Toshkent davlat agrar universiteti. O. A. Ostonov


-  Mavzu. O'ZBEK DAVLATCHILIGINING SHAKLANISH1 VA



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/409
Sana01.01.2022
Hajmi2,06 Mb.
#291141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   409
Bog'liq
2 5199531260153694706

2- 
Mavzu. O'ZBEK DAVLATCHILIGINING SHAKLANISH1 VA 
DASTLABKI TARAQQIYOT BOSQICHLARI. 
1.  Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari 
2. Xorazm va Baqtriya - ilk davlatchilik asoslari 
3.  «Avesto» - qadimgi tariximizni o'rganishda noyob manba 
4.  Vatanimiz xalqlarining ajnabiy bosqinchilarga qarshi ozodlik kurashi 
5. Baqtriyada davlat mustaqilligining tiklanishi 
6.  Miloddan avvalgi II1-I1 asrlarda Qang', Davan va Kushon davlatlari 
1.  Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari 
Mehnat  qurollarining  takomillashishi  natijasida  yerga  ishlov  berish  yaxshilanib,  ekin 
maydonlari  kengayib,  odamlaming  mehnati  unumiiroq  bo'lib  bordi.  Temiming  kashf  etilishi, 
undan  yasalgan  mehnat  qurollari  qishloq  xo'jaligi  va  hunarmandchilikningtez  o'sishiga  olib 
keldi.  Odamlaming  darvolami  bo'g'ib,  lo'g'onlar  qurib,  kanallar  qazib  yerlarga  suv  chiqarish 
imkoniyati  kengaydi.  O'rgatilgan  ishchi  hayvonlari  qo'shilgan  temir  tishli  omochlar  bilan  yer 
haydashning  o'zlashtirilishi  hosildorlik  oshishini,  ko'proq  mahsulotlar  ye-  tishtirishrii 
ta'minladi.  Bu  odamlar  turmushini  ancha  yaxshiladi,  umrini  uzaytirdi,  aholi  son  jihatdan 
ko'payib bordi. 
Urug'chilik munosabatlari ham o'zgarib boradi. Ikki urug' a‟zolaridan tashkil topgan er-
xotin  -  juft  oilalar  vujudga  keladi.  Katta  patriarxal  oilalar  urug'  jamoalaridan  ajralib  chiqadi, 
ularga  urug'  jamoalariga  qarashli  yerlardan  chek  yerlari  ajratib  beriladi.  Shu  tariqa  urugl 
jamoasining  umumiy  xo'jaligi  oilalar  jamoasiga  bo'linadi,  Bunday  oilalar  jamoasi  ishlab 
chiqarish jamoalari deb ham ataladi. 
Katta oila jamoasining oqsoqoli bir vaqtning o'zida oila jamoasi uchun diniy va dunyoviy 
boshliq, piru  ustod  va  murabbiy  bo'lgan.  Urug'  - qishloq  oqsoqoli  esa butun qishloq ahlining 
boshlig'i  hisoblangan.  Oqsoqollar  kengashi  qo'lida  diniy  va  dunyoviy  hokimiyat  jamlangan 
bo'lib, u jamoa faoliyatiga oid barcha masalalami hal qilgan. Mo'tabar shaxslaming topshiriq va 
buyruqlari jamoa a'zolari uchun majburiy hisoblangan. 


Ishlab  chiqarish  jamoalari  tarkibini  tashkil  etgan  har  bir  oila  o'z  xususiy  mulkiga  ega 
bo'lgan.  Xususiy  mulkning  kelib  chiqishi,  jamoalaming  ishlab  chiqarish  qonun-qoidalari 
asosida  tashkil  topishi  o'z  navbatida  mulkiy  tabaqalanishni  keltirib  chiqardi.  Boylik,  awalo, 
jamoa oqsoqollari, harbiy boshliqlar, mo'tabar shaxslar qo'lida to'plana boshladi. Ular yeming 
hosildor qismini egalladilar, ko'plab chorva mollariga ega bo'ldilar. Oqsoqollar oila jamoalari, 
urug‟  va  qabiia  ishlarini  boshqargani  uchun  jamoachilar  ularga  yetishtirgan  hosillarining, 
chorva  mollarming  bir  qismini  berishga  majbur  bo'lgan.  Oqsoqollar  o'z  iste'molidan  ortib 
qolgan bunday mahsulotlami mis, oitin, kumush buyumlarga ayirbosh qilganlar. 
Qabilalar  o'rtasida  yaxshi  yer  va  yaylovlar  uchun,  chorva  mollari  uchun  urushlar  kelib 
chiqqan,  Qabiladosh  jangchilar  urush  harakatlariga  boshchilik  qilish  uchun  o‟z  harbiy 
yo'lboshchilarini  saylaganlar.  Urushda  qo‟lga  kiritilgan  o'ljaning  ko'p  qismi  yo'lboshchiga 
hamda  oqsoqolga  berilgan.  Shu  tariqa,  oqsoqollar  va  yo'lboshchilar  jamiyatda  alohida,  ustun 
mavqega  ega  bo'lib,  ulami  zodagonlar  deb  atashgan.  Keyinchalik,  zodagonlar  o'z  o'g'iilariga 
nafaqat  boyligini,  mulkini,  shuningdek,  o‟z  lavozimlarini  ham  meros  qilib  qoldirganlar. 
Zodagonlar jamoa, urug' va qabilalar ustidan o'z hukmronligini o'matganlar. 
Ishlab  chiqarish  jamoalarining  paydo  bo'lishi  asta-sekin  ortiqcha  mahsulotlami 
ayirboshlashni  hamda  ijtimoiy  mehnat  taqsimotini  keltirib  chiqaradi.  Jamoa  a'zolari  ishlab 
chiqarishning  o'zlariga  qulay  sohasini  tan  lab  oladilar.  Shu  tariqa,  dehqonchilikdan 
chorvachilik, keyinroq hunarmandchilik mustaqil xo'jalik turlari sifatida ajralib chiqadi. Ayrim 
ishlab  chiqarish  jamoalari  dehqonchilik  bilan,  boshqalari  chorvachilik  yoki  hunarmandchilik 
bilan  shug‟ullanadilar.  Ular  o'rtasida  dehqonchilik,  chorvachilik  va  hunarmandchilik 
mahsulotlanni  o'zaro  ayirboshiash  kengayib  boradi.  Bu  esa,  o'z  navbatida,  savdogarlar 
tabaqasini,  ilk  shaharlaming  muhim  belgilaridan  biri  sifatida  bozorlami  keltirib  chiqaradi. 
Jamiyatning  ijtimoiy-  iqtisodiy  hayotida  tovar  ayirboshiash  yuz  beradi,  dastlabki  shaharlar 
paydo bo‟iadi. 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish