551— yilda Jujan xonining qo'shinlarini yengib, ulami o'ziga bo'ysundiradi; Bumin 552— yilda
Xoqon deb e'lon qilinadi va yangi davlat - Turk xoqonligiga asos soladi. Uning poytaxti
Oltoydagi O'tukan shahri edi. Xoqonlik tez orada kuchayib, uning dovrug'i ortib borgan. U ko'p
bor Xitoyga yurishlar qilib, uning bir qancha hududlarini bosib oigan. Xitoy podsholigi Turk
xoqonligiga har yili o'lpon tariqasida yuz bo'lakdan iborat ipak mato berib turishga majbur
bo'lgan.
553— yilda Buminxon vafot etgach, hokimiyatga uning katta o'g‟li Mug'anxon (553-572)
o'tiradi. Mug'anxon 558— yilda Zujarlarga so'nggi bor qaqshatqich zarba berib, o‟z davlati
hukmronligini Tinch okeangacha bo'lgan hududlarda mustahkamlaydi. Uning amakisi Istami
(unga «Yabg‟u» - bahodir unvoni ham berilgan) bo'lsa, bu davrda xoqonlik hududini g‟arbga
tomon kengaytirib, Yettisuv, Qashqar va boshqa hududlami egallaydi.
563-567—yilar davomida Istami yabg'u qo'shinlari Eftaliylar davlatiga ketma- ket
zarbalar berib, O'rta Osiyo va Kaspiy dengizigacha bo'lgan yerlami egallashga muvaffaq bo'ladi.
Buning oqibatida Eftaliylar davlati qulaydi. Turk xoqonligi O'rta Osiyo yerlarini ishg'ol etgach,
uning hududlari bevosita Eron chegarasiga tutashadi.
uiz.uing yozuv umximizga oia qarasnianrmzni yanaaa Doyiiam. спашкаа ropugan noyob
ashyoviy dalillar asosida turkiy yozuvning tarixi miloddan awalgi II-l asrlarga borib tutashishi
ma'Ium bo‟ldi.
Turon zaminda turkiy yozuv bilan bir qatorda So'g'd va Xorazm yozuvlari ham keng
qo'llanilgan. So'g'd yozuvi 22 ta belgidan iborat bo‟iib, chapdan o'ngga qarab yozilgan.
Shaharlarda So'g'd-turk ikki tilliligi rasmiy odat bo'lganligi haqida Mahmud Qoshg'ariyning
«Devoni lug'atit turk» (XI asr) asarida ham qayd etib o'tilgan. Bu yozuvlarda ulug
ajdodlarimizning katta tarixi, boy madaniyatiga oid ma‟lumotlar aks etgan. Yana shu narsa
diqqatga sazovorki, o'sha davrlarda ulug' ajdodlarimiz o'z navqiron nasllari to‟g'risida ham
muttasil qayg'urganlar. Shu boisdan, o'smir 5 yoshga to'lishi bilan uni bilim olishga yo'llab,
dastawal, xat- savod va hisob-kitobni o'rganishga jalb qilganlar. Bolalar o'smir-balog'at yoshiga
yetgach esa, ulami dunyo tanish, savdo-tijorat ishlarini o'rganish uchun maxsus vakillar
homiyligida xorijiy ellarga yuborganlar.
Turk xoqonligida yashagan chorvador aholi qam (shomonlik) diniga, ya'ni jon va
ruhlarga e'tiqod qilganlar. Bu esa ularda turli xil osmon va yer jismlari - quyosh, oy, yer suv,
hayvonlar va boshqa narsalarga sig'inishni keltirib chiqargan. Osmon xudosi Tangri turk
qavmlarining eng oliy xudosi hisoblangan. Hozirda ham «Tangri» iborasi Alloh nomiga nisbat
sifatida qo'Ilaniladi.
O'rta Osiyo xalqlari orasida zardushtiylik dini bilan bir qatorda joylarda buddizm,
moniylik, xristianlik dinlariga e'tiqod qilish ham keng rasm bo'lgan. Bu narsa qadimgi
ajdodlarimizning tor, biqiq holda hayot kechirmasdan, balki boshqa ko'plab qavmlar, elatlar
bilan bog‟lanib, aralashib, ma'naviy jihatdan yaqinlashib hayot kechirganliklaridan dalolat
beradi.
O'rta Osiyo xalqlari orasida tasviriy san'at o'ziga xos usiubda rivojlangan. Jumladan,
Varaxsha xarobalaridan topilgan saroy binolari devorlari peshtoqlariga bitilgan rang-barang,
bir-biridan nafis va jozibador rasm-suratlami (qurollangan yoxud ov qilayotgan jangchi
askarlar, oq fillar, tuyalar, otlar va boshqa xil hayvonlar, parranda-yu darrandalar va hokazo)
ko‟zdan kechirar ekanmiz, bunda ajdod-larimizning noyob iste'dodi va aql-zakovatiga tan
beramiz va bundan o'zimizda g'urur tuyamiz.
Shunday qilib, Turk xoqonligi o‟z davrida keng hududlarga yoyilgan eng yirik davlat
bo'lgan. Uning hukmdorlari Xitoy, Eron va Vizantiya bilan bo‟lgan munosabatlarda uzoq yillar
o'z ta'sirini o'tkazganlar. Shu bilan birga, xoqonlik davri moddiy va ma'naviy madaniyati, uning
nodir namunalari Turonzamin xalqlarining to'laqonli turmush tarzini o'ziga xos yo'sinda aks
ettirib qolmasdan, ular bobokalonJarimiz dahosining teranligidan, ulaming yuksak ijodkorligi,
izlanuvchanligidan ham shahodat beradi.
VI asming o'rtalariga qadar Arabiston yarim orolida yashagan qabila, urug'laming hayot
tarzi qoloq bo'lib, ulaming mutlaq ko‟pchiligida ibtidoiy- patriarxal tuzum munosabatlari hukm
surgan. Ko'chmanchi badaviy oilalari, urug'lari o'z chorva mollari uchun yer-suv, o'tloq qidirib
keng sahrolar bo'ylab kezib yurganlar. Faqatgina yarim orolning Qizil dengizga tutash Hijoz
vohasi va janubiy Yamanda ahvol bimumcha boshqacharoq bo'lib, bu hududlarda arab
qabilalari asosan o'troq hayot kechirgan, savdo-sotiq, hunar-mandchilik ham ancha rivoj topgan
edi. Ayniqsa, Hijozning bosh shahri - Makka xalqaro karvon savdosining muhim markazi
hisoblangan. Makkalik Quraysh qabilasi savdogarlarining turli mmtaqalar bilan bog'langanligi,
savdo-tijorat va hunarmandchilik ishlarining kuchayib borishi pirovardida tarqoq arab qabila,
urug'Iarini birlashtirish va markazlashgan kuchli davlat tuzishda yetakchi o'rin egallashiga
imkoniyat yaratdi. Makka aholisi tevaragida ko'chmanchi arab qabila- larining birlashuvi
jarayoniga turtki bergan yana bir muhim omil - bu shu yerlik quraysh qabilasining Hoshimiylar
urug'idan chiqqan payg'ambarimiz Muhammad Sallalohu alayhi vassallam nomi bilan bog'liq
holda keng yoyila boshlagan islom dini va ta'iimoti bo'ldi.
Muhammad binni Abdullah (570-632) hayotining oxirlariga kelib 630—yilda ko'p sonli
arab qabilalarining islom bayrog'i ostida birlashuvi negizida yagona davlatga asos soldi.
Muhammad (s.a.v.) 632— yilda vafot etgach, uning eng yaqin safdoshi Abu Bakr Siddiq xalifa
deb e'lon qilindi. Shu tariqa, Arab xalifaligi tashkil topdi.
Mazkur choriyorlar hukmronligi davrida xalifalik tarkibiga Shorn, Iroq, Yaman va boshqa
hududlar qo'shib olindi. Ummaviylar davrida (661-750) Arab xalifaligi hukmronligi shu qadar
katta hududlarga yoyildiki, uning tarkibiga G'arbda Misr, shimoliy Afrika yerlari, Andalusiya
(hozirgi Ispaniya), shimoli- sharqda Kichik Osiyoning katta qismi, Eron va shimoli-g'arbiy
Hind sarhadiari kirar edi.
VII asr o'rtalariga kelib xalifalik e'tibori O'rta Osiyo yerlarini bosib olishga qaratiladi.
651— yilda arablar jangsiz Marv shahrini egailaydilar, so'ngra Amudaryogacha bo'lgan
hududlar istilo qilinadi. Arablar bu hududlami Xuroson deb ataydilar. Bu viloyat Arab xalifasi
tomonidan tayinlanadigan noib orqali boshqariladi. Noib qarorgohi Marvda joylashgan edi.
Arablar Amudaryodan shimoldagi boy viloyatlami istilo etishga tayyorgarlik ko'radilar. Bu
yerlami arablar Movarounnahr, ya'ni daryoning narigi tomoni deb ataganlar. Vatanimiz
sarhadlarida arablar istiiosi jarayoni ikki bosqichda amalga oshirilganligini ta'kidlab o'tmoq
joizdir. Uning birinchi bosqichi -VII asming ikkinchi yarmiga to'g'ri keladi. Bu davrda ayrim
arab lashkarboshilari qo'shni Amudaryo atrofidagi hududlarga bir necha bor hujumlar
uyushtirib, bu yerlaming boyliklarini talab, ma'Ium o'ljalami qo'lga kiritib, ortga qaytganligini
kuzatish mumkin. Bundan ko'zda tutilgan asosiy maqsad - bu hududlami yaqin kelajakda bosib
olishga tayyorgarlik ko'rish edi. Masalan, arab lashkarboshilari Ziyod ibn Abu So'fiyonning
654—yilda Maymurg'ga, 667— yilda Chag'oniyonga, 673—yilda uning o'g'li Ubaydulla ibn
Ziyodning Amudan o'tib Poykand, Romiton yerlarini egallashi, so'ngra Buxoro hukmdorini
yengib, o'z foydasiga sulh tuzib, katta xazina, boyliklami qo'lga kiritishi va nihoyat, 675-676—
yillarda Said ibn Usmonning yangidan Buxoro va Samarqand tomon qo‟shin tortib kelishi va
mahalliy hukmdorlami yengib, katta boylik va ko'p sonli asirlar bilan Arabistonga qaytib
ketishi - bular O'rta Osiyo hududlarini egallash borasidagi dastlabki urinishlar edi.
O'lkamizni bosib olishning ikkinchi, hal qiluvchi bosqichi VIII asming birinchi choragiga
to'g'ri keladi. Xususan, 704—yilda Qutayba ibn Muslimning Xuroson noibi etib tayinlanishi
bilan uning zimmasiga butun O'rta Osiyo hududlarini uzil-kesil bosib olish vazifasi yuklanadi.
Qutayba 707—yilda Amudaryodan o'tib Poykandni egallash sari harakatlanadi. Arablar
mahalliy xalq qarshiligini yengib shahami qo'lga kiritadilar, uning boyliklarini talaydilar. Kesh,
Nasaf ham og'ir janglar bilan fath etiladi. 710—yilda Qutayba mahalliy hukmdor- laming o'zaro
kelishuvi va ittifoqiga izn bermay, So'g'dning bosh shahri - Samarqandni bosib olishga
tayyorgarlik ko'radi. Shu orada Xorazm shohi Chag'on o'z ukasi Nurzod boshchiligida
ko'tarilgan xalq qo'zg'olonidan qo'rqib, 711—yilda yordam so'rab Qutaybaga murojaat qiladi.
Qutayba qulay vaziyatdan foydalanib, Xorazmga yurish boshlaydi. Nurzod tor mor qilinadi va
o'ldiriladi. Biroq Xorazmshoh bundan hech narsa yutmaydi. Aksincha, u o‟z mustaqilligini
yo'qotib, xalifalikka tobe bo‟iib, uning bojdoriga aylanadi. Chag'onning qo'shini Qutaybaning
harbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur etiladi.
712—yilda Qutayba Samarqandga hujum qiladi. Bu paytda Samarqand hukmdori G'urak
edi. G'urak arab qo'shinlariga qarshi jang qiladi, ammo kuchlar teng bo'lmaganligi sababli
yengiladi. Qutayba bilan Gurak (709-738) o'rtasida tuzilgan Shartnomaga binoan u arablarga
bir yo'la 2 ming, yiliga esa 200 ming dirxam hisobiga boj to'lash, 30 ming baquwat yigitlami
qul o'mida berishi ko'zda tutilgan edi. Buning ustiga Samarqandning eng gavjum mavzesi -
Afrosiyob kelgindi arab aholisi uchun turar joy sifatida beriladi. Uning tub aholisi esa o'z
joyidan mahrum etiladi. Arab qo‟shini 713—yilda Sirdaryo orqali yurish boshlab O'rta
Osiyoning sharqiy hududlarini egallashga kirishadi. Qutayba shu yurishi davomida Choch
viloyati, Farg'ona vodiysini egallaydi, ko'p o'tmay o'lkaning boshqa hududlari ham birin-ketin
ishg‟ol qilinadi. Shu tariqa, qirg'inbarot janglar oqibatida arablar Movarounnahr deb nom
bergan Vatanimiz hududlari bosib olindi. Bosib olingan hamma viloyatlarga arablardan amirlar
tayinlandi.
Arablar istilochilar sifatida bu hududda mahalliy aholiga nisbatan mislsiz zulm va
zo'ravonlik o'tkazdilar. Xalq tomonidan asrlar davomida yaratilgan noyob moddiy va ma'naviy
boyliklar, osori atiqalar talandi, yakson qilindi. Mahalliy yozuvlarda bitilgan son-sanoqsiz nodir
kitoblar, qo'lyozmalar yondirildi. Zardushtiylik, buddizm dinining ko'plab ibodatxonalari,
muqaddas qadamjolari kunpayakun etildi.
Ulug‟ bobokalonimiz Beruniy o'zining «O'tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida
achchiq alam bilan ta'kidlaganidek, arablar mahalliy din, san'at, adabiyot namoyandalarini,
olimlami o'ldirdilar, asarlarini esa olovda
yondirdilar. So‟ngra ular ajdod-larimizning bebaho boyligi hisoblangan mahalliy yozuvlar,
tarixiy hujjatlami yo‟q qildilar. Musulmonchilik diniga, islom aqidalariga zid keladigan jamiki
narsalar ulaming nazarida g'ayritabiiy hoi hisoblanib, ayovsiz yo'q qilindi. Bulaming o'miga
arablar aholidan olingan mo'may daromadlar, to'lovlar evaziga hashamatli, serviqor masjid-u
madrasalar, xonaqolar, maqbaralar barpo etib odamlami ularga da'vat etdi'ar. Yurtimiz jilovini
qo'lga olgan arab hukmdorlari xalqqa zulm-u sitamni kuchaytirish maqsadida turli xil soliq IX
asr arab tarixchssi Xo'rdodbehning ko'rsatishicha, xalifalikka faqat xiroj solig'i hisobiga So'g'd
viloyati 326 ming, Farg'ona 280 ming, Shosh 607 ming, Ustrushona 50 ming dirham soliq
to'lagan. Buxoroga belgilangan xiroj solig'i miqdori bulardan ham ko'p bo'lgan. Shu boisdan
istilochilar «kuch xirojda» deb bejiz aytmaganlar.
Mahalliy aholi ko'zda tutilgan soliqlami muntazam to'lab borishga majbur etilgan.
Bordiyu bunga qurbi yetmasa o'sha shaxsning yeri, mulki tortib olinib, oilasi bilan ko'chaga
uloqtirilgan. Arablar dastlab juz'ya solig'ini musulmon diniga kirmagan odamlarga joriy
etganlar. Biroq keyinchalik hamma islomga kira boshiagach, bu soliq yana barcha yerli aholiga
bab-baravar solina bergan.
O'lka aholisini islomlashtirish jarayoni g'oyat murakkab kechgan. Arab ma'murlari ko'p
hollarda zo'rlik va kuch ishlatish yo'li bilan mahalliy xalq vakiilarini islomni qabul qilishga
undaganlar. Bunga ko'nmaganlar yoxud bosh tortganlar esa shafqatsiz jazolangan. Ko'p
joylarda mahalliy kishilar noilojlikdan, qiyin-qistov asosida musulmonchilikni majburan qabul
etgan bo'lsalar-da, biroq arablar ko'zdan nari ketishi bilan ular yana bu dindan qaytib o'zlarining
eski diniy aqida va marosimlariga amal qila berganlar. Hatto arablar ishonchini qozonib
musulmon dinini qabul qilgan Buxorxudot Tog'shoda ham islom dinini xo'ja ko‟rsinga, yuzaki
qabul qilgan bo'lib, aslida zardushtiylik ahkomlariga amal qilgan. U vafot etganida ham
ajdodlari diniy marosimlariga ko'ra dafn etitgan. Bundan ko'rinadiki, islom dini va uning
ruknlarining mahalliy xalq orasida yoyilishi nihoyatda qiyin, murakkab kechgan. Bu jarayonda
behisob qurbonlar berilgan.
Arablaming o'ziarini xo'jalar, sahobalar, sayyidlar, oq suyaklar deb atab, mahalliy xalqqa
nisbatan mensimaslik, kalondimog'lik bilan qarashlari ham mahalliy aholida ularga nisbatan
nafrat luyg'usini kuchaytirgan.
Arablaming o'z yurtlaridan ko'p minglab qabila, urug'lami O'rta Osiyoga ko'chirib keltirib
eng yaxshi joylarga joylashtirish, mahalliy oilalalami o‟z yer- mullddan mahrum etishlari ham
ularga qarshi ommaviy noroziliklaming kuchayib borishiga sabab bo'lgan. Masalan, dastlabki
paytlarda quraysh qabilasining 5 mingdan ziyod aholisi Samarqandga joylashtirilgan. Buxoro,
Marv, Poykand va boshqa shaharlarda ham masjid va madrasalar qurish bahonasi biian yerli
aholi chetga surib chiqarilib, ulaming yerlariga ham arab qabilalari joylashtirilgan. Buning asl
sababi shundaki, bosqinchilar bu begona hududda kuchli ijtimoiy tayanch nuqta yaratish yo'li
bilan o'z hukmronligini kuchaytirishga uringanlar.
Arablaming Vatanimiz hududida yurgizgan zo'ravonlik va mustamlakachilik siyosati,
shubhasiz, yerli aholi turli ijtimoiy qatlam-larining keskin norozililgiga sabab bo'ldi. Buning
natijasida arablar hukmronligi davomida o'lkaning turli hududlarida xalq g'alayonlari yuzaga
kelib, alangalansb bordi.
720-722—yillarda So'g'diyonada yuz bergan G'o'rak (Samarqand hukmdori) va Divashtich
(Panjikent hokimi) boshchiligidagi qo‟zg'olon arablar hukmronlikligiga qarshi yo'nalgan
dastlabki shiddatli xalq harakatlaridan biri bo'lgan. Unda arablar siyosati va zulmidan g‟azabga
kelgan o'n minglab mahalliy xalq vakillari ishtirok etgan. Yangi tayinlangan va zolimlikda nom
chiqargan Xuroson noibi Said Xaroshiy katta muntazam harbiy kuch biian mazkur qo'zg‟olonni
shafqatsizlarcha bostirishga muvaffaq bo'ladi. Qo‟zg'olon rahbarlaridan biri - Divashtich ham
ushlanib qatl etiladi.
725-729—yillar davomida xalifalikning og'ir soliq siyosatiga qarshi Samarqand, Buxoro,
Xuttalon viloyatlarida ko'tarilgan qo'zg'olonlar ham xalq ozodlik kurashida sezilarli iz qoldirdi.
Qo'zg‟olonchilaming ancha qismi arab ma'murlari siyosatiga norozilik bildirib, islom dinidan
chiqadilar. Kesh atrofida yuz bergan mahalliy aholining arablar bilan to'qnashuvi chinakam
jang-u jadal tusini olgan. 736-737—yillarda Toxariston va So‟g'dda yangidan ko'tarilgan kuchli
qo‟zg'olon obz safiga aholining turli ijtimoiy qatlamlarini jalb etgandi. Faqat Xuroson va
Movarounnahming yangi hukmdori, usta diplomat Nasr ibn Sayyor (738-748)ning uddaburon
siyosati, niaoli masalalami hal etish botasidagi epchil tadbirlari tufayligina qo'zg‟olon haraka
larini bartaraf etish, o'lkada muvozanatni bir qadar saqlash mumkin bo'ldi. Burtda u mahalliy
aholiga, ayniqsa, uning nuftizli qatlamiga muayyan yon berishga majbur bo'ldi. Jumladan, u
arablaming mahalliy aholi bilan qon-qardoshlik aloqalarini kuchaytirishga intildi. O'zi ham
Buxorxudot Tug'shodaning qiziga uylandi. Islomni qabul qilgan kishilarjuz'yadan ozod etiidl va
barcha musulmonlar huquqiy jihatdai tenglashtirildi, Xiroj solig'i to'lash barcha uchun baravar
deb e'lon qilinadi.
VIII asr 40—yillarida xalifalikdt toj-u tax! uchun kurash boshlanadi. 748— yilda Abu
Muslimning Xurosonda ко' argan qo‟zg'oloni, uning xalifalik poytaxtini egallashi natijasida
Ummaviy Marvon II taxtdan ag‟darikdi. 749—yilda abbosiylar xonadonidan Abul Abbos Saffon
taxtj ;a ko'tariladi. Biroq abbosiylar davrida ham mehnatkash aholining ahvoli yaxshilantnadi.
Shu boisdan xalq qo‟zg'olonlari tez-tez ko'tarilib turdi.
Muqainna qo'zg‟oloni. Vatanimiz xalqlarining arablar asoratiga qarshi olib borgan kurashi
tarixida alohida o'rin tutadi.
Tarixda «Oq kiyimSilar» nomi bilan mashhur bo'lgan bu qo'zg'olonga o'z zamonasining
har tomonlama yetuk kishisi, xalq dardi, qayg'usi va maqsadlarini chuqur tushungan, asl ismi
Hoshim ibc Hakim, ammo Muqarma (ya'ni yuziga niqob kiygan ma'noda) nomi bilan tanilgan
buyuk shaxs rahnamo bo‟ldi. Muqanna ummaviylar sulolasi inqiroziga kuchli ta'sir ko'rsatgan
Abu Muslim qo'zg‟olonida ham faol ishtirok etgan. Muqanna hayotning katta mashaqqatli yo'lini
bosib o'tgan, oddiy kir yuvuvchidan kichik lashkarboshi, keyin vazirlik darajasiga ko'tarilgan
(757-759). 759— yilda Xuroson amiri Abdujabboming xalifaga qarshi isyonida qatnashgani
uchun zindonga tashlangan. Zindondan qochib 769— yilda Marvga keladi va xalq harakatiga
boshchilik qiladi, U ijtimoiy tenglik, erkin hayot va adolat g'oyalarini o'ziga singdirgan taniqli
siymo bo'lgan. Shuning uchun ham uning yangidan xalq kurashiga bosh bo'lishi bu harakatning
keng quloch yozishiga, uzoq
muaaat aavom etismga (unga tayyorgariiK Korisn jarayonmrini ham hisobga oiganda 14 yilni o'z
ichiga oiadi) sabab bo‟iibgina qolmay, ayni chog'da arab hukmron doiraiari uchun ham
kutilmagan oqibatlami vujudga keltirib, ularga katta hayotiy saboqkr berdl. Qo‟zg'olon Marvda
boshiangan bo'lsa-da, u tez orada Movaroutmahming keng hududlariga yoyildi. Muqanna
qo'zg'oloni davomida Samarqandu Buxoro, Naqshab-u Kesh hududlari aholisi ham faol
harakatga keldi. Uni lloq, Ghangaron, Shosh, Farg'ona vodiysining ko'p sonli aholisi ham
quwatlab chiqdi, Qo'zg'olonning bosh g'oyasi - Vatanimiz xalqlari, ulaming asl farzandlarining
muqaddas yurtni ajnabiy hukmronlardan ozod qilish, uning musta- qiiligini kurashib qo'lga
kfritish g'oyasi bo'lgan. Mana shu yuksak vatanparvarlik tuyg'usi qo'zg'olonchilaiga hayotiy ruh,
ma'naviy madad bag'ishlagan, ularni uzoq vaqt davomida arabiaming katta harbiy kuch lari
bilan mardonavor kurash olib borishiga, mislsiz qurbonlar berishiga sabab bo'lgan. Biroq shu
bilan birga, qo'zg'olonga tortilgan aholining hamma ijtimoiy tabaqalari ham shu ulug'vor g'oyaga
sodiq bo'lgan, unga oxirigacha amal qilgan, deb xulosa chiqarib bo‟lmaydi, albatta. Negaki,
qo‟zg'olon kuchaygan kezlarda kundan o'z xudbin maqsadlari yo'lida foydalanishni ko'zlab xalq
kurashiga qo'shiigan yuqori tabaqa namoyandalari ham bo'lgan. Uiar, keyinchalik, qo'zg'olon
susaygan va mag'lubiyatga uchragan kezda darhoi xiycnat yo'lini tutib, ajnabiylar bilan til
topishib, ular tomoniga o'tib ketganiigi ham rostdir. Ammo bunday istisnolardan qat'iy nazar, bir
necha yiOar davom etgan «Oq kiyimlilar» qo'zg'oloni yurtimizning ozodlik kurashi tarixida katta
dovrug' taratdi, arab bosqinchilarmi laraaga soldi, ularga sezilari zarbalar berdi. Qo'zg'olon
Muqannaga katta madadkor, jangovar safardosh bo'lgan Hakim ibn Ahmad, Hashviy, Sarxama,
Kay yoki G'uriy, G'aricha kabi xalq qahramonlarini ham yetishtirib chiqardi. Uiar oxirgi tomchi
qoniari qolgunga qadar bosqinchilarga qarshi mardonavor kurashdilar.
780-783— yilarda qo'zg'olon harakatlari so'nggi hal qiluvchi pallaga kiradi. Bu davrda
Muqannaning asosiy kuchlari Qashqadaryoning Kesh vohasida to'piengan edi, Qo'zg'olonrang
bosh tayanch nuqtasi-Som qal'asi ham shu joyda bo'lgan. Albaita, bu vaqtga kelib xalifalik
qo'shmlari katta ustunlikka ega bo'lib, ular mahalliy ahoSming yuqori tsbaqalarinl o'z tomoniga
jalb etib, qo'zg'olonchiSimi tobora siqib borayotgan edt, Muqanna Somda mustahkamlanib, o'z
tarafdorlari bilan so'nggi nafasigaeha kurasbdi. Pirovardida esa dushman qo'lida mag'lub
bo'lmay, o'zini yonib turgan olovga otib, qahramcnlarcha halok bo‟iadi. Bu voqea Beruniy
ma'lumotiga ko'ra 783— yilda yuz beradi. Garchand Muqanna qo'zg'oloni yengilgan bo'lsa-da,
biroq u buyuk xalq qudratini, agar u birlashsa, uyushsa nimalarga qodirligini to‟la namoyon etdi.
Qo'zg'olon ayni chog'da xalifalikning Movaroun-nahrdagi mustamlakachilik va bosqinchilik
ildizlarini ham qaqshatdi. Uning hukmroniigining davom etishini shubha ostiga solib qo'ydi.
Eng muhimi, u erk va ozodlik uchun talpinayotgan yurtimiz kishilarida vatanparvarlik tuygusini
jo'sh urdirdi, ulami ajnabiy zolimiarga qarshi yanada shiddat bilan kurash olib borishg® da'vat
etdi. Buning samarasi esa IX asming boshlariga kelib yurtimiz ustidan xalifalik hukmroniigining
uzil-kesil ag'darilishi va bir qator mustaqil milliy davladaming yuzaga kelishida to'la namoyon
bo'ldi.
Arablar istiiosi va hukmronligi Vatanimiz hududida qanchalik murakkab ijtimoiy-siyosiy
oqibatlarga sabab bo'lmasin, shu bilan birga, yakkaxudolik g'oyasi, ilg'or ijtimoiy-siyosiy,
falsafiy qarash-lami o'zida mujassam etgan istom dini va ta'limotining o'lkamizda asta-sekin
ildiz otib borishi ulug' ajdodlarimiz hayoti va tafakkurida katta ahamiyatga ega bo‟ldi. Butun
arab dunyosini birlashtirish, uning ma'naviy qudratini kuchaytirishda yetakchi omil rolini
o'ynagan islom dini va uning muqaddas kitobi - «Qur'oni Karim» g'oyalari va oyatlarining
mahalliy xalqlarning ongi, shuuriga singib, ulaming turmush va fikrlash tarzining ajralmas
qismiga aylanib borishi, shubhasiz, ulaming ma'naviy olamiga sezilarli hayotbaxsh ta‟sir
ko'rsatdi hamda yuksak moddiy va ma'naviy madaniyat namunalarini ijod qilib borishlarida
yangi ufqlar ochib berdi. Buning asosiy boisi shundaki, Allohning yagonaiigiga iymon keltirish,
uning muqaddas kitobida ifoda etilgan yuksak insonparvarlik g'oyalariga ishonch va e'tiqod -
bular yurt kishilarida bir-birlarini quvvatlash, birlashish, o'zlarini yagona makonda his qilish,
o'zaro hamkorlikda, keng sa'y-harakatlarda bo'lish tuyg'usini shakllantirib bordi. Negaki, islom
ta‟limoti, «Qur'oni Karim» g'oyalarimng o‟lkamizga yoyilishi, o'tmishdoshla- rimizning Alloh
buyurgan oliyjanob amallarga rioya etib, ruhiy-ma'naviy pokianish sari harakatlanishi, tabiiyki,
jamiyat hayoti va uning asosiy tamoyillarining sog'lom negizlarda rivojlanib, takomillashib
borishiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Shu ma'noda Yurtboshimiz ham: «Biz ota-bobolarimizning
muqaddas dini bo'lgan islom dinini qadrtaymiz, hurmat qilamiz, odamzod rnhiy dunyosida
iymon-e'tiqodni, insoniy fazilatlami mustahkamlashda uning o‟mi va ta'sirini yuksak
baholaymiz» deb bejiz ta'kidlamagan. Zero, o'lka xalqlarining ma'naviy yuksalishini ta'minlash,
ulaming bir-biriga qon-qardoshligi, hamjihatligini jipslashtirishda muhim omil sanalgan asriy
bebaho qadriyatlarimizni o'zida mujassam etgan islomiy ahkomlaming bugunda ham
hayotimizda o'z munosib o'rnini topayotganligi islomning jamiyat taraqqiyotida beqiyos o'rin
tutishidan dalolat beradi. Darhaqiqat, islom dini va musulmonchilik tamoyillarining O‟rta
Osiyo hududida tarqalishi, chuqur ildiz otishi barobarida o'lkamiz xalqlari keng musulmon
olami bilan tutashib, uning boy diniy va dunyoviy madaniyati, ilmu urfoni bilan yaqindan
oshno bo'lib bordi. Ayni chog'da, azaidan ilm-u ma'rifat o'chog'i bo'lib kelgan ko'hna yurtimiz
bag'ridan bu davrda jahonga dovrng‟ solgan, dunyo madaniyati va sivilizatsiyasi xazinasiga
salmoqli hissa qo‟shgan ko'plab nomdor allomalar, buyuk muhaddis olimu ulamolar yetishib
chiqdi.
Adabiyotiar
1. Karimov 1.А. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‟q.-T.. O‟zbekiston.1998 yil.
2. Karimov I.A. “Yuksak ma‟naviyat yengilmas kuch” Т.. “Ma‟naviyat” 2008 y.
3. O‟zbekiston tarixi Ma'ruzalar matni. Toshkent 2000 у
4. O‟zbekiston tarixi. Murtazaeva va boshqaiar Toshkent-2003 yil.
5. O‟rta Osiyo xalqlari hurfikirligi tarixidan.-T. «Fan», 1990,54-104 betlar.
6. Q.Usmonov O‟zbekiston tarixi Toshkent, 2006 yil.
7. Azamat Ziyo. O‟zbek davlatchiiigi tarixi.-Toshkent.. Sharq, 2000 yil.
8. A.Muhammadjonov. O‟zbekiston tarixi. Toshkent. 2003 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |