkamol avtadni shakllantirishda Vatan tarixining ahamiyati 
4.  I.A.Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‟q» asarida Vatan tarixi muammosi. 
5.  Insoniyatning  dastlabki  ajdodlari.  O‟zbekiston  hududida  eng  qadimgi  odamlar 
hayotintng izlari. 
1. O'zbekiston tarixi fani predmeti. 
Tarix  -  arabcha  so'z  bo'lib,  «o'tmish»,  «o'tgan  voqealar  haqida  aniq  hikoya  qilish» 
ma‟nolarini anglatadi.,Tarix butun insoniyatning uzoq o'tmishdan to hozirgi kunlargacha bosib 
o'tgan  hayotiy  yo'lini,  avloddan  avlodga  meros  qoluvchi,  doimo  rivojlanib,  boyib  boruvchi 
ijtimoiy-siyoniy,  iqtisodiy,  ma'naviy-ma'rifiy,  madamy,  davlat  qu-rilishi  sohalaridagi 
tajribaiarini,  xalqlami  yetaklagan  tarixiy  shaxslar  faoliyatini  tartibga  solingan  holda 
o'rganuvchi, tasvirlovchi fandir. 
Tarixni  o'rganish,  bilish  -  bu  kishilik  jamiyatining  rivojlanish  qonuniyatlari, 
taraqqiyotning  mavjud  bosqichdan  yangi  bosqichga  o'tish  jarayonini,  insonlaming  inqirozli, 
turg'unlik holatiga tushish sabablari va bu holatdan chiqish yo'lidagi tajribaiarini, har bir zarrasi 
qitnmatga  tushgan  o‟tmish sabog‟ini  umumlashtirish, tushunib  yetish,  anglab  olish  demakdir. 
Tarix  fani  tarixiy  jarayonning  qonuniyatlari  va  tendensiyalarini  tushunib  yetishga,  hozirgi 
zamonni to'g'ri anglab olishga, kelajakni asos!i ravishda ko'ra bilishga ko'maklashivvchi ilmdir. 
Hozirgi  O'zbekiston  hududida  dastlabki  mustaqil  davlat  tuzilmalari  miloddan  avvalgi 
birinchi  ming  yillik  boshlaridayoq  paydo  bo'lib,  qariyb  3000  yil  davomida  takomillashib 
borgani va dunyo davlatchiligi rivojida eng yuksak darajaga ko‟tarilgani jahonga ma'lum. 
Vatanimiz  tarixi  o'zbek  xalqining  jahon  tarixi  va  madaniyati  xazinasiga  ulkan  hissa 
qo'shganligidan  guvohlik  beradi.  Buyuk  bobolarimiz  -  Muhammad  Muso  al-  Xorazmiy,  Abu 
Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg‟oniy, Abu AH ibn Sino, Abu Rayhon Bemniy, Muhammad ibn 
Ismoil  al-Buxoriy,  Abu  Iso  at-Termiziy,  Bahouddin  Naqshband,  Ahmad  Yassaviy,  Amir 
Temur,  Mirzo  Ulug'bek,  Alisher  Navoiy,  Zahiriddin  Muhammad  Bobur  va  boshqa  yuzlab 
allomalarimiz  bilan  nafaqat  o'zbeklar,  balki  butun  turk  dunyosi,  qolaversa,  butun  yer  yuzi 
xalqlari faxrlanadilar. 
O'zbekiston  tarixi  fanining  predmeti  xalqimizning  eng  qadimgi  zamonlardan  to  hozirgi 
kunlargacha bosib o'tgan uzoq va murakkabtarixiy yo'lini, ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy, madaniy 
va  ma'naviy  hayotini  holisona  o'rganishdan,  tushuntirishdan  iboratdir.  O'zbekiston  tarixi  fani 
ajdodlarimiz  hayoti  bilan  bog'liq  holda  sodir  bo'lgan  voqealar  rivojining  ichki  mantig'ini, 
sabablari va oqibatlarini, 


asrlar  davomida  to'plangan  amaliy  tajriba  va  saboqlarni  o'rgatadi.  Vatanimiz  tarixi 
o'zbeklarning  xalq,  millat  bo‟lib  shakllanish  jarayonini,  ajdodlarimiz  qoldirgan  boy  ma'naviy 
merosni,  davlatlaming  tashkil  topishi  va  ulaming  ichki  va  tashqi  siyosatini  o'rgatadi. 
O'zbekiston  tarixi  fani  xalqimizning  mustaqil  taraqqiyot  yo'liga  kirishi,  mustaqillik  yiilarida 
milliy  huquqiy  davlatchilik  qurilishi,  demokratik—  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish,  erkin 
bozor iqtisodiyotini yaratish, jahon hamjamiyatiga iniegratsiyalashish jabhalaridagi faoliyatini 
o‟rgatadi.  Uzbekiston  tarixi  fani  xalqimiz  tarixini  haqqoniy  tasvirlovchi,  aks  ettiruvchi 
munawar  ko'zgu,  ijlimoiy,  siyosiy,  tarbiyaviy,  ma‟naviy  saboqlar  majmuasidir.  O‟zbekiston 
tarixi  fani  boshqa  ijtimoiy-gumanitar  fanlar  bilan  bog‟liq  holda  o'rganiladi.  Insoniyat 
hayotining  ma‟no-mazmuni  va  jamiyat  taraqqiyotining  umumiy  qonuniyatlari  haqida  fikr 
yuritganda, falsafa, davlat qurilishi va jamiyatni boshqarish masalalarida politologiya, iqtisodiy 
hayotni  yoritishda  iqtisodiyot  nazariyasi,  xalqning  turmush  tarzi,  tili  va  milliy  mentalitetini 
tasvirlashda  etnografiya,  o‟zbek  tili  va  adabiyoti,  dinshunoslik  fanlari  yutuqlaridan 
foydalaniladi. Tarixshunoslik, manbashunoslik, arxeologiya, arxivshunoslik kabi maxsus fanlar 
tarix falsafasini chuqur anglab yetishga ko‟maklashadi. Tarix fani tarixda sodir bo‟lgan voqea 
va hodisalaming rivojlanishi, ulaming qachon, qaerda, qanday holatda yuz berganini, umuman, 
insoniyat jamiyati taraqiyotini o‟rganadi. 
Vatanimiz  jgthon  sivilizatsiyasining  beshiklaridan  biri  hisoblanib,  O‟zbekiston  tarixi 
qadim  va  yaqin  ajdodlarimizning  hayotiy  kechmishlarini,  jahon  tarixi  taraqqiyatiga  qo‟shgan 
xissalarini,  tarixiy  voqealami  tahlil  qilishni,  ulaming  sabablari  va  mohiyatini,  ichki  va  tashqi 
omillarini,  uning  o‟ziga  xos  qonuniyatlarini  o‟rganadi.  Bu  o‟z  navbatida,  yoshlarda  tarixiy 
tafakkurini shakllantirib, komil inson bo‟iib yetishishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Haqqoniy  tarixni  yozishda  tarix  fani  predmeti  va  ob‟ektining  to‟g‟ri  belgilanishi  o‟ta 
muhim  ahamiyatga  ega.  O‟zbekiston  tarixi  fanining  o‟ziga  xos  xususiyatlari  quyidagilardan 
ibopat: 
a)  U fan sifatida o‟zining butun diqqatmi o‟tmishga qaratadi, undan saboq beradi, xulosa 
chiqaradi, ajdodlarimiz yaratgan madaniy, ma‟naviy-mafkuraviy qadriyatlami o‟rganadi. 
b)  Boshqa  ijtimoiy  fanlarga  nisbatan  aniq  fan.  Shuning  uchun  ham  u  matematika 
usulidan  keng  foydalaniladi.  Tarixiy  voqea  va  hodisalar  qat'iy  aniqlikda,  davriy  ketma-ketlik 
xronologik asosda o‟rganiladi. Shu bilan birga tarixiy voqelikning sabab va oqibatlari aniqlanib, 
shakl-shamoyillari va holati belgilanadi. 
v)  O‟zbekiston  tarixi  o‟tmishdagi  ijtimoiy-iqtisodiy  hayotning  rivojlanishi  va 
tanazzulning sabablarini o‟rganib, ulardan kelajak uchun zarur saboq va xulosalar chiqaradi. 
g)  O‟zbekiston  tarixi  insoniyat  jamiyatining  barcha  tomonlarini  uzviy  bog‟liqiikda,  bir 
butunlikda o‟rganadi. 
O‟zbekiston  tarixini  o‟rganish  predmetiga  hududimizdagi  voqea  va  hodisalar,  ulaming 
aloqaaorligi, qonuniyatlari va insonning yaratuvchanlik faoliyatiga kiradi. 


O‟zbekiston  tarixi  fanini  o‟rganish  makon-ob'ekti  O‟zbekiston  tarixidir.  Tarixiy  ob'ekti, 
ya'ni makon O‟zbekiston tarixi fanining aniq maqsadi va vazifasini belgilab beradi. 
Ob'ekt aniq tarixiy davr, makon, zamon  va geografik mintaqaviy chegaralar, ma'lum bir 
xalq,  mamlakat  tarixi  bilan  bog‟liq  bo‟iib,  shular  doirasidagi  voqea  va  hodisalami  o‟z  ichiga 
oladi. 
Predmet esa mana shu bir butun ob'ekt ichidagi aniq tarixiy-madaniy jarayondir. 
Tarix  bitan  boshqa  ijtimoiy  fanlaming  o‟rganish  ob'ekti  bitta,  ya'ni  jamiyat.  Shuning 
uchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga, tarixiy haqiqatning tiklashga bevosita yordam 
beradi. Shu bilan birga tarix boshqa fanlaming ham tarixidir, chunki ulaming, hammasi tarixiy 
ong,  tafakkur,  umuman  tarixning  mahsulidir.  Tabiat  va  jamiyat  ham  awalo  tarixda  aks  etadi. 
Ular  ham  tarix  fanini  o‟rganish  ob'ekti  va  predmeti  hisoblanadi.  Xulosa  shuki,  Vatan  tarixi 
miilatni ravnaq topishida muhim o‟rin tutadi. Mustaqillik sharofati bilan bu fanni o‟rganishga 
bo‟lgan munosabat tubdan o‟zgarib, uni barcha oliy o‟quv yurtlarida o‟qitish yo‟lga qo‟yildi. 
2.  Tarixni o'rganislmirag nazariy-metodologik tamoyillari va manbalari 
Tarixiy  voqealami  o'rganishda to‟g'ri ilmiy-nazariy,  metodologik asoslarga tayanishning 
ahamiyati juda katta. Sovetlar hukmronligi davrida tarixiy tadqiqotlar, uni o'qitish va o'rganish 
ishlari  markscha-lenincha  metodologiyaga  bo'ysundirildi.  Har  qanday  voqeani  yoritishga 
sinfiylik,  partiyaviylik,  kommunistik  mafkuraviylik  nuqtayi  nazarlaridan  yondashildi. 
Mamlakat, butun bir xalq tarixi ikkiga-eks- pluatator va ekspluatatsiya qilinuvchilar, quldorlar 
va  qullar,  feodallar  va  qaram  dehqonlar,  burjuaziya  va  yollanma  ishchilar,  boylar  va 
kambag'allar,  mulkdorlar  va  yo'qsillar  tarixiga  bo‟lindi.  Boylar  va  mulkdorlar,  ular  orasidan 
chiqqan beklar, amirlar, xonlar, davlat arboblariga ommaga qarshi reaksion siyosat yurituvchi 
ekspluatatorlar guruhi deb qaraldi, tarixiy shaxslar qoralandi, nomlari badnom qilindi. Tarixiy 
voqea  va  hodisalar  kambag'allami  va  yo'qsillami  himoya  qiigan,  sinfiy  cheklangan  tarzda 
yoritildi. 
Insoniyat  tarixini,  tarixiy  voqea,  hodisalami  to'g'ri  yoritish  va  o'rganish  uchun  bir  qator 
muhim  nazariy-metodologik  tamoyillarga  tayanmoq  zarur.  Bilish  nazariyasining  dialektik 
metodi  ana  shunday  tamoyillardan  biridir.  Dialektika  olam  yagona  va  yaxlit,  unda  sodir 
bo'ladigan  hodisalar,  voqealar  umumiy  va  o'zaro  bog'lanishda,  uzluksiz  harakatda,  ziddiyatli 
taraqqiyotda bo'ladi, deb ta'lim beradi. Dialektika juda uzoq tarixga ega, uning bilish nazariyasi 
sifatida  shakllanishi  va  rivojlanishida  Geraklit,  Aristotel,  Xorazmiy,  Forobiy,  Abu  Rayhon 
Beruniy, Abu AH ibn Sino, Spinoza, Gegel, Gersen va boshqa olim va ma'ri-fatparvarlarning 
xizmati  katta.  Ular  moddiy  va  ma'naviy  dunyoni  uzviy  bog'liq  jarayon  shaklida,  ya'ni  ulami 
uzluksiz harakat qilib, o'zgarib, taraqqiy qilib turadigan holda, taraqqiyotni ichki bog'la-nishda 
olib o'rganish qoidalarini yaratdilar. Diaiektik metodologiya har qanday mamlakat tarixini, shu 
jumladan, O'zbekiston tarixini 


jahon xalqlari tarixi bilan bog'liq holda o'rganishni taqozo etadi. Negaki, har bir xalq tarixidagi 
milliylik,  o'ziga  xos betakror  xususiyatlar boshqa  xalqlar tarixini  o'rganish barobarida  yanada 
oydinlashadi. 
Darhaqiqat,  O'zbekiston  tarixi,  awalo,  Markaziy  Osiyo  mamlakatlari  tarixi  biian, 
qolaversa,  butun  jahon  xalqlari  tarixi  bilan  chambarchas  bog'langan.  Qadim  zamonlardan 
buyon  Vatanimiz  Markaziy  Osiyo  mintaqasidagi ko'pgina  davlatlar  bilan  yagona  iqtisodiy  va 
madaniy makonda bo‟iib kelgan. Bu katta hududda yashovchi urugl, qabila, qavm, elatlaretnik 
jihatdan  doimo  o'zaro  ta'sirda  va  aloqada  bo'lganlar,  qo'shilish  jarayonini  boshidan 
kechirganlar,  ulaming  ijtimoiy,  styosiy,  iqtisodiy,  ma'naviy  hayoti  mushtarak,  uzviy  bog'liq 
o'tgari. Shu sababdan O'zbekiston tarixini qo'shni mamlakatlar tarixiga bog'liq holda, bir xalqni 
ikkinchi  bir  xalqqa  qarama-qarshi  qo'ymagan  holda  o'rganish  taqozo  etiladi.  Qozoq,  qirg'iz, 
qoraqalpoq,  turkman,  tojik,  fors,  afg'on,  hind,  arab  va  boshqa  xalqlar,  mamlakatlar  tarixini 
qanchalik yaxshi bilsak, O'zbekiston xalqlari tarixini shunchalik chuqur tushunamiz. 
Tarixiy voqea, hodisalami o'rganish, tahlil qilish va yoritishda xolisona, haqqoniy, ilmiy 
yondashuv  tamoyili  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Xolislik,  ilmiylik  qoidasi  tarixiy  voqea, 
hodisalami o'rganayotganda ularga daxldor barcha faktlaming majmuini birga olib tekshirishni, 
aniq, haqqoniy daliilarga asoslanishni talab qiladi. Tarixiy hodisalami bir butun holda o'rganish 
darkor. Tor doirada to'qilgan bir g'oyani, uydirmani oqlash lozim bo'lsa faktlar silsilasidan faqat 
ayrimlarini,  mos  keiadiganlarinigina  tanlab  olish  «tajribasi»  sir  emas,  albatta.  Bu  usulda 
chiqarilgan xulosa yoki baho xolisona, haqqoniy bo'lmay, u birtomonlamalikka olib keladi, 
Mustaqillik  tarixni  xolisona  yoritish  imkoniyatini  yaratdi.  «O'zbek  olimlarining  kuch 
g'ayratlari  bilan  tariximizning  ko‟pdan  ko'p  g'o-yat  muhim  sahifalari,  eng  awalo,  Temuriylar 
davri, XIX asr oxiri, XX asr boshlari tarixi yangidan kashf etildi. Shuni esda tutish muhimki, 
o'tmishimizni  «oqlash»  vazifasi  u  mu  man  olganda  bajarib  bo'lindi,  hozir  esa  asosiy  vazifa, 
tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan holisona va halol amalga oshirishdan iboratdir». 
Tarixni o'rganishda tarixiylik tamoyili muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi voqea, 
hodisalami  o'z  davririing  aniq  tarixiy  sharoitidan,  o‟sha  davr  muhitidan,  tarixiy  rivojlanish 
jarayonidan  kelib  chiqqan  holda  o'rganishni  taqozo  etadi.  Har  bir  voqea,  hodisani  boshqa 
voqealar,  hodisalar  bilan  bog'lab  o'rgangandagina  mazkur  voqea  hodisaning  umumiy  tarixiy 
jarayondagi o'rami to'g‟ri aniqlash, belgilash mumkin bo'ladi. Har bir voqea, hodisaga umumiy 
tarixiy jarayonning bir qismi deb qaramoq zarur. 
Har  bir  hodisa,  jarayon  qanday  tarixiy  muhiida,  nima  uchun  aynan  shu  paytda,  shu 
shaklda  sodir  bo'iganligini,  bu  hodisa  o'z  taraqqiyotida  qanday  asosiy  bosqichlami  bosib 
o'tganligini,  keyinchalik  u  qanday  bo‟iib  qolganligini  bilish  tarixiylik  qoidasinmg  talabidir. 
Masalan, bironta davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtayi nazandan turib baho bermoqchi bo'lsak, u, 
birinchidan,  qachon,  qanday  tarixiy  sharoitda  paydo  bo'ldi,  ikkinchidan,  u  o'z  taraqqiyotida 
qanday bosqichlami 


bosib  o'tdi,  uchinchidan,  uning  tarixiy  o'rni,  mavqeyi  qanday  degan  savollarga  aniq  javob 
berish zarur bo'ladi. 
Tarixiylik  tamoyili  xalq  o‟tmishini  yagona  tabiiy-  tarixiy  jarayon  deb,  o'tmish  hozirgi 
zamonni  tayyorlaydi,  hozirgi  zamon  kelajakni  yaratadi  deb  qaraydi.  Insoniyat  ana  shunday 
umumiy yo'ldan borayotgan ekan, istiqbolda porloq hayot, farovon turmush qurmoqchi bo'lgan 
avlod  tarix  fani  orqali  o'tmishni,  ajdodlarimizning  tarixiy  tajribasini  yaxshi  bilmog'i  lozim. 
O'tmishni,  ajdodlarimiz  tarixini  qanchalik  yaxshi  bilsak,  anglab  yetsak,  hozirgi  zamonni 
shunchalik  mukammal  tushunamiz,  kelajakni  to'g'ri  tasawur  etamiz,  taraqqiyotning  muqobil 
yo'llaridan ma‟qulini tanlay olamiz. 
Insoniyat  taraqqiyotining  ma'lum  bosqichida  xususiy  mulkchilik  kelib  chiqadi  va 
urug'chiiik  tuzumi  yemirilib,  unig'  jamoalari  turli  ijtimoiy  tabaqalarga  bo'Iinadi.  Shu  davrdan 
e'tiboran  tarixiy  voqea  va  hodisalar  ana  shu  tabaqalarning  manfaati  bitan  bog'liq  holda 
kechadigan,  har  bir  ijtimoiy  tabaqa  o'z  manfaati  nuqtayi  nazaridan  harakat  qiladigan,  ayrim 
hollarda ulaming siyosiy, iqtisodiy manfaati to‟qnashadigan, qo'zg'olonlar ko'tariladigan bo'lib 
qoladi.  Bunday  vaziyatda  sodir  bo‟tgan  voqealami,  tarixiy  jarayonni  o'rganishda  ijtimoiy 
yondashuv  tamoyiliga  rioya  yetish  zarur  bo'ladi.  Ijtimoiy  yondashuv  tamoyili  tarixiy 
jarayonlami  aholining  barcha  tabaqalari  manfaatlarini,  teng  ta'sir  etuvchi  omillami  hisobga 
olgan  holda  o'rganishni  taqozo  etadi,  Voqealami  alohida  bir  ijtimoiy  tabaqa  -  kambag'aliar, 
yo'qsillar  yoki  mulkdor  boylar  manfaati  nuqtayi  nazaridan  turib  tahlil  yetish,  yoritish  bir 
tomonlama yondashuv bo'lib, bu tarixni soxtalashtiradi, noto'g'ri xulosalarga olib keladi. 
Shohlar,  amirlar,  beklar  feoiiyatini  yoritishga  adolat  nuqtayi  nazaridan  yondashmoq 
kerak.  Ulami boy  tabaqalardan chiqqan,  mulkdor bo'lgani  uchungina qoralash, badnom qilish 
adolatdan  bo'lmaydi.  Mamlakat  yurtboshisiz,  davlat  idora  organlarisiz,  boshqaruvchiiarsiz 
bo'lmasligini isbot yetishning hojati bo'lmasa kerak. Shunday ekan, barcha davlat arboblarini, 
amaldorlami yoppasiga qoralash ham to‟g'ri emas. 
Ijtimoiy  yondashuv  tamoyili  davlat  arboblarining,  siyosiy  kuchlar,  partiyalar,  turli 
uyushmalar, ular yo'lboshchitarining tarixiy taraqqiyot darajasiga ko'rsatgan ijobiy yoki salbiy 
ta'sirini, jamiyatning u yoki bu yo'ldan rivojlanishidagi rolini bilib olishda muhim ahamiyatga 
egadir. 
Jahon xalqlari tarixi, jumladan, mamlakatimiz tarixi guvohlik beradiki, davlatlar o'rtasida, 
hukmdorlar  o'rtasida  siyosiy,  iqtisodiy  manfaatlar,  strategik  maqsadlar  yo'lida  tez-tez 
qirg'inbarot urushlar bo'lib turgan, biri ikkinchisini bosib olgan, mag'lub mamlakatni talon-taroj 
qilgan, iqtisodiy imkoniyatlarini zo‟rovonlarcha o'z manfaatiga bo'ysundirgan va o'zlashtirgan. 
Bunday  jarayonlami  strategik  manfaatlar,  siyosiy  mezonlar  nuqtayi  nazaridan  turib  baholash 
zarur bo'ladi. 
Mamlakatimiz  tarixini  o'rganishda  milliy  qadriyatlar,  xalq  an'a-nalari  va  urf-  odatlari, 
islom  dini  tarixi,  odamlaming  diniy  e'tiqodiari,  diniy  ta'limotlar  va  ulaming  asoschilari 
faoliyatini  tahlil  qilishda,  yoritishda  vorisiylik  tamoyiliga  amal  qilish,  ulami  tarixiy  xotira 
sifatida hurmat qilish, e'zozlash va yanada boyitib borish 


nuqtayi  nazaridan  yondashmoq  kerak.  Hayot  xalqning  necha  ming  yillar  davomida  yaratgan 
milliy  madaniyatini,  axloq  mezonlarini  ikkiga  -  ekspluatatorlar  madaniyati  va  axloqi  hamda 
ekspluatatsiya  qilinuvchilar  madaniyati  va  axloqiga  bo'lish,  birinchisini  qoralashdan  iborat 
yo'riqnomaning  naqadar  zararli  ekanligini  ko'rsatdi.  Milliy  madaniyatga,  ma'naviy  merosga 
bunday  yondashuv  ma'naviy  qashshoqlashishga,  milliy  qadriyatlaming,  urf-odatlaming  oyoq 
osti  qilinishiga,  ko'pgina  olimlar,  ma'rifatparvarlar,  ruhoniylarning  badnom  qiJinishiga  olib 
kelganligini hech qachon unutmaslik kerak. 
Ajdodlarimiz  hayotini,  tarixiy  jarayonlami  tahlil  qilish,  yoritish,  o'rganishda  Vaten 
manfaati nuqtayi nazaridan yondashish, milliy istiqlol g'oyasi tamoyillariga tayanmoq lozim. 
Vatanimiz  tarixini  o'rganishda  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning 
asarlari,  ma'ruza  va  nutqlari,  farmon  va  farmoyishlari,  mustaqiilik  davrida  qabul  qilingan 
qonunlar va boshqa me‟yoriy hujjatlar muhim nazariy- metodologik asos bo'lib xizmat qiladi. 
Tarixni  o'rganishda  yuqorida  qayd  etilgan  metodologik  tamoyillar  bilan  bir  qatorda 
faktlami  taqqoslash,  mantiqiy-qiyosiy  xulosalar  chiqarish,  falsafiy  tafakkur,  davrlashtirish, 
sotsiologik  tadqiqotlami  o'tkazish,  statistik,  matematik  va  boshqa  usullardan  ham  foydalanish 
zarur. 
Vatanimiz  tarixini  tadqiq  yetish,  o'rganishda  uni  to‟g'ri  davrlashtirishning  ahamiyati 
kattadir.  Sovetlar  hukmronligi  davrida  sobiq  SSSR  tarkibidagi  yuzdan  ortiq  xalqlar  tarixi, 
jumladan,  Vatanimiz  tarixi  sinfiy  kurash,  inqilobiy  harakatlarga  asoslangan  marksistik 
formatsion  g'oyaga  bo'ysundirilgan  holda  davrlashtirildi.  Barcha  xalqlar  tarixi  besh  davrga: 
ibtidoiy jamoa tuzumi, quldorlik tuzumi, feodalizm, kapitalizm, sotsializmga bo'lindi. Bunday 
davrlashtirishning maqsadi «jamiyat taraqqiyoti insoniyatni albatta kommunizmga olib boradi» 
degan g'oyani ilgari surish va oqlashdan iborat edi. Bu g'oyaning qanchalik to'g‟riligi XX asrda 
ko'pgina  xalqlar  taqdirida  sinab  ko'rildi,  pirovard  natijada  saibiy  oqibatiarga  olib  keldi. 
Hammani  tenglashtirish  g'oyasi  amalda  kambag‟allar,  yo'qsillar  uchun  erkin  va  farovon 
turmush  yaratolmadi,  mulkdorlar,  badavlat  tabaqalami  kambag'allar,  yo'qsillar  darajasiga 
tushirdi.  Jamiyatda  ommaviy  ioqaydlik,  boqimandalik  kayfiyatini  keltirib  chiqardi.  Shu  bois, 
insoniyat  XX  asr  oxirlariga  kelib  bu  soxta  g'oyani  o'z  yelkasidan  uloqtirib  tashladi,  butun 
dunyoda «sinfiy qadriyatlar»dan milliy va umuminsoniy qadriyatlaming ustunligi etirof etildi. 
Tarixni  davrlashtirishdek  muhim  masalaga  turlicha  yondashuvlar  mavjud.  Ko'pgina 
arxeolog olimlar mehnat qurollari qanday materialdan yasalganligini asos qilib olib, insoniyat 
tarixini  qadimgi  tosh,  o'rta  tosh,  yangi  tosh,  tosh-mis,  bronza,  temir  davrlariga  bo'lganlar. 
Bunday  yondashuv  to'g'ridek  ko'rinsa-da,  kishilik  jamiyati  taraqqiyotining  bir-biridan  farq 
qiluvchi muhim davrlarini belgilashga yetarli darajada asos bo'lolmaydi. 
XX asr tarixi insoniyat taraqqiyotini, barcha xalqlar tarixini bir qolipga solish, «jamiyat 
taraqqiyoti insoniyatni kommunizmga olib boradi» degan kommunistik g'oyani odamlar ongi va 
qalbiga singdirishni mo'ljaliagan formatsion davrlashtirish ham nomukammal ekan ini isbotladi 
va rad etdi. Darhaqiqat, nafaqat O'zbekiston 


hududida,  ko‟pgina  Osiyo  mamlakatlarida  ham  quldorlik  tuzumi  bo'lmagan.  Negaki, 
Vatanimizda  qullar  bo'lsa-da,  quldorlik  ishlab  chiqarish  usuli,  qullar  mehnati  emas,  erkin 
dehqon jamoalari mehnati yetakchi ijtimoiy-iqtisodiy uklad bo‟lgan. XIX asr oxirlarida vujudga 
kelaboshlagan kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari ham, burjuaziya va yollanma ishchilar 
tabaqasi ham barqaror shakllanib yetish darajasiga ko'tarilmadi. 
Tarixiy  jarayon  tahlili  kishilik  jamiyatining  zaroonda  ham,  makonda  ham  bir  maromda 
emas,  notekis,  to'lqinsimon-spiral  shaklda  rivojlanishidan  guvohlik  beradi.  Bu  —  tarixiy 
rivojlanish qonunidir. Tarix — bu avlodlar almashinuvidan, taraqqjyot sikllari almashinuvidan 
iborat.  Jamiyatni  harakatlantiruvchi  asosiy  kuch  ishlab  chiqarish  qurollari,  vositalari  emas, 
insondir.  Inson,  uning  ehtiyojlari,  qobiliyatlari,  bilimi,  malakasi,  xohish-irodasi  bosh  ishlab 
chiqaruvchi  kuchdir.  Yaratilgan  barcha  moddiy  va  ma‟naviy  boyliklar  inson  mehnatining 
mahsulidir.  Insoniyatning  taraqqiyotning  bir  bosqichidan  ikkinchi  bosqichiga  о  tishi,  uning 
barkamollashib  borishi,  ongi,  tafakkuri  va  mahoratining  o'sib  borishi  maqsadli  intilishi 
natijasida sodir bo‟ladi. 
Inson tarixni yaratuvchi subyektdir. Tarixni davrlashtirishda mana shu omillami nazarda 
tutmoq lozim. 
O'zbekistonning  boy,  betakror  tarixi  bo'lib.  uning  o'ziga  xos  tarixiy  taraqqiyot  davrEari 
bor. Uni quyidagi yirik davrlarga bo'Iish mumkin: 
•Ibtidoiy-jamoa tuzumi. 
• Qadimgi davr: davlatehilikning shakllanishi va rivojlanishi. 
•O'rta 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish