- etnografiya, arxeologiya, antropologiya, geneologiya va boshqa fanlaming yutuqlari,
hamda usullaridan foydaianish;
- tarixni o'rganishda vorislik va uzviylikka, eng muhimi mantiqiyiikka amal qilish.
Sovet davri tarix fanini soxtalashtirdi, din ilmiga zid, tarixiy taraqqiyotga to‟sqirilik qiladi
degan noto‟g‟ri tushunchani yuzaga keltirdi. Ayniqsa, har qanday ijtimoiy hodisaga sinfiy va
partiyaviy nuqtai nazardan yondoshish tarixni asosan urush va xunrezlikdan iborat qilib
ko‟rsatishi biian birga o‟tmish qoralanib, kelajak ulug‟lanadi. Shuning uchun tarixni qanday
bo‟Isa, shundayligicha o‟rganish kerak, degan tushuncha ustivor bo‟Iishi kerak.
S. Insoniyatning dastlabki ajdodlari. O^zbekisten hududida eng qadimgi odamlar
hayotining iziari.
Qadimda Turon, so‟ngra Turkiston va Movarounnahr nomlari biian mashhur bo‟lgan
hozirgi O‟zbekiston erlari va aholisi, ya‟ni ajdodlarimiz bir mecha yuz ming yillik qo‟ha va boy
tarziga ega. Vatanimiz jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida muhim o‟rin egallaydi. Sivilizatsiya
tushunchasi ijtimoiy taraqqiyotning, moddiy va madaniy, ma‟naviy darajasini va bosqichini
bildiradi. Bu tushuncha XVIll asrda paydo bo'lib, frantsuz faylasufiari aql va adolatga
asoslangan jamiyatni sivilizatsiya deb ataganlar. Hozirgi O‟zbekiston yerlarining tabiati kishilik
tarixining ilk bosqichlaridayoq bu y'erlarda ibtidoiy odamzod to‟dalarining yashashi uchun
qulay bo‟lgan.
O‟zbekiston! ik arxeolog olimlar O‟rta Osiyoga ibtidoiy jarnoa davrining yoshi 1 mln.
yilga teng ekanligini isbotlaydilar. Odamlaming kelib chiqishi va rivojlanishining jarayoni,
ya‟ni «antropogenez» eng qadimgi davr tarixini o‟rganishdagi muhim va dolzarb
muammolardan hisoblanadi. Bu masalada ya‟ni insoniyatning kelib chiqishi haqida turli nuqtai
nazarlar mavjud. Lekin ulaming ba'zilari o‟z isbotini hali topganicha yo‟q.
Antropogenez jarayonida mehnatning o‟zgartiruvchanlik mohiyatini arxeologiyaga oid
turli-tuman manbalar tasdiqlaydi. Ushbu moddiy manbalaming takomillashib borishiga qarab
olimlar ibtidoiy jamiyatni quyidagi davrlarga bo‟ladilar:
1
.Paleolit (qadimgi tosh davri) davri mil.av. 3-2 mln. yil ilgari boshlanib, 12 ming
yillikda tugaydi. Bu davr o‟z navbatida 3 bosqichga bo‟linadi. Bular:
a) Ilk paleolit - Olduvoy davri mil.av. - 3-2 mln. yilliklar, Ashel davri -1 mln- 100 ming
yilliklar. Ishbilarmon odamlar: avstrolopitek, pitekantrop, sinantrop, fergantrop.
b) O‟rta paleolit - Must davri - mil.av. 100-40 ming yilliklar - Neandertal odam,
v) So‟nggi paleolit - Orinyak, Solyutre, Madlen - mil.av. 40-12 ming yilliklar. Ongli
odam - Kromanon odam.
2
Mezolit (o ’rta tosh asri> davri mil.av. 12-7 ming yilliklar.
Do'stlaringiz bilan baham: